Andijon Davlat
Universiteti
TURIZM - IQTISODIYOTNING MUHIM TARMOQLARIDAN BIRI
2017-12-23    14139

"TURIZM IQTISODIYOTNING MUHIM TARMOQLARIDAN BIRI. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda, ushbu tarmoqni yanada takomillashtirish zarur, buni davrning o'zi taqozo etmoqda."

Shavkat Mirziyoyev

Hozirgi kunda iqtisodiyotni rivojlantirishni asosiy masalalaridan biri bu , turizmni rivojlantirish masalasidir. Shunga ko’ra yurtimizda turizmni rivojlantirishda jadal ishlar olib borilmoqda. Buning asosida Prezidentimizni bugungi kunda turizm sohasiga oid chiqarayotgan qaror va farmonlarini ko’rishimiz mumkin. Misol tariqasida, Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni , O'zbekiston Prezidentining «O'zbekiston Respublikasida o'rta istiqbolda turizmni rivojlantirish bo'yicha Kontseptsiyasini hayotga tatbiq etish choralari to'g'risida»gi qarorini hamda Prezidentimizning 2017 yil 16 avgustdagi «2018–2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida»gi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko'tardi. Qarorga ko'ra, 2018–2019 yillarda soha oldida turgan muhim masalalar yechimiga bag'ishlangan alohida dastur tasdiqlandi va uning to'liq ijrosini ta`minlash va sohada olib borilayotgan ishlarni idoralararo muvofiqlashtirish maqsadida Turizmni rivojlantirish bo'yicha muvofiqlashtirish kengashi tuzildi.Ushbu qarorlarga muvofiq boy o‘tmishimizdan dalolat beradigan qadimiy yodgorliklarni asrab-avaylash, Samarqand, Buxoro, Toshkent, Xiva, Shahrisabz, Marg‘ilon, Farg’ona,Urganch shaharlaridagi zamonaviy binolar, joylarda faoliyat ko‘rsatayotgan milliy hunarmandchilik markazlari ushbu hududlarda nafaqat xalqaro, balki ichki turizmni ham rivojlantirishga oid ishlar olib borilishiga sabab bo’lmoqda. Andijon Buxaro Samarqand shaharlarini o’zaro turizmni yo’lga qo’yilishi ham turizm sohasini rivojlanishiga sabab bo’ladi.

Ichki sayyohlik xizmatini rivojlantirish borasida Andijon viloyatida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Viloyatdagi sayyohlik obyektlarini rekonstruksiya qilish va obodonlashtirish, xizmat ko‘rsatishning sifati va samaradorligini bugungi kun talablari darajasiga ko‘tarishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Andijonda turistlarni jalb qiluvchi O‘lkashunoslik, Adabiyot va san’at muzeylari, Andijon shahridagi Bog‘i Bobur, Buloqboshi tumanidagi “Shirmonbuloq”, Xonoboddagi “Xontog‘” dam olish maskanlari, Andijon shahridagi Mirpo‘stin ota, Jalaquduq tumanidagi Qutayba ibn Muslim, Qo‘rg‘ontepa tumanidagi Bibiseshanba, Xonoboddagi Fozilmonota, Xo‘jaobod tumanidagi Imomota, Baliqchi tumanidagi Uch buloq, Tuzluqmomo, Andijon tumanidagi Mehmoni Valiy ziyoratgohlari, Jalaquduq tumanidagi Sarvontepa, Chordona, Buloqboshi tumanidagi Toshtepa, Marhamat tumanidagi Mingtepa singari arxeologik yodgorliklar, ayniqsa, sayyohatchilar bilan gavjum bo‘ladigan maskanlardir. Samarqand “Yer yuzining sayqali”, “Sharq gavhari” deb ataladigan qadimiy va hamisha navqiron ushbu shahar azaldan ilm-fan, savdo va hunarmandchilik markazi bo‘lib kelgan. O‘tgan yillar mobaynida bu yerda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Registon, Amir Temur, Ruhobod maqbaralari, Shohi Zinda yodgorligi, Hazrati Xizr va Bibixonim masjidlari, Mirzo Ulug‘bek observatoriyasini ta’mirlash hamda rekonstruksiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Ular atrofida chiroyli bog‘ va xiyobonlar barpo etildi.

Nafaqat xalqimiz, balki butun insoniyat boyligi hisoblangan ushbu yodgorliklar 2001-yili YUNESKOning Jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi. Aholi bandligini ta’minlash va shahar iqtisodiyotini mustahkamlashda Samarqandning boy sayyohlik imkoniyatlaridan samarali foydalanilmoqda. Bugungi kunda bu yerda qariyb ikki yuzta sayyohlik firmasi va mehmonxona faoliyat ko‘rsatadi.  Samarqand shahridagi taksilarga  ham chet el davlatlarida bor  imkoniyat Wi-Fi xizmati joriy qilingan. Bu ham turizm sohasini rivojlanishiga salmoqli hissa qo’shadi. Turizm sohasini rivojlantirish kishilarni ish bilan ta’minlanishiga ham sabab bo’ladi. Bu ham davlatimizni iqtisodiy sohada rivojlanish darajasini yaxshilaydi. Sayyohlarni jalb qilishda Xorazmni ham o’rni katta, bu borada  O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «2017−2021 yillarda Xiva shahri va Xorazm viloyati sayyohlik salohiyatini kompleks rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida"gi qarorni ko’rinshimiz mumkin. Xorazmda sayyohlarni muntazam qabul qilish uchun zamonaviy talablar va qo‘shimcha qulay sharoitlarni hisobga olgan holda Xiva hamda Xorazm viloyati turizm infratuzilmalarini rivojlantirish, sayyohlar oqimini oshirish hamda ularning hududda ko‘proq vaqt bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiluvchi sayyohlik yo‘nalishlari va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini takomillashtirish ko’zda tutilgan.

Andijon viloyatidagi Andijon  Davlat Universitetining talabalarini Xorazmga har haftada 7 ta talabalarni yuborish ham yo’lga qo’yilmoqda. Xorazm shahriga boruvchi talabalar bir hafta davomida dam olishi. Dam davomida Xorazm shahridagi qadimiy joylarni masjidlarni madrasalarni hamda turli yodgorliklar bilan tanishib chiqish imkoniyatiga ega bo’ladi. Andijon viloyatini o’zida turizmlarni jalb qiluvchi joylarni judayam ko’p jumladan shaharni o’zidan misol qilib oladigan bo’lsak , “O’zbegim”   Super Marketini olishimiz mumkin. Shu yerni o’zini misol qilib oladigan bo’lsak, Andijonda ichki turizmni rivojlantirishga o’zini hissasini qo’shmoqda. Andijon shahari, Andijon tumani va boshqa viloyatlarida yashovchilar shu yerga kelib ma’naviy xordik olib ketishmoqda.

Bu ham ichki turizmni rivojlanishiga sabab bo’ladi. Asosiy muammo shundaki, Andijonda, tumanlarni o’zida ham qadamjo joylar judayam ko’p faqat bu yerga turistlarni jalb qiluvchi omil yetishmaydi. Bu nima ? misol qilib aytadigan bo’lsak, Samarqandni o’zida dunyoga mashxur joylar ko’p turistlar ham bunga qiziqishadi. Viloyatlarimizdagi bunday joylarni hech kim bilmasligi ham mumkin. Viloyatda “Kontinent trevl”, “Sayohat”, “Andijonturist”, “Xolis sayohat” kabi 20 dan ziyod turistik tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. Ular asosan yurtdoshlarimizni Samarqand, Buxoro, Xiva, Urganch singari tarixiy shaharlarga sayohatga olib borish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, sayyohlik firmalari yurtimiz va xorijdagi 100 dan ziyod sayyohlik tashkiloti bilan hamkorlik qilmoqda.Ammo 20 dan ortiq tashkilotlar mavjud bo’lsada, afsuski, aholini aksariyati bu tashkilotlar haqida ma’lumotlarga ega emas. Buni natijasida tumanlarimizdagi ayrim ziyoratgohlar e’tibordan chetda qolib ketmoqdadir, balki.

Misol tariqasida Prezidentimiz e’tibor qaratgan Honoboddagi “Hontog” dam olish maskaniga qaytadan e’tibor berilgan holda  hammaga ma’qul keluvchi dam olish maskani tashkil qilinishi.  Bu yerga turistlarni turistik tashkilotlar jalb qilish kerak. Shundagina biz o’ylagan maqsadlarga erishamiz.  Bundan tashqari viloyatimizdagi oliy ta’lim muassalarini hech birida turizm soxasini rivojlantirish uchun xizmat qiluvchi yo’nalishlar yo’qligi ham bu katta muammo bo’lib kelmoqda. Mehmonxonalarga xizmat ko’rsatish borasida malakali kadrlarni o’zimizda o’qitilmasligini ham misol qilib olinsa bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentini 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar Strategiyasini  “IQTISODNING RIVOJLANTIRISH VA LIBERALLASHTIRISH” 3-bo’limi 3.6-bandida ham turizm sohasiga alohida e’tibor berilgan. Jumladan,

- Turizm sohasini rivojlantirish;

- Turizm tarmog’ini jadal rivojlantirish, turizm sohasini boshqarish tizimini takomillashtirish;

- Turizm sohasida viza,litsenziya berish va ruxsat olish tartib-tamiollarini soddalashtirish;

- Xorijiy investitsiyalar,jahon brendlarini faol jalb qilish, turizm sohasida biznes yuritishuchun qulay shart sharoitlar yaratish;
- Yangi turizm yo’nalishlarini yaratish turizmning zamonaviy turlarini rivojlantirish, ularning jozibadorligini oshirish haqida ta’kidlab o’tilgan.

Ulug’bek RAIMOV, Madina OBIDOVA
Fizika-matematika fakulteti talabalari
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.