Andijon Davlat
Universiteti
AQSH TA’LIM DASTURLARIDA QANDAY O‘QISH MUMKIN? AQSHNING O‘ZBEKISTONDAGI ELCHIXONASI VAKILLARI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA
2019-12-11    2778

Bugun, 11-dekabr kuni Andijon davlat universitetida AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda “Education USA” maslahat markazi vakillari hamkorligida talabalar bilan ta’lim AQShda tahsil olish bo‘yicha ta’lim dasturlarlari bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Andijon davlat universiteti

Uchrashuvda AQShning O‘zbekistondagi elchisining madaniyat va ta’lim masalalari bo‘yicha maslaxatchisi Djoan Kram xonim, “Education USA” maslahat markazi vakillari Rayan Shvayser, Jonatan Patch, Lola Boltaeva va boshqalar talabalarga “Global UGRAD”, “The Fulbright Foreign Student Program”, “The Hubert H. Humphrey Fellowship Program” kabi ta’lim dasturlari haqida tushunchalar berib o‘tdilar.

Andijon davlat universiteti

Djoan Kram xonim ta’lim dasturlarining muhim jihatlari bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi. Taqdimotda ishtirokchilarga ishtirok etish yo‘llari, ta’lim dasturlari turlari va boshqalar haqida ma'lumotlar taqdim etildi.

Andijon davlat universiteti

Andijon davlat universiteti

Shundan so‘ng qatnashchilar AQShda ta’lim olishga bag‘ishlangan ko‘rgazmani ko‘zdan kechirdilar.  Ahamiyatli jihati, ko‘rgazmada kelgusida AQShda magistratura, stajirovka, doktoranturada o‘qish istagi mavjud talabalar va yosh o‘qituvchilar dasturlar haqida bevosita o‘z savollari bilan murojaat etib, aniq javoblar oldilar. Xususan, ushbu ta’lim dasturlarining asosiy maqsadi o‘rgangan bilimlarini o‘z mamlakatlari va jamiyatlari rivoji uchun sarflashdir. Shu sabab, talabalar va o‘qituvchilar AQShda ta’limni tamomlagach o‘z yurtiga qaytib kelishi lozim.

Andijon davlat universiteti

Andijon davlat universiteti

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, hozirgi kunda Andijon davlat universitetida AQSH elchixonasi homiyligida STEM ya’ni “Science Technology Engineering and Math” talabalar uchun ingliz tili o’quv kurslari tashkil etilgan bo’lib, darslar universitetning xorijda malaka oshirib kelgan o’qituvchilari tomonidan mutlaqo bepul amalga oshiriladi. Ushbu ingliz til kursida darslar xorijiy andozalar asosida tashkil etilgan bo’lib, hozirda 30 ga yaqin talabalar ishtirok etmoqdalar. O’quv kursi koordinatori D. Ahmadaliyeva. O’quv kurslarining quyidagi afzal jihatlari mavjud: darslar mutlaqo bepul, kurs yakunida Amerika sertifikati bilan taqdirlanadi va AQSHga yuborishda imtiyozlarga ega bo’ladi. Tahsil olmoqchi bo’lganlar universitet axborot xizmatiga murojaat qilishlari mumkin.

Andijon davlat universiteti

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.