Bugun, 18-dekabr kuni Andijon davlat universitetiga Rossiya Federatsiyasining Ural davlat universiteti Psixologiya instituti direktori, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Maksimova Lyudmila Aleksandrovna tashrif buyurdi.
Universitetning kichik majlislar zalida L.Maksimova hamda Maktabgacha ta’lim fakulteti professor-o‘qituvchilari, talabalari, fakultet dekani p.f.d. Z.E.Azimova, Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri, dotsent A.Teshaboev, ishtirokida semnar tashkil etildi. Seminarda shuningdek, Qo‘qon pedagogika insituti professor-o‘qituvchilari, I.Karimov xususiy maktabi direktori G.Abdukarimovalar ham qatnashdilar.
Seminar davomida dotsent L.A.Maksimova maktabgacha yoshidagi bolalar psixologiyasi sohasida ma’ruza qildi. Bunda so‘nggi yillarda ushbu sohaning muhimlilik darajasi ortganligi, o‘rganishga bo‘lgan qiziqishning kuchayishi omillarini aytib o‘tgan olima, so‘nggi ikki yilda O‘zbekistonda ta’lim islohoti, ayniqsa, maktabgacha ta’lim tizimida o‘tkazilayotgan islohotlarga e’tibor qaratdi. Shu bois maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalar psixologiyasini o‘qitish muhim ahamiyat kasb etadi. L.Maksimova ushbu soha bo‘yicha dunyo tajribasi, mavjud metodologiya bilan tanishtirib, shundan so‘ng bu boradagi o‘z fikr-mulohazalari, ilmiy xulosalarini talabalar bilan bo‘lishdi.
Talabalar suhbat davomida juda muhim bo‘lgan bilimlarga ega bo‘lish barobarida, tug‘ilgan savollarga to‘liq javob oldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI