Universitetimiz olimlari Mo'ydinjon Mo'minov hamda Nozimjon To'xtaboyevlar o'zlarining ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbiq etish va tijoratlashtirish bo'yicha O'zbekiston Prezidenti huzuridagi "Loyihalarni boshqarish milliy agentligi"da taqdimot o'tkazdilar. Taqdimot davomida "kelajak noni" deya e'tirof etilayotgan amarant o'simligining mamlakatimiz sharoitiga moslashtirib yaratilgan navlari, uning hosilidan olingan amarant uni, amarant moyi va shu kabi 10 ga yaqin mahsulotlar va ularning shifobaxsh xususiyatlari ko'rsatib o'tildi.
Shuningdek, amarant juda serhosil o'simlik bo'lib, yerning sho'rlik darajasi yuqori bo'lgan hududlarda ham bemalol o'sadi va eng asosiysi sho'rlanish darajasini kamaytiradi. Olimlarimizning tadqiqoti natijalariga ko'ra sho'rlanish darajasi yuqori bo'lgan yerga ikki yoki uch yil davomida amarant ekilishi natijasida keyinchalik bu yer maydoniga boshqa ekinlar ham ekish imkoniyati paydo bo'ladi, sho'rlanish keskin ravishda pasayadi.
Taqdimot natijalariga ko'ra olimlarimiz ishlari asosida O'zbekiston Prezidenti huzuridagi "Loyihalarni boshqarish milliy agentligi" tavsiyasiga asosan Janubiy Koreyaning "KCOOPSAGRO" assotsiyatsiyasining 3 ta qishloq xo'jaligiga ixtisoslashgan kompaniyalari bilan kelishuvga erishildi. Ma'lumki Janubiy Koreyada ekin yerlari kam, dengiz ostidagi tuproqlardan suniiy dalalar hosil qilingan. Amarant o'simligini ekish orqali ular birinchidan sho'r tuproqni unumdor tuproqqa aylantirib oladilar, ikkinchidan, serhosil, dorivor amarant mahsulotlarini ishlab chiqarishga erishadilar. Olimlarimiz bu borada Janubiy Koreya kompaniyalariga amarantning yangi navlarini yaratishga, undan foydali mahsulotlar olish texnologiyalarini o'zlashtirishga ko'maklashadilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI