Andijon Davlat
Universiteti
HECH KIM MEHR, E’TIBORDAN CHETDA QOLMAYDI
2019-12-16    2871

2019-yil 14-dekabr kuni Andijon davlat universiteti  Tarix fakulteti dekani R.Shamsitdinov, universitet kasaba uyushma qo’mitasi vakili Ye. Smesova, Fuqarolik jamiyati nazariyasi katta o‘qituvchisi R.Qayumova, 109-203 guruh talabalari  tomonidan “Yangi yilda yangi mehr bilan” shiori ostida Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga qarashli Qo‘rg‘ontepa “Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uyida tadbir tashkil etildi.

 

Xayriya tadbirini tashkil etishdan asosiy maqsad mehr va muruvvatga tashna qalb egalari – imkoniyati cheklangan bolalarni ma’naviy va moddiy qo’llab quvvatlash, ularning holidan xabar olish, ehtirom bildirish, ko’nglini ko’tarish, xursandchilik va yuqori kayfiyat shu bilan birga ularga hamisha e’zozda ekanliklarini xis qilish tuyg’ularini baxsh etish edi.

Tarix fakulteti talabalari tomonidan ertak qaxramonlari aks ettirilgan sahna ko‘rinishlari, qo‘shiq va raqslar tadbirga o‘zgacha shukuh, bolajonlarga bir olam quvonch baxshida etdi.

Mo‘jizaga ishongan bola ulg‘aygach, o‘zi ham, albatta, xayolot mevasini hayotga tatbiq etishga, ertak qahramonlari singari yaxshilikning amalga oshishi uchun kurashishga, jasoratli bo‘lishga, yovuzlik ustidan g‘alaba qozonishga intiladi.

Tadbirda bu joyda xizmat qilayotgan, nogiron bolalarga o’z mehrini ulashayotgan tarbiyachilarga alohida minnatdorchilik bildirib, bu sharafli va savobli xizmat ekanligini ta’kidlab o’tildi.

Tadbir so‘nggida Tarix fakulteti tomonidan imkoniyati cheklanganlar ma’naviy va moddiy qo‘llab-quvvatlandi. Muruvvat uyi murabbiy va tarbiyalanuvchilari ushbu tashabbus uchun o’zlarining chuqur minnatdorchiliklarini bildirdilar.

 

 

 

O.Mirzaxalilova
Tarix fakulteti 201-guruh talabasi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.