Universiteti
Fakultet dekani biografiyasi:
2000-2004 yy. - Andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti talabasi
2004-2006 yy. - Andijon davlat universiteti jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat yo`nalishi magistranti, jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy tarbiyaning nazariy asoslari kafedrasi stajyor-o`qituvchisi
2006-2010 yy. - Andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy tarbiyaning nazariy asoslari kafedrasi assistent
2010-2015 yy. - Andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy tarbiyaning nazariy asoslari kafedrasi katta o`qituvchisi
2015-2016 yy. - Andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport kafedrasi katta o`qituvchisi
2016-2020 yy. - Andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi mudiri
2020-2021 yy. - Andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti dekani, jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi dotsenti
2021-2021 yy. - Andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti o`quv ishlar bo`yicha dekan o`rinbosari, jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi dotsenti (o`rindosh asosida)
2021 y. - h.v. - Andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti dekani, jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi dotsenti
Andijon davlat universitetining “Jismoniy madaniyat” fakulteti, sobiq Andijon davlat pedagogika institutining Ximiya-biologiya fakulteti qoshida “Jismoniy tarbiya” bo’limi sifatida 1958-yil tashkil qilindi. Shu vaqtda ximiya-biologiya fakulteti dekani G.Sh.Ilyasov bo’limga bevosita rahbarlik qildi. Shu yil jismoniy tarbiya mutaxassisligiga talabalar qabul qilindi.
1964-yilda kimyo, biologiya fakultetlari alohida mustaqil fakultetlarga ajratildi. Jismoniy tarbiya bo’limi biologiya fakulteti ixtiyoriga o’tkazildi. Fakultet dekani etib biologiya fanlari nomzodi, dotsent A.X.Yunusov tayinlandi. Kafedralar soni ko’paydi, ularga iqtidorli yoshlar qabul qilindi. Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent N.L.Myasnikov shu dargohda ish faoliyatini o’qituvchidan boshlab fakultet dekanigacha bo’lgan hamma bosqichlarni bosib o’tdi. Umrining so’nggi daqiqalarigacha yoshlarga ta’lim-tarbiya berishdek oliyjanob ishga sarflab keldi.
Kurash bo’yicha G.G.Ayvazov, V.A.Alyoxin basketbol, R.R.Murtazin gimnastika, biologiya fanlari nomzodi, dotsent A.Gaydes jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi bo’yicha yoshlarga ta’lim-tarbiya berdilar.
1965-yil “Jismoniy tarbiya” fakulteti mustaqil fakultet bo’lib ajralib chiqdi. Fakultet dekani etib biologiya fanlari nomzodi O.Z.Ergashev tayinlandi. Fakultetga talabalar o’zbek va rus guruhlariga alohida-alohida qabul qilindi. Fakultetning moddiy bazasi yaxshilandi. Kafedrada sezilarli o’zgarishlar qilindi. Fakultet talabasi F.Pak boks bo’yicha sobiq SSSR, Yevropa birinchiligida g’alabalarga erishib xalqaro toifadagi sport ustasi talablarini bajardi, fakultetning obro’yi va nufuzi butun Respublikaga tanila boshladi.
1966 yil fakultetga tarix fanlari nomzodi, dotsent R.T.Komilov dekan etib tayinlandi. Fakultet terma jamoalari shahar, viloyat, Respublika birinchiligi musobaqalarida muvaffaqiyatli qatnashib fakultetda sportning klassik kurash va milliy kurash hamda sambo turlari bo’yicha SSSR sport ustalari etishib chiqdilar.
1974 yilda fakultet dekani etib fakultetda uzoq yillar ishlab kelgan pedagogika fanlari nomzodi, dotsent N.D.Myasnikov tayinlandi. Fakultetning o’qituvchilari SH.Abdullaev va N.Qoraboevlar taniqli olimlar tibbiyot fanlari doktorlari T.Murav’yov hamda A.Yarotskiylarning ilmiy rahbarligi va maslahatchiligi ko’magida ilmiy izlanishlar boshlandi. Talabalarni sportdagi muvaffaqiyatlari ham sezilarli darajada ortib bordi. Fakultet talabalari shahar, viloyat va Respublika miqyosidagi musobaqalarda qator muvaffaqiyatlarga erisha boshladilar.
Fakultetda 2 ta “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi”, “Sport o’yinlari va jismoniy tarbiya” kafedralari faoliyat ko’rsata boshladi. Fakultetga bir qancha iqtidorli yoshlar o’qituvchilikka qabul qilindi. O.J.Cholakov, N.K.Yuldashev, pedagogika fanlari nomzodi A.M.O’rinboev, V.S.Bayramova, Sh.G.Saidjonov, A.Madaminov, A.Mamatoxunovlarga o’zlarining ustoz va murabbiylar bilan bir qatorda ilmiy tadqiqot ishlarini ham olib bordilar. Ular rahbarligida sport mahoratini oshirish guruhlarida shug’ullangan talabalar shahar, viloyat va Respublika birinchiligi musobaqalarida bir qator muvaffaqiyatlarga erisha boshladilar.
Fakultet talabalari bir qancha yirik musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnasha boshladilar. Og’ir atletika O.Turg’unov o’z og’irligi bo’yicha rekord o’rnatib, Xalqaro toifadagi sport ustasi talablarini bajardi. Sobiq SSSR terma jamoa tarkibiga kiritildi. Fakultet talabalari S.Ulmasova 3000 m yugurishda SSSR va jahon rekordini o’rnatib SSSRda xizmat ko’rsatgan sport ustasi unvonini oldi. 1000 m ga yugurishda talaba Z.Axtyanova sobik SSSR rekordini o’rnatib xalqaro toifadagi SSSR sport ustasi normasini bajardi. Andijonda chim ustida xokkey qizlar jamoasi vakillari, fakultet talabalari L.Axmedova, N.Nabatnikovalar SSSR birinchiligi g’olibligini qo’lga kiritib fakultetning nufuzli, butun mamlakat bo’ylab yoyilishida munosib ulush qo’shdilar.
Fakultetda ilmiy tadqiqot ishlarga alohida e’tibor berildi. Fakultet o’qituvchilarini ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish, mamlakatimizning etuk ilmiy tadqiqot markazlari bilan aloqalar yo’lga qo’yildi. Izlanuvchi tadqiqotchilik ishlariga aloxida e’tibor berildi.
Undan so‘ng fakultetga E.K.Xalilov (1988-1997) I.Mamatoxunov (1997-2000), N. Yuldashev(2000-2008), S.Niyazov (2008-2010), X.X. Soliev (2010-2013), B.M.Nosirov (2013-2020) ishlab keldilar, Z.Jumaqulov 2020- yildan hozirgi kunga qadar dekan lavozimida boshqarib kelmoqda. 2024-yildan jismoniy madaniyat fakulteti Sport va san’at fakultetiga o’zgartirildi.
O‘QUV JARAYONI
Sport va san’at fakultetida bugungi kunda 61010200-Sport faoliyati futbol, 61010200- Sport faoliyati boks, 61010200-Sport faoliyati kurash 61010200-Sport yengil atletika, 61010200-Sport faoliyati badiiy gimnastika, 61010200-Sport faoliyati belbog'li kurash, 61010200-Sport faoliyati stol tennis, 61010200-Sport faoliyati voleybol, 61010200-Sport faoliyati basketbol, 61010300-Adaptiv jismoniy tarbiya va sport, 66021150-Cholg'u ijrochiligi, 6021140- Vokal san'ati, 60210500-Rangtasvir, 60210800-Amaliy san'at, 61010300-Sport faoliyati (futbol, boks, kurash, voleybol, basketbol, badiiy gimnastika bo'yicha), 5112000-Jismoniy madaniyat, 60210500-Rangtasvir: dastgohli, 60210800-Amaliy sanat badiiy kulolchilik, 60211400-Vokal san'at an'anaviy honandalik, 60211500-Cholg'u ijrochiligi xalq cholg'ulari, 60212000-Madaniyat va sanat, 60210500 – Rangtasvir: Sport va san’at fakulteti negizidagi ta’lim yo‘nalishlari boyicha mutaxassis-kadrlar tayyorlanmoqda. Shuningdek, xozirgi kunda sport va san’at fakultetida 300 nafardan ziyod, Olimpiada, jahon, osiyo, xalqaro va respublika, turli ko’rik tanlovlar g’olib va sovrindorlari tahsil olmoqda. Ushbu talabalarga 100 dan ortiq professor-o’qituvchilar ta’lim-tarbiya bermoqda.
TO`GARAKLAR FAOLIYATI
Sport va san’at fakulteti tarkibidagi kafedralarda bugungi kunda “Futbol”, “Voleybol (erkaklar)”, “Voleybol (ayollar)”, “Basketbol”, “Qo’l to’pi (qizlar)”, “Qo’l to’pi (erkaklar)”, “Yengil atletika”, “Stol tennis”, “Belbog’li kurash”, “Erkin va Yunon-rum kurashlari”, “Gimnastika”, “Shaxmat”, “Dutorchilar”, “Maqomchilar”, “Yosh vokalchi”, “Miniatyura va xattotlik”, “Musavvir” to‘garaklari tashkil etilgan va ularga malakali professor-o‘qituvchilar rahbarlik qilmoqdalar. To‘garaklar iqtidorli talabalarni o‘zida birlashtirgan bo‘lib, to‘garak a’zolari tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanmoqdalar. To‘garak a’zolarining ilmiy tadqiqot ishlari natijalari universitetning
Veb-sayt: www.adu.uz, Facebook: www.fb.com/andsu.uz, Instagram: www.instagram.com/adu.uzb, Twitter: www.twitter.com/adu_uz, Youtube: www.youtube.com/aduuz, adu_sport va san'at fakulteti.
Rasmiy kanallarida yoritib borilmoqda. Har yili to‘garak a’zolari orasidan nomdor stipendiatlar va turli tanlov g‘oliblari va sovrindorlari yetishib chiqmoqda.
MA`NAVIY-MA`RIFIY ISHLAR
Sport va san’at fakultetidagi barcha guruhlarda muntazam ravishda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, turli kechalar, tanlovlar va sport musobaqalari o‘tkaziladi. Fakultet jamoasi universitet, shahar, viloyat, respublika miqyosidagi ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-amaliy va sport tadbirlarida faol ishtirok etib kelmoqda.
FAKULTETLARARO JISMONIY TARBIYA VA SPORT KAFEDRASI
MADAMINOV XAYRULLO AXMADJANOVICH
Kafedra mudiri, dotsent.
Telefon: +998916100705
E-Pochta: hayrullo070519@gmail.com
1958-yil Andijon davlat pedagogika institutining biologiya fakulteti qoshida Jismoniy tarbiya bo‘limi ochilgan bo‘lib, o‘sha yili sport o‘yinlari kafedrasi tashkil etilgan va unga G.Ivanov kafedra mudiri lavozimiga tayinlangan. Kafedra o‘qituvchilari o‘tgan yillar davomida kafedraning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirishda munosib hissa qo‘shib keldilar. 1998-yil Andijon davlat universiteti fakultetlarda faoliyat yuritib kelayotgan kafedralarning birlashtirilishi munosabati bilan sport o‘yinlari va jismoniy tarbiya kafedralari birlashtirilib, sport fanlari va uni o‘qitish metodikasi kafedrasiga aylantirildi. Kafedrada 1998-2008-yillari katta o‘qituvchi S.Niyozov mudirlik lavozimida ishladi. 2008-2012-yillari kafedra katta o‘qituvchisi N.Yuldashev mudirlik lavozimida ishlab keldi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari viloyat Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi, 1 va 2-sonli sport maktablari, sportning yakka kurash turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi, sport turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi, gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi, akademik litseylar va umumta’lim muassasalariga jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va sport turlari bo’yicha murabbiylar yetishtirib berishda munosib hissa qo‘shib kelmoqda. 2012-2013-yillari pedagogika fanlari nomzodi B.Nosirov, 2013-2014-yillari S.A.Yuldashev, 2014-2020-yillari R.Sh.Isakov, 2020-2024-yillari S.A.Yuldashev, 2024-yildan esa kafedra dotsenti X.A.Madaminov kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport kafedrasi universitet fakultetlari talabalariga jismoniy madaniyat va sport darslarini, sport va san’at fakulteti talabalariga sport turlari bo‘yicha ma’ruza, amaliy hamda seminar mashg‘ulotlarini o‘tkazib kelmoqda. Kafedra professor-o’qituvchilari universitet miqyosida o‘tkaziladigan barcha sport musobaqalari va tadbirlarida o‘zlarining jonkuyarligi va tashabbuskorligi bilan faol ishtirok etib kelmoqdalar.
TASVIRIY VA AMALIY SAN’AT
E-pochta: sardorbekabdujalolov409@gmail.com
Andijon davlat universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti qoshida 1998-yil sentyabr oyida “Maxsus fanlar o‘qitish uslubiyoti” kafedrasi tashkil etilgan. Kafedra mudiri dotsent E. Dadaxo‘jayev bo‘lgan. Shu vaqtdan boshlab kafedrada jami 6 nafar o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatgan, 1 ta dotsent, 1 ta katta o‘qituvchi, 4 ta assistent o‘qituvchilari faoliyat ko‘rsata boshlaganlar.
Kafedra asosan 2 ta yo‘nalish bo‘yicha kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan (Rasm va chizmachilik o‘qituvchisi, Musiqachi-pedagog). 1999-yildan universitet Ilmiy Kengashi qarori bilan kafedra “Chizmachilik va amaliy san’at” nomi bilan yuritila boshladi. Kafedrada 1 nafar dotsent, 1 nafar katta o‘qituvchi, 10 nafar assistent o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatgan. 2000-yil mart oyidan kafedra mudiri etib katta o‘qituvchi B.Qo‘chqarov tayinlandi. Shu vaqtdan boshlab kafedrada 2 ta katta o‘qituvchi 17 ta assistent o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatgan. Ulardan 6 nafari “Chizmachilik va amaliy san’at” mutaxassisligi o‘qituvchilari bo‘lgan. Kafedra a’zolari “Tasviriy san’at, mehnat va musiqa san’atining o‘rta va oliy maktablarida o‘qitish uslubini takomillashtirish masalalari” ustida ilmiy izlanishlar olib borishdi. 2002-2003-o‘quv yilidan kafedralar “Kasb ta’limi fakulteti” ixtiyoriga o‘tkazilgach, 2003-yildan universitet Ilmiy Kengashining qaroriga asosan kafedra ikkiga ajratildi: “Chizmachilik va tasviriy san’at”, “Musiqa va uni o‘qitish metodikasi”.
“Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” kafedrasiga 5150800 – Rangtasvir (turlari bo‘yicha), 5151200 – Amaliy san’at (turlari bo‘yicha) yo‘nalishlariga talabalar qabul qilindi. 2021-2022 o‘quv yilidan 6210500 – Rangtasvir (Dastgohli), 6210800 – Amaliy san’at (badiiy kulolchilik) yo‘nalishlariga talabalar qabul qilindi.
Hozirgi kunda “Tasviriy va amaliy san’at” kafedrasida 15 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda, shulardan, 1 nafari fan nomzodi, 2 ta dоtsеnt, 4 ta katta o‘qituvchi va 9 ta o‘qituvchi. Bulardan 9 nafari O‘zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zolari bo‘lib, o‘z ilmiy salоhiyatini rivоjlantirish yo‘lida izlanishlar оlib bоrmоqdalar.
ODAM FIZIOLOGIYASI VA HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI
Odam fiziologiyasi va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi 1963-yillar boshida Zoologiya kafedrasi tarkibidan fiziologiya va maktab gigiyenasi kafedrasi sifatida ajralib chiqqan va kafedraning birinchi mudiri biologiya fanlari nomzodi Sodiqjon Yunusov bo‘lgan. Kafedraning tashkil etilishida S.Yunusovning xizmatlari juda katta. Kafedrada o‘qitiladigan fanlardan laboratoriya mashg‘ulotlarini yuqori saviyada o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan asbob uskunalarni topish va jihozlashda uning tashabbuskorligi juda yuqori bo‘lgan. Shuningdek, o‘sha davrda kafedrada A.Yusupov, T.Mansurov, K.Bazarov hamda I.Zokirovlar samarali faoliyat olib borishgan.
Keyinchalik S.Yunusov tashabbusi bilan kafedraga yoshlar jalb qilinib, ularning ilmiy salohiyatini oshirishga sharoitlar yaratilgan. R.To‘xtaboyev, Sh.Xamzayev va E.Xalilovlar markaziy ilmiy tadqiqot institutlariga aspiranturaga yuborilgan. Kafedrani 1975-yilga kelib dotsent M.Mirzakarimov boshqargan. 1977-1983-yillarda kafedra mudiri lavozimida kafedraning yosh dotsenti R.To‘xtaboyev faoliyat yuritgan. 1983-yilda kafedra faoliyatini yanada takomillashtirish, o‘quv va ilmiy faoliyat sifatini yanada oshirish maqsadida Fiziologiya va maktab gigiyenasi kafedrasi asosida Biokimyo va fiziologiya kafedrasi tashkil qilinib, mudirlik lavozimida biologiya fanlari doktori, professor A.Qosimov samarali faoliyat olib borgan. Kafedrada ilmiy ishlar 2 ta: biokimyo hamda odam va hayvonlar fiziologiyasi yo‘nalishida olib borilgan. 2003-yildan boshlab kafedra mudiri lavozimi E.Xalilov zimmasiga yuklatildi. O‘sha davrda kafedrada professor L.Saidbayeva, dotsentlar Q.Qo‘chqarov, Q.Davronov, Sh.Xamzayev, A.Sheraliyev, L.Qosimov va boshqalar ishlagan. 2006-yilga kelib universitet rektorining buyrug‘i bilan kafedraning nomi “Fiziologiya va tibbiy bilim asoslari”ga o‘zgartirildi. Kafedra mudiri dotsent E.Xalilov, professor L.Saidbayeva, dotsent L.Qosimov, dotsent S.To‘raxo‘jayev, katta o‘qituvchi E.Yuldashev, F.Dumayeva, R.Ashurova, assistentlar Z.Dumayeva, G.Do‘smatova, M.Xolmirzayeva, G.Mamatisaqova, G.Mirzaakbarovlar kafedrada samarali faoliyat olib borishgan.
2013-yil 29-avgustda bo‘lib o‘tgan universitet Ilmiy Kengashi qaroriga asosan, Fiziologiya va tibbiy bilim asoslari kafedrasi negizida Fiziologiya va sport sog‘lomlashtirish kafedrasi tashkil etildi. Kafedra mudiri lavozimiga pedagogika fanlari nomzodi Soxipjon Niyazov tayinlandi. 2013-yildan Fiziologiya va sport sog‘lomlashtirish kafedrasi “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi deb nomlandi. 2016-2022 yillar mazkur kafedraning mudiri lavozimiga biologiya fanlari doktori professor Zaynabiddinov Anvar Erkinjonovich boshchilik qilgan.
Hozirda Jismoniy madaniyat fakulteti “Odam fiziologiyasi va hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi mudiri lavozimida Xolmirzayeva Madinaxon Akramjonovna faoliyat olib bormoqda.
Kafedra universitetning sport faoliyati va biologiya yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan talabalar bilan “Odam va hayvonlar fiziologiyasi”, “Fiziologiya va sport fiziologiyasi”, “Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi”, “Anatomiya”, “Odam anatomiyasi” hamda “Hayot faoliyati xavsizligi” fanlaridan mashg‘ulotlar olib boradi. Kafedraning barcha professor-o’qituvchilari o‘z ustida mukammal ishlashadi, mehnatsevarligi, jonkuyarligi hamda ijro intizomiga qat’iy rioya qilishi bilan jamoada alohida o‘ringa ega. Shuningdek, vuloyat va universitet miqyosida tashkil etiladigan jamoat ishlarida faol ishtirok etib kelmoqda.
SPORT FAOLIYATI TURLARI NAZARIYASI VA METODIKASI KAFEDRASI
NIYAZOV SOHIBJON SABIRJANOVICH
Kafedra mudiri. Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Telefon: +998905410067
Kafedra 1958-yildan tashkil qilingan. 2024-yil 26-avgustdan Sport faoliyati turlari nazariyasi va metodikasi kafedrasi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Kafedra professor-o‘qituvchilari viloyat Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi, 1 va 2-sonli sport maktablari, sportning yakka kurash turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi, sport turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi, gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi, akademik litseylar va umumta’lim muassasalariga jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va sport turlari bo’yicha murabbiylar yetishtirib berishda munosib hissa qo‘shib kelmoqda. 1998-2010-yillarda pedagogika fanlari nomzodi dotsent X.X.Soliyev, 2010-2014-yillarda katta o‘qituvchi T.I.Yusupov, 2014-2016-yillarda pedagogika fanlari nomzodi, dotsent X.X.Soliyev, 2016-2020-yillarda belbog‘li kurash bo‘yicha jahon chempioni, Xalqaro toifadagi sport ustasi Z.Jumaqulov, 2020-2021-yilda pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent To‘xtaxo‘jaev Xanjarbek Baxodirovich kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib bordilar. 2021-yil fevral oyidan Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasiga pedagogika fanlari nomzodi, dotsent, S.S.Niyazov kafedra mudiri etib tayinlandi.
Sport faoliyati turlari nazariyasi va metodikasi kafedrasi fakultet talabalariga sport turlari bo‘yicha ma’ruza, amaliy hamda seminar mashg‘ulotlarini o‘tkazib kelmoqda. Kafedra professor-o’qituvchilari universitet miqyosida o‘tkaziladigan barcha sport musobaqalari va tadbirlarida o‘zlarining jonkuyarligi va tashabbuskorligi bilan faol ishtirok etib kelmoqdalar.
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI “MUSIQIY TA’LIM” KAFEDRASI TARIXI
AHMEDOV SHARIFJON MAMIRDJANOVICH
Musiqa san’ati kafedrasi mudiri, dotsent
Telefon +998978312244
E-pochta: sharif.music73@mail.ru
Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti qoshida 1998-yil sentyabr oyida “Maxsus fanlar o‘qitish uslubiyoti” kafedrasi sifatida tashkil etilgan. Kafedra mudiri fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent E.Dadaxo‘jaev bo‘lgan.
Shu vaqtdan kafedrada jami 6 nafar o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatgan. Shulardan, 1 ta dotsent, 1 ta katta o‘qituvchi, 4 ta assistent o‘qituvchilari faoliyat ko‘rsata boshlagan. Jumladan, kafedra mudiri, dotsent E.Dadaxo‘jayev, katta o‘qituvchi B.Qo‘chqarov, assistentlar: I.Darmonov, S.Mirzayev, O.Tursunov va A.Hojiboyevlar edi.
Kafedra, asosan, 2 ta yo‘nalish bo‘yicha kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan:
-
Rasm va chizmachilik o‘qituvchisi
-
Musiqachi pedagog
1999-yildan universitet İlmiy Kengashi qarori bilan kafedra “Chizmachilik va amaliy san’at” nomi bilan yuritila boshladi. Kafedrada 1 ta dotsent, 1 ta katta o‘qituvchi, 10 ta assistent o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatgan. 2000-yil mart oyidan kafedra mudiri etib katta o‘qituvchi B.Qo‘chqarov tayinlandi. Shu vaqtdan boshlab kafedrada 2 ta katta o‘qituvchi, 17 ta assistent o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatgan.
Shulardan, 6 ta “Chizmachilik va amaliy san’at” mutaxassisligi o‘qituvchilari 13 ta musiqachi pedagog mutaxassisligi o‘qituvchilaridan iborat bo‘lgan.
Kafedra a’zolari “Tasviriy san’at, mehnat va musiqa san’atining o‘rta va oliy maktablarida o‘qitish uslubini takomillashtirish masalalari” ustida ilmiy izlanish olib borishdi.
2002-2003 o‘quv yilidan kafedralar “Kasb ta’limi fakulteti” ixtiyoriga o‘tgan bo‘lib, 2003-yildan universitet Ilmiy Kengashining 2003-yil 8-yanvardagi yig‘ilishi qaroriga asosan, Kasb ta’limi fakultetida kafedra 2 ta yo‘nalishdagi kafedralarga ajratildi.
Bular: 1 ) Chizmachilik va tasviriy san’at
2 ) Musiqa va uni o‘qitish metodikasi
Mazkur kafedra 2004-yil 15-yanvardagi universitet İlmiy Kengashi qaroriga muvofiq alohida, “Musiqa va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi nomi bilan Kasb ta’limi fakultetiga biriktirildi va faoliyat ko‘rsatdi. Shu qisqa davr ichida ancha ko‘zga ko‘rinarli ishlar amalga oshirildi. Ilgari musiqa xonalari yetishmas, fortepiano cholg‘u asboblari sanoqli darajada edi. Yakka tartib fanlari uchun 2 tagina xona ajratilgan edi. Vaziyatdan kelib chiqib universitet ma’muriyati va rektor S.Z.Zaynobiddinov tashabbuslari bilan kafedra alohida ajratilib, dars jarayonlari “Baynalminal” ko‘chasida yangi o‘quv binosida o‘tildi.
O‘tgan qisqa davr ichida kafedraning texnik ba’zasi biroz yaxshilandi. O‘zbek xalq cholg‘u asboblaridan dutor, rubob, doira, afg‘on rubobi, dutor bas, tanbur, g‘ijjak kabi cholg‘u asboblari hamda har bir xona fortepiano cholg‘u asbobi bilan ta’minlandi. Fonoteka xonasi ta’mirlandi va 100 dan ortiq magnit lentalari olib kelindi va alohida ro‘yxatga olindi. Hozirda buning ustida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Tolib hoji Hamidov shug‘illandi.
Kafedraga malakali o‘z fanini yaxshi biladigan mutaxassis-o‘qituvchilar jalb etildi. Asosiy cholg‘u bo‘limi (O.Tursunov), Vokal sinfi bo‘limi (N.Gontaryuk), Nazariy fanlar bo‘limi (M.Nasriddinov), Dirijyorlik bo‘limi (Sh.Ahmedov), An’anaviy qo‘shiqchilik maqom (G‘.Hojiqulov) bo‘limlarida o‘z kasbini, mutaxassisligini biladigan, tajribali o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatdi.
Kafedra salohiyatini yaxshilash maqsadida kafedraga pedagogika fanlari nomzodi, professor X.Nurmatov jalb etildi. O‘zbekiston xalq artisti professor G‘.Hojiqulov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist M.Boymatova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi T.Hamidov kabi mutaxassis olimlar faoliyat olib bordi.
2003-2004 o‘quv yilidan boshlab kafedraga Hakimov Nosirjon kafedra mudiri etib saylandi. Kafedrada 19 ta assistent va 6 ta konsertmeyster faoliyat ko‘rsata boshladi. 2004-yil Musiqiy ta`lim kafedrasining Abdulla A’zam qalamiga mansub “Orzular qanotida” spektakli (postanovkachi rejissyor T.Hamidov) “Eng yaxshi dramaturgiya” nominatsiyasi bo‘yicha diplom bilan taqdirlandi. Shu yili “Nihol 2004” teatr san’ati festivalining laureati diplomi bilan taqdirlandi.
2005-yil G‘.Hojiqulov rahbarligida “Layli va Majnun” musiqali dramasi sahnalashtirildi.
2006-yil iyun oyidan boshlab kafedraga O.Tursunov kafedra mudiri etib tayinlandi. Kafedrada 23 ta assistent, 7 ta konsertmeyster faoliyat ko‘rsata boshladi. 2007-yil 26-may Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Barhayot an’analar” tanlovida kafedraning ijodiy jamoasi tanlov laureati diplomi bilan taqdirlandi.
2007-yil 1-noyabrdan boshlab kafedraga M.Nasriddinov kafedra mudiri etib saylandi. Kafedra tarkibida 1 ta professor, 6 ta katta o‘qituvchi, 20 ta assistent va 11 ta konsertmeyster faoliyat ko‘rsatdi.
2007-yil 30-dekabr universitet rektori tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yoshlar” festivali tadbirida kafedra o‘qitubchilari o‘z ijod namunalari bilan faol ishtirok etdilar. Quvonarlisi, shu yili H.Razzoqov qalamiga mansub rejissyor T.Hamidov rahbarligida “Nodira” spektakli sahna yuzini ko‘rdi.
Kafedra faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritildi. Jumladan, musiqiy ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Gulmira Abdulaxadova “Navozanda” qo‘shiqlar mushoirasida qatnashib, o‘zining iste’dodini ko‘rsata oldi va faxrli o‘rinlardan birini egalladi. Bundan tashqari, Gulmira Abdulaxadova “Nihol” Respublika ko‘rik tanlovining “Nihol” mukofoti sovrindori bo‘lib qaytdi.
3-kurs talabasi Nilufar Qodirova ham o‘zining raqs qobiliyati bilan Buxoro viloyatida o‘tkazilgan “Raqs gulshani” tanlovida qatnashib, birinchi o‘rin sovrindori bo‘lib qaytdi. Qashqadaryo viloyatida Respublika bo‘yicha o‘tkazilgan “Folklor” ko‘rik tanlovida talabalarimiz faxrli uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdilar.
2010-yil 2-bosqich talabasi R.Nurmatova “Nihol” mukofoti sovrindori bo‘ldi.
2011-yil 1-bosqich talabasi R.Qo‘ziyeva “Nihol” mukofoti sovrindori bo‘ldi. Shu yili 4-bosqich talabasi Madumarova Yorqinoy Fond forumning “Mehr nuri” jamg‘armasi tomonidan ta’sis etilgan “Iqtidorli talabalar stipendiyasi”ga ega bo‘ldi.
2011-yil 26-avgust Vazirlar Mahkamasining Qaroriga asosan San’at fakulteti tugatilib, Pedagogika fakultetiga qo‘shildi. Fakultetga p.f.n Ch.T.Shokirova rahbarlik qildi.
2018-yil oktyabr oyidan boshlab kafedraga Sh.Ahmedov kafedra mudiri etib tayinlandi.
2019-yil 26-avgust Vazirlar Mahkamasining Qaroriga asosan, Pedagogika fakulteti tugatilib, San’atshunoslik fakultetiga aylantirildi.
2022-yili Vokal san’ati yo‘nalishi 3-kurs talabasi Mashrabova Muxlisa “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Shu yili Vokal san’ati yo‘nalishi 3-kurs talabalari Samandarov Nuriddin va Mashrabova Muxlisa “Nihol” mukofoti bilan taqdirlandilar.
2023-yili 26-avgust Vazirlar Mahkamasining Qaroriga asosan, San’atshunoslik fakulteti tugatilib, Pedagogika fakulteti tarkibiga qo‘shildi.
2024-yili 26-avgust Vazirlar Mahkamasining Qaroriga asosan, Pedagogika va San’atshunoslik fakulteti tugatilib, Sport va san’at fakulteti ochildi va kafedraga ‘Musiqa va san‘at” nomi berildi .
Hozirda kafedrada 1 ta O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist, 7 nafar dotsent, 6 nafar katta o‘qituvchi, 16 nafar o‘qituvchi va 9 nafar konsertmeyster faoliyat ko‘rsatmoqda.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI