Andijon Davlat
Universiteti
YOSH JUFTLIK PHD DISSERTATSIYALARINI MUVAFFAQIYAT BILAN HIMOYA QILDILAR
2020-01-07    2861

Ushbu yil Samatovlar oilasi uchun juda quvonchli va omad bilan kirib keldi. Xususan, bugun Falsafa kafedrasi o’qituvchisi Samatov Dilshodbek Toxirjonovich Namangan davlat universiteti huzuridagi PhD.28.09.2018.Ped.76.02. raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi majlisida 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha

«Ta’lim muhitini barqarorlashtirishda tolerantlik tamoyilining pedagogik asoslari (Oliy ta’lim muassasalari misolida)» mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasini himoya qildi. Kengash a’zolari dissertatsiya ishini muhokama qilib, 100 foiz ovoz bilan ma’qulladilar.

Shuningdek, Namangan davlat universiteti huzuridagi (PhD).28.09.2018.Ped.76.02 raqamli Ilmiy kengashning 2019-yilning 30-dekabr kunidagi yig’ilishida ushbu oilaning bekasi Usmanova Umida Aybekovna “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy tasavvurini rivojlantirish” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasini amalga oshirdi. Muhokama davomida ishning mazmuni, undan olingan muhim natijalar ustida savol-javoblar o’tkazildi va yakunda ish to’liq ma’qullandi.

 

 

 

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.