
Universiteti

Fakulteti dekani. Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Telefon: 0(374) 223-42-76
E-pochta: xorijiy@adu.uz
Qabul kunlari: Har kuni
Fakultet dekani biografiyasi:
- 2005-2009 yy. - Andijon davlat tillar pedagogika instituti talabasi.
- 2009-2011 yy. - Toshkent davlat pedagogika universiteti magistranti.
- 2011-2015 yy. - Andijon davlat universiteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi oʻqituvchisi.
- 2015–2016 yy. - Andijon davlat universiteti fakultetlararo chet tillari kafedrasi oʻqituvchisi.
- 2016-2018 yy. - Andijon davlat universiteti tayanch doktoranti.
- 2018-2018 yy. - Andijon davlat universiteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri v.b.
- 2018 -2019 - Andijon davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti.
- 2019- 2020 - Andijon davlat universiteti “Fakultetlararo chet tillar (aniq va tabiiy fanlar)” kafedrasi mudiri
- 2020-yil 2-oktyabrdan Andijon davlat universiteti chet tillar fakulteti dekani
KARIMOV KAMOLIDDIN NASRIDINOVICH
O'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari
Telefon: +998742234027
E-pochta: king230680@gmail.com
MATQULOV HOSILBEK MAVLONOVICH
Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari
Telefon: +998742234027
E-pochta: matqulov78@mail.ru
AHUNOV MUQIMJON MUHAMMADAMINOVICH
O'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari
Telefon: +998742234027
E-pochta: xorijiy@adu.uz
POZILOV MA'MIRJON SOBIROVICH
O'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari
Telefon: +998742234027
E-pochta: 205boss_205@mail.ru
ATABOYEV AHADJON JUMAQO'ZIYEVCIH
O'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari
Telefon: +998742234027
E-pochta: ataboyev.87@bk.ru
MATTIYEV ABDULAZIZ OKTYABRJON O'G'LI
Axborot texnologiyalari bo'yicha dekan o'rinbosari
Telefon: +998742234027
E-pochta: adu_02_07@mail.ru
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 30-avgustdagi “Andijon davlat universitetida kadrlar tayyorlash tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 192-sonli qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2010-yil 3-sentyabrdagi 341-sonli buyrugʻi bilan Andijon davlat tillar pedagogika instituti negizida Andijon davlat universiteti chet tillar fakulteti tashkil etildi.
Yarim asrlik davrda ushbu ilm dargohida ingliz, nemis, fransuz, rus, shuningdek, fors, arab, hind, turk tillari boʻyicha mutaxassislar tayyorlanib, ular umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar, oliy taʼlim muassasalari va taʼlim tizimidagi turli institutlarda oʻqituvchi, ilmiy xodim, tarjimon sifatida faoliyat koʻrsatmoqdalar.
2020-yil oktabr oyidan boshlab fakultet dekani sifatida filologiya fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent Rustamov Dilshodbek Abduvoxidovich faoliyat yuritib kelmoqda.
• Nemis tili va adabiyoti;
• Fransuz tili va adabiyoti;
• Ingliz tili va adabiyoti;
• Ingliz tili grammatikasi;
• Ingliz tili fonetikasi;
• Fakultetlararo chet tillar (aniq va tabiiy fanlar);
• Fakultetlararo chet tillar (ijtimoiy-gumanitar fanlar).
5111400 - ingliz tili va adabiyoti yoʻnalishi (kunduzgi)
5111401- nemis tili va adabiyoti yoʻnalishi (kunduzgi)
5111402- fransuz tili va adabiyoti yoʻnalishi (kunduzgi)
5611500 - gid hamroxligi va tarjimonlik faoliyati (tillar boʻyicha)
5A111401- ingliz tili va adabiyoti yoʻnalishi (Magistratura)
Shuningdek, fakultetda Andijon lugʻatshunoslik va tarjimashunoslik amaliy-ilmiy innovatsion markazi (ALTAIIM) ham faliyat olib bormoqda.
O’zbеkistоndа fаоliyat ko’rsаtаyotgаn xоrij mаmlаkаtlаri elchixоnаlаri bilаn аlоqа o’rnаtilgаn.
