2019-yilda Andijon davlat universiteti, Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti, Pedagogika va psixologiya yo‘nalishiga qabul qilingan. Ilmiy rahbari Yuridika fanlari doktori, professor T.T.Madumarov rahbarligida ilmiy-tadqiqot olib boryapti. 50 ga yaqin ilmiy xalqaro va respublika jurnallarida maqolalari chop etilgan. 3 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma muallifi. 1 ta monografiya muallifi 2 ta DGU guvohnoma muallifi.
2021-yilda “Yil Talabasi” Respublika tanlovining universitet bosqichida “Yilning eng faol tadbirkor talabasi” yo‘nalishida faxrli 3-o’rin sohibi bo‘ldi.
Andijon davlat universitetida 2021-yil tashkil etilgan “Targʻibot” guruhining “Psixolog va siz” klubi rahbari. Asosiy faoliyati psixologik treninglar oʻtish va insonlarga motivatorlik qilish. Oʻzining “Aforizmlar olami” kitobi chet elda nashr qilindi va online magazinlarga qoʻyildi. U hozirgi kunda badiiy asar yozish bilan band.
Universitetda oʻz faoliyatini namoyish etgan va oʻzi kutgan natijaga erishgan, 2019-yildan buyon “HAYOT PSIXOLOGIYASI” nomli psixologik kanalning admini va psixologi.
2020-yil sentyabr oyidan to 2023-yilgacha viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabida oʻz faoliyatini olib borgan va bolalar bilan ishlagan. Ish jarayonida ham hurmat va eʼtibor qozongan.
2022-2023-yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy уа o‘rta maxsus ta'lim vazirining 2022-yil 19-dekabrdagi 413-sonli buyrug‘iga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi bakalavriat uсhun ta'sis etilgan Navoiy nomli davlat stipendiyasi tanlovi sohibasi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI