Andijon Davlat
Universiteti
JONKUYAR MURABBIY, MEHNATKASH OLIM SHAXOBIDDIN KIRGIZOV 70 YOSHDA!
2020-10-26    1614

Bugun, universitetimiz professori vazifasini bajaruvchisi Kirgizov Shaxobiddin Mirzaraimovich o‘znining tabarruk 70 yoshini qarshi olmoqda. Ustoz butun umrini ta’limga, yoshlarga kimyo fani sirlarini o‘rgatishga bag‘ishlab kelmoqda. Shu munosabat bilan Shaxobiddin Mirzaraimovichning fan va ta’limga baxshida etgan hayot yo‘li, ilmiy faoliyatini qisqacha bo‘lsa-da bayon etishga qaror qildik.

Shaxobiddin Kirgizov 1950-yil 26-oktabrda Andijon shahrida ishchi oilasida dunyoga keldi. 1973-yili Andijon davlat pedagogika institutini tamomlab, 1978-yilgacha shahardagi turli maktablarda kimyo fanidan yoshlarga saboq berdi. 1978-1993-yillarda esa Andijon davlat tibbiyot institutida katta laboranti assistenti, kichik ilmiy xodimi sifatida mehnat qildi. 1993-1995 yillarda Andijon davlat universiteti umumiy va organik kimyo kafedrasi assistenti, 1995-2003-yillarda Andijon viloyati bojxonasi ekspertiza laboratoriyasi bosh inspektori, boshlig‘i lavozimlarida ishladi. 2003 yilda yana universitetimizga qaytib, to hozirgi kunga qadar talabalarga fanning turli yo‘nalishlarida saboq berib, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash ishida sermahsul mehnat qilmoqda.

Ustoz 1995 yilda Asosiy og‘ir organik sintez mahsulotlari texnologiyasi  ixtisosligi bo‘yicha “Sintez i issledovaniya proizvodnыx monoatsetil- i izopropenilferrotsena i izuchenie ix fiziologicheskoy aktivnosti” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2016 yilda esa Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash ixtisosligi bo‘yicha dotsent unvoniga sazovor bo‘lgan.

Shaxobiddin Kirgizov o‘zning uzoq yillik ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 30 dan ortiq ilmiy maqolalar, 300 dan ortiq tezislar, 10 ga yaqin o‘quv qo‘llanmalar va darsliklar muallifi. 2 ta ilmiy ishlanmalari patentlashtirilgan.

Ustoz hozirda yosh olimlarga va talabalarga ilm sirlarini egallash, ularni kimyo fani yo‘nalishida ilmiy ishlarga yo‘naltirish ishida katta yordam berib kelmoqda, bu borada kafedrada professor Ibrohimjon Asqarov bilan birga samarali ish olib bormoqda.

Universitet ma'muriyati Kirgizov Shaxobiddin Mirzaraimovichga o'zining yoshlarga ta'lim berishdek mashaqqatli va sharafli ishda muvaffaqiyatlar, unga mustahkam sog'lik, uzoq umr va ilmiy-ijodiy faoliyatda zafarlar tilaydi. Ustoz tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin!  

 

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.