Andijon Davlat
Universiteti
TURG‘UNBOYEVA DILSHODA AZAMJON QIZI

Turg‘unboyeva Dilshoda Azamjon qizi o‘zining ilmiy ishlari hamda yetakchilik faoliyati bilan respublika va xalqaro miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy anjuman va forumlarda faol ishtirok etib kelmoqda.

MDX davlatlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Лучшие молодые ученые -2021” tanlovi g‘olibi bo‘lgan va I darajali diplom va oltin medal bilan taqdirlangan.

WUNDERKIND” intellektual rivojlantirish markazi tomonidan sertifikat bilan taqdirlangan. Mental arifmetika bo‘yicha trener maqomi berilgan.

Qirg‘iziston Respublikasida Xalqaro mental arifmetika assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan olimpiadada ishtirok etgan va I darajali diplom bilan taqdirlangan.

2021-yil 7-8-9-may kunlari O‘zbekistonda ilk bora tashkil etilgan Volontyorlar mentorlarini o‘qitish uchun tashkil etilgan o‘quv seminarida ishtirok etgan va O‘zbekiston volontyorlari mentori unvoni berilgan.

2020-2021-yil Yoshlar ishlari agentligi qoshida tashkil etilgan “Qizlar ovozi” klubining “Debat va intellektual loyihalar” yonalishi boyicha viloyat koordinatori etib tayinlangan.

Andijon viloyatida tashkil etilgan “Respublika lider qizlar festivali” ning “IT” (axborot texnologiyalari) yonalishi koordinatori sifatida ishtirok etgan va “Owners of the future” ilmiy amaliy anjumani koordinatori.

Xalqaro va respublika ilmiy amaliy jurnallarida 40 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan.

Xorazmda viloyatida otkazilgan “Isloxotda besh tashabbus” festivali ishtirokchisi. Ozbekiston va Afg’onistonda tashkil etilgan “International forum solidarity forum for Afghanistan and Uzbekistan youth” xalqaro forum ishtirokchisi.

Respublika Yosh olimlar Kengashi a’zosi. “Universe” erkin volontyorlik harakati a’zosi.

2022-yilda Andijon viloyati Texnoparki va Innovatsiya vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Biznes-inkubatori” start up loyihalar tanlovida jamoasi bilan birgalikda BookTrade loyihasi final bosqichiga o‘tgan.

Hozirda ilmiy rahbari bilan birgalikda “Tashqi mehnat migratsiyasining demografik jarayonlarga ta’siri” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda.


2022-2023-o‘quv yilida 2022-yil 14-dekabrdagi 413-sonli buyrug‘iga muvofiq O‘zbekiston bakavlavriat uchun ta’sis etilgan Ulug‘bek nomli davlat stipendiyasi tanlovi sohibasi.


MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.