Andijon Davlat
Universiteti
G‘ulomova Muslimaxon Ahmadillo qizi

Gulomova Muslima 2019-yil 4-sentabrdan boshlab Andijon davlat univeristetining Tarix fakulteti, Madaniyat va sanat muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish yonalishini 1-bosqichiga qabul qilingan. Muslimaxon oquv dargohida ozining tashabbuskorligi, jonkuyarligi, tirishqoqligi, ilmga chanqoqligi va serqirra faoliyati bilan tengdoshlaridan ajralib turadi. U oqish davomida nafaqat universitet, balki xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy, nazariy anjumanlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Iqtidorli talabamiz 20 tadan ortiq xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-nazariy anjumanlarda oz ilmiy maqolasi va tezislari bilan ishtirok etgan. Jumladan, 2021-yilda 26-yanvarda “Finding journals for publishing in Scopus and Science Direct” onlayn o‘quv seminarida qatnashib sertifikatga ega boʻlgan.

2021-yil 1-yanvarda “HP Life” onlayn vebinarida muvaffaqiyatli ishtirok etib huddi shunday sertifikatlardan biriga ega boʻlgan.

2022-yil 13-aprelda Andijon davlat universiteti “Zamonaviy uzluksiz ta’limni raqamlashtirish: Pedagogika sohasida zamonaviy rivojlanish tendentsiyalar va rivojlanish omillari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumanida ishtirok etdi.

2022-yil 21-may “EFSET” sertifikati C1 darajasiga ega.

2022-yil 24-may Andijon davlat universiteti “Farovon oila sari” shiori ostida o‘tkazilgan “Oila Muqaddas” mavzusida onlayn qizlar viktorinasida ishtirok etib, tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Niderlandiyaning “Intellectual Education Technological Solutions And Innovative digital Tools” onlayn konferensiyasida o‘z maqolasi bilan ishtirok etib sertifikatga ega bo‘lgan. Bundan tashqari Xalqaro va Respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarida oʻz maqolalari bilan ishtirok etib kelmoqda.

G‘ulomova Muslimaxon oʻzining ilmiy va oʻquv faoliyatidagi yutuqlari uchun 2022-2023-yil Navoiy nomidagi nomdor stipendiyasini qoʻlga kiritdi. Fuqarolik jamiyati nazariyasi kafedrasi katta oʻqituvchisi Sadoqat Hakimova bilan “Madaniyat va san’at sohasining hozirgi o‘rni va ahamyati” haqida ilmniy izlanishlar olib bormoqda.

2022-2023 o‘quv yillida 2022-yil 14-dekabrdagi 413-sonli buyrug‘iga muvofiq O‘zbekiston bakavlavriat uchun ta’sis etilgan Ulug‘bek nomli davlat stipendiyasi tanlovi sohibasi.

 


MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2023. Barcha huquqlar himoyalangan.