O’zbеkistоndаgi Frаnsiya elchixоnаsining Viktоr Gugо nоmli mаdаniyat mаrkаzi, Gеrmаniya elchixоnаsining DAAD tаshkilоti, Gyotе instituti filiаli, Аngliya elchixоnаsining Britаniya Kеngаshi shulаr jumlаsidаndir.
2016 – 2017 yillarda 4 nafar yosh mutahassislik Angliyaning Hopbur til o’rgatish institutida, bir nafar o’qituvch AQSHda, 1 nafari Fransiyada malaka oshirib qaytidillar. Ikki nafar katta ilmiy hodimlar Italiyaning Piza universitetida ilmiy stajirofkada boldilar.
INGLIZ TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI
Kafedra mudiri. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Telefon: 0(374) 223-42-76
E-pochta: xorijiy@adu.uz
Kafedra universitet tarkibida fanlar boʻyicha oʻquv uslubiy va ilmiy-uslubiy ishlarni amalga oshiruvchi, shuningdek, ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlovchi, ularning malakasini oshiruvchi asosiy tarmoq hisoblanadi.
Kafedra tashkil etilgandan buyon unga filologiya fanlari nomzodi, dotsent M.A.Abduvaliyev (1996-1998, 2010-2015 yy), filologiya vanlari doktori, professor Gʻ.M.Xoshimov (1998-2005 yy), filologiya fanlari doktori, professor K.J.Joʻrayev (2005-2007yy), filologiya fanlari nomzodi, dotsent T.B.Umirzaqov (2007-2008 yy), katta oʻqituvchi B.T.Jalilov (2008-2009 yy), filologiya fanlari nomzodi, dotsent S.O.Solijonov (2009-2010 yy), lar rahbarlik qildilar.
Hozirda Ingliz tili va adabiyoti kafedrasiga filologiya fanlari nomzodi, dotsent Vositov Valijon Abduvaxobovich rahbarlik qilmoqda.
Kafedrada 34 nafar professor-oʻqituvchilar faoliyat koʻrsatadi. Ulardan 4 nafari daraja va unvonlarga ega. Kafedra professor-oʻqituvchilarining 11 nafari katta oʻqituvchi, 17 ta assistent oʻqituvchi lavozimlarida ishlaydi.
Kafedra ilmiy salohiyati 11.1% ni tashkil etadi. Kafedra professor-oʻqituvchilarining oʻrtacha yoshi 36.5 ni tashkil etadi. Kafedra professor-oʻqituvchilari 14 fandan talabalarga tahsil berib kelmoqda.
Iqtidorli talabalar bilan alohida mashgʻulotlar oʻtish maqsadida “Yosh adabiyotchi” toʻgaragi tashkil etilgan. Toʻgarakda talabalarni inglizzabon mamalakatlar (Angliya va Amerika) adabiyoti tarixiga doir badiiy adabiyotlar bilan tanishtirish va keng ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishlari uchun yoʻnaltiriladi.
INGLIZ TILI GRAMMATIKASI KAFEDRASI
Kafedra mudiri. Filologiya fanlari doktori.
Telefon: +998 90 528 18 81
E-pochta: xorijiy@adu.uz
“Ingliz tili grammatikasi” kafedrasi bakalavr malakaviy darajasi 5111400 – xorijiy tillar va adabiyoti (ingliz tili) bo’yicha malakali mutaxasislar tayyorlash soxasida faoliyat olib bormoqda.
Kafedraning mutaxassislar tarkibi ilmiy salohiyati, kasb mahorati, malakaviy darajasi xalqaro andozalar talablariga shuningdek, O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta’lim to’g’risidagi Qonun” talablari darajasida mutaxasislar tayyorlashga yo’naltirilgan.
Kafedra 2018-yilda “Ingliz tili grammatikasi” kafedrasi nomi bilan tashkil topgan. Kafedrani filologiya fanlari doktori, professor G.M.Hoshimov boshqaradi. 2020/2021 o'quv yilida kafedra tarkibida 23 nafar professor-o'qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Ulardan 1 nafari fan doktori, 6 nafari katta o'qituvchi, 16 nafari o'qituvchilardir
Kafedra Buyuk Britaniyaning O’zbekistondagi elchixonasi hamda O’zbekistonning ko’plab oliy o’quv yurtlari bilan uzviy aloqa o’rnatgan. Kafedra professor-o’qituvchilaridan aksariyati Buyuk Britaniyaning hamda boshqa mamlakatlarning nufuzli oliygohlarida malaka oshirib qaytgan.
Kafedra qоshida “Yosh grammatikachilar”, “Сreative writers”, “Fluent speakers”, “Curious readers” ilmiy-amaliy to’garaklari faoliyat yuritib kelmoqda. To’garaklarda 100 dan ortiq talabalar ilmiy tadqiqot ishlariga yo’naltirilmoqda. Ularga 18 nafar tajribali professor-o’qituvchilar qo’shimcha dars mashg’ulotlarini o’tib, fan olimpiadalariga tayyorlaydilar, ilmiy tadqiqot ishlariga yo’nalitirib boradilar.INGLIZ TILI FONETIKASI KAFEDRASI
Kafedra mudiri. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Telefon: 0(374) 223-42-76
E-pochta: xorijiy@adu.uz
Kafedrada 28 ta oʻqituvchi asosiy shtatda ishlaydi, shulardan 2 ta fan nomzodi, 2 ta f.f.f.d (PhD), (2 ta dotsent).
Kafedrada “Oʻrganilayotgan til stilistikasi”, “Oʻrganilayotgan til leksikologiyasi”, “Ingliz tili nazariy fonetikasi”, “Amaliy fonetika”, “Oʻqish va yozish amaliyoti”, “Til aspektlari amaliyoti”, “Integrallashgan til koʻnikmalari”, “Kommunikativ leksika”, “Xorijiy OAV tili”, “Oʻlkashunoslik”, “Tili oʻrganilayotgan mamlakat tarixi va madaniyati” va boshqa mutaxassislik fanlaridan maʼruza, amaliy va seminar mashgʻulotlari olib boriladi.
Kafedra aʼzolari kafedra tasarrufidagi 1-4 kurslarda 21 ta fan boʻyicha mashgʻulotlar olib boradilar va ularning amaliyotlariga rahbarlik qiladilar.
Ingliz tili fonetikasi kafedrasining ilmiy-tadqiqot faoliyatidagi ustuvor yoʻnalishlaridan biri Ingliz tilining stilistikasi, leksikologiyasi, fonetikasi va madaniyatlararo muloqot madaniyatini oʻrganish, tadqiq qilish hamda chogʻishtirishdan iboratdir. Bugungi kunda kafedra ilmiy salohiyati 16 foizni tashkil etmoqda. Kafedra doktoranti M.Qurbonovning f.f.f.d (PhD) boʻyicha doktorlik dissertatsiyasi himoyasi kutilmoqda.
2020-yilda kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan 3 ta oʻquv (uslubiy) qoʻllanma nashrga ruxsat berilgan boʻlsa, 12 ta ilmiy maqolalar va 80 dan ortiq tezislar nashrdan chiqarilgan. Ilmiy maqolalarning 6 tasi impakt faktorga ega ilmiy jurnallarda, 2 tasi xalqaro ilmiy jurnallarda, 2 tasi OAK roʻyxatidagi ilmiy jurnallarda va 2 tasi respublikada roʻyxatdan oʻtgan ilmiy jurnallarda nashr qilingan boʻlsa, tezislarining 55 tasi xalqaro va 25 tasi respublika miqyosida oʻtkazilgan ilmiy-amaliy anjuman materiallar toʻplami hisoblanadi.
Kafedra aʼzolaridan 2 nafari 2020-yilda amalga oshirilgan innovatsion loyixalarda qatnashmoqda. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Solijonov Sobirjon 2020-yilda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan eʼlon qilingan tanlovda gʻolib boʻlgan va tasdiqlangan “Sunʼiy ong platformalari uchun elektron lugʻat va matn tarjimoni dasturiy mahsulotini yaratish”. Amaliy loyixa (Ijtimoiy-gumanitar fanlar yoʻnalishi boʻyicha (Filologiya) loyihasida ishtirok etmoqda. Ushbu loyiha 2020-yil boshlanib, 2022-yilda yakunlanadi.
Kafedraning yana bir aʼzosi dotsent Xoʻjayeva Raʼno Mutallibovna 2020-2022-yillarga moʻljallangan “FZ-201912099 Oʻzbek folklorining oʻzbek va ingliz tillaridagi veb-sayti va multimedia mahsulotlarini yaratish” va “Kodeks Kummanikus“ kulyozmasining elektron izoxli matni va lugatini yaratish” loyihalarida ishtirok etmoqda.
Kafedra oʻqituvchisi G.Mamadaliyeva AQSH Davlat Departamenti tomonidan ajratilgan ”Faculty Enrichment Program" dasturi doirasida 26 ming AQSH dollar qiymatida grantni qoʻlga kiritdi. Natijada, grant doirasida 2020-2021-yillar davrida universitet professor-oʻqituvchilarining kasbiy mahoratini oshirish, xorijiy pedagogik talim texnologiyalarini oʻrganish, talimdagi mavjud muammo va vazifalarga yechim topishda xorijiy tajriba almashinuvi kabi ishlar amalga oshiriladi.
Kafedra doktoranti M.Qurbanovga Piza universiteti Lingvistika, filologiya va adabiyot departamenti professori Mirko Tovasanis (Mirko Tavosanis), Turk tili tarixi va madaniyat birligi (TDTKB - Türk Dil Tarih Kültür Birliği) markazi oʻqituvchisi Sefer Eraslan (Sefar Eraslan) va Moskva davlat lingvistika universiteti professori Olga Irisxanova ingliz (italyan), turk va rus tillaridan ilmiy maslahatchilik qilib kelmoqda. Natijada, xammualiflikda olib borayotgan ilmiy izlanishlari natijasida xozirga qadar jami 5 ta ilmiy maqolalar tayyorlanib, ular kelgusida xorijdagi va mahalliy ilmiy jurnallarga chop etish uchun taqdim qilindi.
NEMIS TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI
Kafedra mudiri. Filologiya fanlari doktori, professor.
Telefon: 0(374) 223-42-76
E-pochta: xorijiy@adu.uz
1966 yili Andijon davlat tillar pedagogika instituti tashkil etilishi bilan chet tillar fakulteti qoshida nemis tili kafedrasi tashkil etildi va kafedraga M.T.To’xtaev mudir etib tayinlandi. Kafedraga 1996 yildan boshlab filologiya fanlari nomzodi, dotsent Q.N. Nazarov va 2010 yildan professor M.E. Umarxo’jaev mudirlik qilib kelmoqda.
O’quv-uslubiy ishlar
Hozirda bu kafedrada 1 nafar fan doktori, professor, 7 nafar katta o’qituvchi va 9 nafar o’qituvchi nazariy va amaliy mashg’ulotlarini olib bormoqda. Kafedra professor-o’qituvchilari Nemis tili va adabiyoti yo‘nalishi talabalariga 14 ta fandan: Til ko‘nikmalari integratsiyasi, O‘qish va yozish amaliyoti, Til aspektlari amaliyoti, Amaliy fonetika, Amaliy grammatika, Tili o‘rganilayotgan mamlakatlar adabiyoti tarixi, Mamlakatshunoslik, Stilistika va matn tahlili, Leksikologiya, Nemis va ona tili qiyosiy tipologiyasi, Nemis tili stilistikasi, Tarjima nazariyasi va amaliyoti, Nemis tili nazariy grammatikasi, Nemis tili nazariy fonetikasi fanlaridan saboq berib kelmoqdalar.
Kafedra ilmiy faoliyati
Kafedrada professor M.E.Umarxo’jaev rahbarligida ilmiy maktab faoliyat olib bormoqda. Filologiya fanlari doktori, professor Muxtor Eshonxo’jaevich Umarxo’jaev 1995 yildan Rossiya ijtimoiy fanlar Akademiyasining a’zosi, 2007 yildan Germaniyaning Leyptsig universiteti translatologiya instituti faxriy professori. M.E.Umarxo’jaev yosh avlodni tarbiyalash, ulardan ilmiy kadrlar yetishtirish ishlariga munosib rahbarlik qilib kelmoqda. Shu bilan bir paytda munosib shogirdlar ham tayyorladi, shogirdlari filologiya fanlari nomzodi, dotsent E.Jo’raev, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Q.Nazarov, professor Z.Zokirova, falsafa doktori (PhD) J.Egamberdiyevlardir. Bu ro’yxatni yana davom ettirish mumkin. Jumladan, xozirda kafedra o’qituvchilari N.Qodirova “Xushomad ma’nosini ifodalovchi turg’un so’z birikmalari va ularning lingvistik tahlili” va O.Azamov “Zoonim komponentli frazeologizmlar va ularning tarjima muammolari” mavzulari bo’yicha doktorlik dissertatsiyalari ustida ish olib bormoqdalar.
Prof. M.E. Umarxo’jaevning 2010 yilda “Umumiy tilshunoslik” va “Olmon tili leksikologiyasi va frazeologiyasi” nomli o’quv qo’llanmalari ham nashrdan chiqdi. Professor M.E. Umarxo’jaev tomonidan yaratilgan “Ming bor eshitgandan bir bor ko’rgan afzal” (2014) nomli nemischa-inglizcha-o’zbekcha tasvirli tematik lug’atdan Respublika miqyosida qo’llanib kelinmoqda. Katta o’qituvchi I. Jabborov bilan hammualliflikda tarjima qilingan “Gyote va islom” risolasi “Islom.uz” sayti tomonidan e’lon qilingan tanlovda ishtirok etib, g’oliblikni qo’lga kiritdi va munosib taqdirlandi. “Diniy atamalar izohli lug’ati” o’zbek lug’atshunosligida yangi sahifani ochib berdi.
Kafedrada 2017-2021 yillarga mo’llallangan quyidagi ustuvor ilmiy yo’nalishlar bo’yicha ilmiy va uslubiy ishlar olib boriladi:
- umumiy tilshunoslik
- tarjimashunoslik
- lug’atshunoslik.
Kafedra qoshidagi to’garaklar
Kafedrada “Yosh tarjimon” to’garagi faoliyat olib boradi. To’garakda talabalar og’zaki va yozma tarjima ko’nikmalarini rivojlantiradilar, nemis va o’zbek adiblari qalamiga mansub badiiy asarlardan tarjimalar qiladilar. To’garakka kafedra katta o’qituvchisi O.Azamov rahbarlik qilib kelmoqda.
Nemis tili va adabiyoti ta’lim yo’nalishida jami 148 nafar talabalar tahsil olishadi. Hozirda 1, 2, 3 va 4-bosqich talabalari orasidan 15 nafar iqtidorli talabalar kafedra professor-o’qituvchilariga biriktirilgan. Ular o’zlarining maqola va tezislari bilan Respublika va xalqaro ilmiy anjumanlarida faol ishtirok etib kelmoqdalar.
Grantlar va loyihalar
Professor M.E.Umarxo’jaev tomonidan ishlab chiqilgan “Tarjimashunoslik va lug’atshunoslik innovatsiya markazini tashkil etish asosida lug’at va matn tarjimoni intellektual platformasini yaratish” loyihasiga O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 6 mlrd so’m grant mablag’lari ajratildi. Loyiha 2020-2023 yillar davomida amlaga oshirilib, ushbu loyihadan ko’zlangan asosiy maqsad va vazifalar Respublikamiz oliy o’quv yurtlari, barcha turdagi ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalari uchun: xorijiy o’quv va ilmiy adabiyotlarni xorijiy tillardan o’zbek tiliga tarjima qilish va bu jarayonni avtomatlashtirish uchun elektron matn tarjimoni yaratish; soxa mutaxassislari va talabalar uchun zamonaviy fan-texnika taraqqiyoti aks ettirilgan soxaga ixtisoslashgan ikki va ko’p tillik turli tipdagi terminologik o’quv va tarjima elektron va bosma lug’atlar tuzish, ularni chop etish uchun nashriyot va bosmaxona ishini yo’lga qo’yish; jahondagi nufuzli ilmiy jurnallarda dolzarb mavzular yoritilgan maqolalar hamda rivojlangan xorijiy davlatlar ta’lim tizimiga joriy qilingan o’quv va ilmiy-texnik adabiyotlar axborot-taxlil monitoringi olib borish va “Tezkor ilmiy xabarnoma” byulleteni nashr etish va boshqalardan iborat.
Kafedraning halqaro hamkorlik faoliyati
Kafedraning ilmiy va o’quv sohalarida Respublikamizning yetakchi OTMlari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, O’zbekiston Jahon tillari universiteti, Farg’ona davlat universiteti, Xorijiy ta’lim muassaslari va ilmiy markazlaridan Germaniyaning Gyote Instituti, Germaniya Akademik Almashinuv Xizmati, Leyptsig universiteti, Bonn universiteti, Erfurt universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’ygan. SHuningdek yaqin vaqt ichida jahondagi yetakchi tarjimashunoslik markazlari «Xalqaro tarjimonlar uyushmasi (FIT)», «Yozma va og’zaki tarjimonlar institutlari doimiy xalqaro koferentsiyasi (CIUTI)», «Yozma va og’zaki tarjimonlar xalqaro assotsiatsiyasi (IAPTI)» va Germaniyaning Friedrich-Alexander- Universität Erlangen-Nürnberg, Universität Hildesheim, Frantsiyaning Universite de Lorraine lug’atshunoslik markazlari hamda lug’atshunoslikka ixtisoslashgan «DUDEN», «F.A.Vgoskhaus», «Oxford University Press», «Cambridge University Press» kabi yetakchi nashriyot uylari bilan maqsadli ilmiy-amaliy hamkorlik yo’lga qo’yish rejalashtirilgan.
FRANSUZ TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI
Kafedra mudiri. Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD).
Telefon: +998 91 487 67 00
E-pochta: raim-zafar@inbox.ru
5111400-Xorijiy tillar va adabiyoti (Fransuz tili va adabiyoti) boʻyicha malakali mutaxassislar tayyorlash sohasida faoliyat olib bormoqda. Kafedrada hozirda 14 nafar professor-oʻqituvchilar jamoasi, 34 ta fanlar majmuasi boʻyicha mutaxassislik sifatida 100 nafar, ikkinchi chet tili sifatida esa 1000 dan ziyod talaba yoshlarga taʼlim berib kelmoqda. Fanlarni oʻqitishda umumeʼtirof etilgan xalqaro meʼyorlarga koʻra, talabalarning fransuz tilini S1 darajada egallashlari uchun zaruriy bilimlarni integrallashgan tarzda oʻrgatish va muloqot malakalarini shakllantirishga alohida eʼtibor berilgan.
Kafedra faoliyatida ilmiy-tadqiqot ishlari muxim oʻrin tutadi. Ilmiy salohiyat darajasi soʻnggi ikki yilda 28% yetdi. 2019-yilgacha kafedrada ikki nafar filologiya fanlari nomzodi, dotsent faoliyat olib borgan boʻlsa, 2019-2020 oʻquv yillarda yana ikki nafar oʻqituvchi 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik mutaxassisligi boʻyicha falsafa doktori ilmiy darajasiga ega boʻldi.
Shuningdek, professor-oʻqituvchilarning barchasi ilmiy-tadqiqot ishlari mavzulari doirasida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Kafedrada 2 ta oʻquv qoʻllanma, 15 ta oʻquv-uslubiy qoʻllanma, respublika va xorijiy ilmiy jurnallarda 50 dan ziyod ilmiy maqolalar, ilmiy-amaliy anjumanlarda 300 dan ziyod tezislar nashr etilgan. 2017-2021-yillarga moʻljallangan “Zamonaviy tilshunoslikning dolzarb masalalari” nomli ilmiy ustuvor yoʻnalishi tasdiqlangan boʻlib, unda kafedrada ilmiy-tadqiqot sohasini rivojlantirishga doir istiqbolli rejalar oʻz aksini topgan.
“Fransuz tili amaliyoti”, “Fransuz adabiyoti”, “Frankofon teatr va qoʻshiqlar” kabi fan toʻgaraklarida iqtidorli talabalarga kafedraning yetuk professor-oʻqituvchilari oʻz bilim va tajribalarini oʻrtoqlashib kelmoqdalar, respublika va xalqaro miqyosda oʻtkazilayotgan turli madaniy tadbirlar, ilmiy-amaliy anjumanlar va Fan olimpiadalarida faol ishtirok etmoqdalar.
Xalqaro xamkorlik doirasida kafedrada juda koʻplab ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi, Fransuz pedagogik tadqiqotlar markazi, Toshkent fransuz Alyansi bilan mustaxkam aloqalar oʻrnatilgan. Kafedraning 10 nafar aʼzosi fransuz tilini oʻqitish va metodikalarni rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan Fransiya, Amerika va Yevropa davlatlarida stajirovka va malaka oshirib qaytgan. 2020-yilda 2 nafar oʻqituvchi (A. Normatov va Yo. Nasirdinova) Fransiya Respublikasida stajirovka oʻtash grantiga ega boʻldi. Shuningdek, 8 nafar oʻqituvchi Chet tillarini egallash boʻyicha ustama sertifikatiga, 4 nafar oʻqituvchi Xalqaro fransuz tilini bilish boʻyicha DELF V2 diplomiga ega.
FAKULTETLARARO CHET TILLAR (IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR) KAFEDRASI
Kafedra mudiri. Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD).
Telefon: +998 94 559 49 49
E-pochta: sheralis790@gmail.com
Andijon davlat univеrsitеtida faoliyat ko’rsatgan xorijiy tillar kafеdrasi 2010 yil tashkil etilgan bo’lib, hozirda unga filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori Sherali Shokirov rahbarlik qilmoqda.
Hozirgi kunda kafеdrada jami 43 nafar profеssor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqda. Ulardan 5 nafari filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent, 9 nafari katta o’qituvchi, 28 nafari o’qituvchilardir.
O’quv-uslubiy ishlar
Kafedra professor o’qituvchilari tomonidan ijtimoiy va gumanitar yo’nalish talabalariga Xorijiy tilar (ingliz, nemis, fransuz) va amaliy ingliz tili fanlaridan kunduzgi va sirtqi bo’limlarida dars mashg’ulotlari olib boriladi. Kafedra professor-o’qituvchilari xorijiy davlatlarning online malaka oshirish kurslarida muvaffaqiyatli qatnashib keladi. O’z bilim, malaka va ko’nikmalarini rivojlantirib, mahorat darslarini tashkil qiladi.
Ilmiy faoliyat
Andijon davlat univеrsitеti fakultеtlararo chеt tillar (ijtimoiy va gumanitar) kafеdrasining ilmiy faoliyatida kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan yillar davomida 2 ta darslik, 4 o’quv qo’llanma 2 ta monagrafiya 60 dan ortiq OAK ro’yxatiga kiritilgan ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalar, 30 dan ortiq yuqori impact factorga ega ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalar, shuningdek 100 dan ortiq xalqaro va respublika konferensiyalarida tezislar chop etilgan.
Kafedra o’qituvchilaridan 4 nafari 2019-2020 o’quv yillarida falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Xalqaro hamkorlik faoliyati
Kafedramiz bir necha xorijiy davlat Universitetlari bilan hamkorlik qilib keladi. Bular, Turkiya davlatidagi Bashkent Universiteti, Xojibayram Davlat Universiteti, Gaze Universiteti, Sheningdek, Amerika Qoshma Shtatlarining Oregan Davlat Universiteti bilan DPAP dasturi asosida hamkorlik aloqalar qilib kelinmoqda.
FAKULTETLARARO CHET TILLAR (ANIQ VA TABIIY FANLAR) KAFEDRASI
RUSTAMOVA DILRABOXON ABDURAHIMOVNA
Kafedra mudiri, dotsent. Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD).
