Andijon Davlat
Universiteti
ENDI TALABALAR IT TEXNOLOGIYALAR SOHASIDA HINDISTONDA TAHSIL OLISHLARI MUMKIN
2019-12-13    2611

Bugun universitetimizga Hindistonning ta'lim turizmi sohasida faoliyat olib boruvchi "Roobaroo" kompaniyasi rahbari Gagan Gupta sohib hamda hindshunos tadqiqotchi Dildora Xadjayevalar tashrif buyurdilar va Informatika va axborot texnologiyalari yo'nalishi talabalari va professor-o'qituvchilari bilan suhbat o'tkazdi. Gupta sohib o'zining kompaniyasi orqali IT texnologiyalar sohasida dunyoning eng rivojlangan Hindistonning yetakchi OTMlarida ta'lim olish dasturi bilan tanishtirdi.

Dastur O'zbekiston va Hindiston o'rtasidagi madaniy va ta'lim almashinuviga asoslangan bo'lib, u yo'nalishga qarab 1 haftalik, 1 oylik yoki 6 oylik muddatlarda tashkil etiladi. Kurslar IT texnologiya va qo'shimcha ingliz tilini o'rganishni taklif etadi.

Dastur nafaqat ta'lim balki, afsonaviy va rango-rang hind madaniyati bilan tanishish va dam olishni ham o'z ichiga oladi. Xususan, kunlik yoga va meditatsiya mashg'ulotlari, shaxsni rivojlantirish darslari, Bollivud uslubidagi raqs mashg'ulotlari, Tibet shifokorlari ko'rigidan o'tish, madaniy yodgorliklarga ayniqsa, Toj Mahalga sayohat odamni o'ziga jalb qiladi.

Talabalar ushbu uchrashuv davomida "Hindistonda o'qishning afzal jihatlari qanday?", "IT texnologiyalar va dasturlash tillarining qaysi yo'nalishlarini o'rganish mumkin?" va shu kabi savollariga javoblar oldilar. Uchrashuvning so'nggida mehmonlar uni tashkil etishga yordam bergan yoshlar bilan ish bo'yicha prorektor A'zamjon Hamraqulov hamda o'qituvchi Davlatova Hulkaroylarga minnatdorchilik bildirdilar.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.