Andijon Davlat
Universiteti
MUHIM E’LON! MAGISTRATURAGA KIRISH UCHUN RO‘YXATDAN O‘TGAN ABITURIENTLAR DIQQATIGA!
2020-09-07    5352

2020/2021 o‘quv yili qabulida respublika oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga kirish imtihonlari karantin talablariga qat’iy rioya qilingan holda 2020 yil 8-20 sentabr kunlari o‘tkazilishi belgilangan.

Magistraturaga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun "Ruxsatnoma"ni http://magistr.edu.uz  va  http://ruxsatnoma.edu.uz/  manzili orqali yuklab olish imkoniyati yaratilgan.

Ayni vaqtga kelib mazkur tizim orqali  54 mingdan oshiq abiturientlar ruxsatnomalarini yuklab olishgan (jami abiturientlar soni esa 70 mingdan ortiq).

Imtihon boshlanishiga oz vaqt qoldi, ShOShILING, ruxsatnomalarni yuklab oling.

Magistratura abiturientlari test imtihonlariga faqat PASPORT  va kirish imtihonlarida qatnashish uchun RUXSATNOMA bilan kiritilishini yana bir eslatib o‘tamiz.

Eslatib o'tamiz imtihonlar Andijon davlat universitetining Xorijiy tillar fakulteti sport zali binosida o'tkaziladi. Manzil: Andijon shahar, Bobur shoh ko‘chasi, 5-uy.

 

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.