Telefon: +998902103001
E-pochta:
FAKULTETLARARO CHET TILLAR (ANIQ VA TABIIY FANLAR) KAFEDRASINING YUTUQLARI HAQIDA QISQA MA`LUMOT
2019 yili Andijon davlat universiteti, chet tillar fakulteti, Fakultetlararo chet tillar kafedrasi tarkibi 2 ta kafedra Fakultetlararo chet tillar (ijtimoiy va gumanitar fanlar) kafedrasi va Fakultetlararo chet tillar (aniq va tabiiy fanlar) kafedralariga ajratildi. Yangi tuzilgan kafedrada 20 dan ortiq professor-o`qituvchilar faoliyat yurita boshladilar. Ushbu kafedra asosan matematika, fizika, informatika va axborot injiniringi, kimyo, biologiya, geografiya, oziq-ovqat texnologiyalari yo`nalishlari va qo`shma ta`lim yo`nalishlari talabalariga ingliz tilidan ta`lim berish faoliyati bilan shug`ullanadi. O`zbekiston Respublikasining yangi prezidenti Sh.M.Mirziyoyev e`tirof etgan STEM (Science, Technology, Engineering and Math) yo`nalishi bo`yicha yetuk kadrlarni tayyorlash va ta`lim berish asosida sifatli darslar o`tib boriladi. 2019 yili Andijon davlat universiteti, chet tillar fakulteti, Fakultetlararo chet tillar kafedrasiga f.f.f.d., dotsent Dilshodbek Rustamov kafedra mudiri etib tayinlandi.
2020 yil oktabr oyida D.A.Rustamovning fakultet dekani lavozimiga tayinlanishi munosabati bilan A.L.Mamatqulov kafedraning mudiri etib tayinlandi.
2021-yili kafedraga, shijoatli, yosh bo`lishiga qaramay ilmiy sohada katta yutuqlarga erishib kelayotgan f.f.f.d. Satimova Dilafruz Numonjonovna kafedra mudirasi etib tayinlandi. D.N.Satimova 2019-2020 yillarda erkin tadqiqotchi sifatida ilmiy faoliyatini olib bordi va f.f.d., prof.SH.Shaxobiddinova rahbarligi ostida “Ingliz va o`zbek yoshlar slengining qiyosiy tahlili” deb nomlangan filologiya fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini 2020 yil muvaffaqiyatli himoya qildi. Ilmiy faoliyati davomida OAK tasarrufidagi chet-el va respublika nufuzli ilmiy jurnallarida yigirmaga yaqin ilmiy maqola, shuningdek, ilmiy-amaliy anjumanlari materiallari to`plamlarida tezislari chop etilgan. Shuningdek, “Ingliz va o`zbek tillarida lisoniy substandartning turli diskurslardagi pragmatik, sotsiolingvistik va lingvokulturologik tahlili” deb nomlangan filologiya fanlari doktori (DSc) mavzusi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi byulletenining 2021 yil 3-sonida e`londan chiqdi.
Hozirda kafedrada 6 ta dotsent, 5 dan ortiq katta o`qituvchi, 25 ta o`qituvchi faoliyat olib boradi.
Joriy yilning 12 oktabrida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5117-son 19.05.2021 qaroriga muvofiq Xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan “APTIS for teachers” (C1 daraja) hamda “IELTS” (7) xalqaro sertifikatlari kafedraning 4 ta o`qituvchisi D.N.Satimova, B.R.Tolipova, R.R.Klebleyeva, Sh.N.G`ulomovalar tomonidan qo`lga kiritilgan.
Fakultetlararo chet tillar (aniq va tabiiy fanlar) kafedrasining 2019-2021 yillarida ilmiy faoliyat ko`rsatkichlari bo`yicha quyidagi ma`lumotlar mavjud: Xalqaro, impakt faktori bo`lgan jurnallarda nashr etilgan ilmiy maqolalar soni (34), Respublika ilmiy jurnallarda (OAK ro`yxatidagi) nashr etilgan maqolalar soni (36), Xalqaro konferensiya va seminarlarda, ilmiy yoki ta`lim loyihalarida (xorijiy qo`shma) ishtirok etganlar soni (60), nashr etilgan monografiyalar soni (4).
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI