Andijon Davlat
Universiteti
FILOLOGIYA IXTISOSLIGI BO’YICHA ILMIY KENGASH ILMIY SEMINARI YIG'ILISHI HAQIDA E`LON
2020-11-01    2959

Andijon davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarning 2020-yil 11-noyabr kuni soat 09.00 da navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Andijon davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarning navbatdagi majlisi online tarzda o‘tkaziladi.

KUN TARTIBI:

Haydarova Nasiba Adhamovnaning 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo’yicha “V.G.Yan ijodi konseptosferasining dinamikasi” mavzusidagi dissertatsiyasi muhokamasi.

Ahrorova Ro’zixon Usmonovnaning 10.00.06. – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog’ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Fransuz va o’zbek tillarida “yosh”ga oid semantikali leksik va frazeologik birliklarning lisoniy xususiyatlari” mavzusidagi dissertatsiyasi muhokamasi.

Satimova Dilafruz Numonjonovnaning 10.00.06. – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog’ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Ingliz va o’zbek yoshlar slengining qiyosiy tahlili” mavzusidagi dissertatsiyasi muhokamasi.

Ilmiy seminarning “online” tarzdagi majlisiga barcha seminar a’zolari va tegishli mutaxassislar taklif etiladi.

Manzil: Andijon shahri, Bobur shox ko’chasi 5-uy, Andijon davlat universiteti chet tillar fakulteti ARM binosi.

f.f.f.d D.Rustamov
Ilmiy Kengash ilmiy seminar kotibi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.