Andijon Davlat
Universiteti
FAOL TADBIRKORLIK, INNOVATSION G'OYALAR VA TEXNOLOGIYALARNI QO'LLAB-QUVVATLASH YILI
2017-12-23    8839

Bugun, 22 dekabr kuni Simpoziumlar saroyida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasi e`lon qilindi.

Yig'ilishda parlament rahbariyati va a`zolari, O'zbekiston hukumati, viloyatlar hokimlari, akkreditatsiyadan o'tgan diplomatik korpuslar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Shavkat Mirziyoyev yig'ilishda nutq so'zladi. Prezident kirib kelayotgan yangi — 2018 yilni O'zbekistonda «Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili» deb e`lon qilishni taklif etdi.

O'zbekiston Prezidentining bu taklifi yig'ilganlar tomonidan gulduros qarsaklar bilan qo'llab-quvvatlandi.

«Bu masala bo'yicha ko'p o'yladik, ko'p maslahatlashdik. Yil davomida kelgan ko'plab murojaatlar, fikr-mulohazalar e`tiborga olindi. Ish o'rinlarini yaratmasak odamlar bizdan rozi bo'lmaydi, ko'p muammolar bor yo'l yo'q, svet, gaz yo'q, nogironlar qancha, hammasini yashirib yurdik-ku? Nom qo'yishda juda o'yladim, natija berishi kerak, chiroyli qilib ko'chaga yozib qo'yish emas bu.

Men yangi – 2018 yilga yurtimizda Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili , deb nom berishni taklif etaman.

Yangi fikr, g'oya, innovatsiya bo'lmasa, keyingi kunda yuta olmaymiz, har bir hokim buni bilishi kerak», dedi prezident.

Ma`lumot uchun, O'zbekistonda 1997 yildan boshlab har bir yilga shu davr ichida taraqqiyotning muhim yo'nalishlarini ifoda etadigan nom berish an`anaga aylangan. 1997—2017 yillar oralig'ida yillarga quyidagicha nom berilgan:

2017 yil — «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»
2016 yil — Sog'lom ona va bola yili
2015 yil — Keksalarni e`zozlash yili
2014 yil — Sog'lom bola yili
2013 yil — Obod turmush yili
2012 yil — Mustahkam oila yili
2011 yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili
2010 yil — Barkamol avlod yili
2009 yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili
2008 yil — Yoshlar yili
2007 yil — Ijtimoiy himoya yili
2006 yil — Homiylar va shifokorlar yili
2005 yil — Sihat-salomatlik yili
2004 yil — Mehr va muruvvat yili
2003 yil — Obod mahalla yili
2002 yil — Qariyalarni qadrlash yili
2001 yil — Onalar va bolalar yili
2000 yil — Sog'lom avlod yili
1999 yil — Ayollar yili
1998 yil — Oila yili
1997 yil — Inson manfaatlari yili

Manba:  http://kun.uz

KUN.UZ
Onlayn nashr
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.