Andijon Davlat
Universiteti
O'zR FA AKADEMIGI ADU TADQIQOTCHILARI BILAN ILMIY SUHBAT OLIB BORDI
2019-12-20    2644

Kuni kecha, 19-dekabr kuni Andijon davlat universiteti Odam fiziologiyasi va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasiga O‘zbekiston fanlar akademiyasining akademigi, O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi biofizika va biokimyo instituti direktori Sobirov Ravshan Zoirovich tashrif buyurdi.

Akademik R.Sobirov kafedra faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, doktorant, mustaqil tadqiqotchi va magistrantlar bilan uchrashuv bo‘lib utdi. Akademik R.Z. Sobirov tinglovchilarni bugungi kundagi  biologiya fanining eng so‘nggi yutuqlari bilan tanishtirib o‘tdi. Suhbat davomida shuningdek, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tadqiqot ishlari metodologiyasi bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Akademik tashrifidan foydalangan doktorant, mustaqil tadqiqotchilar va magistrantlar o‘zlarining ilmiy tadqiqot ishlarini ko‘rsatib, kamchiliklarini tekshirtirdilar, duch kelgan muammolari bo‘yicha maslahatlar oldilar.

Shundan so‘ng R.Sobirov Odam fiziologiyasi va xayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi qoshida tashkil etilgan "Innovatsion tadqiqotlar" laboratoriyasini ko‘zdan kechirdi. Bu yerda olib borilayotgan tadqiqot ishlari bilan tanishdi, uning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha o‘zining takliflari bilan o‘rtoqlashdi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.