Jamoatchilik ishlarida – yetakchilik, universitet Yoshlar ittifoqi yetakchisining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, universitet «Qizlarjon klubi» sog'lom turmush tarzini targ‘ib etish yo'nalishi koordinatori Pedagogika fakulteti faoli va matbuot kotibi.
Gulruxbonu Zulunova Pedagogika fakulteti boshlang‘ich ta‘lim yo‘nalishida tahsil olib, ilmiy rahbari p.f.d. professor Ziyodaxon Azimova rahbarligida “Ta’lim nazariyasi. Axloq” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot olib boryapti.
Ilmiy-tadqiqot iznalishlari natijasida mavzu doirasida shu kunga qadar 20 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar xalqaro, respublika ilmiy jurnallari, ilmiy-amaliy konferensiya to‘plamlarida chop etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid quyidagi nomdagi «Воспитание дисциплинированности как нравственного отношения к человеку», «Umumiy o‘rta ta‘lim sharoitida pedagogik madaniyatni shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari», «Pedagogik texnologiyalar fanidan elektron darslik» DGU uchun patentlari hammuallifi sanaladi.
Jumladan:
«Miasto przyszłości journal» Impact factor 9.2 xalqaro jurnalida - «Основы духовно-нравственного воспитания младших школьников» nomli maqolasi chop etilgan. «Science and innovation international scientific journal» Impact factor 8.2 xalqaro jurnalida – «Communication between a teacher and pupils as an exchange of spiritual values», «Psychological and pedagogical factors and conditions of classroom management effectiveness», hamda «Improving the effectiveness of teaching methods in the practice of pedagogical skills of teachers and as a result» nomli maqolalari chop etilgan va barcha sertifikatlari bilan taqdirlangan. «International journal of advanced research in management and social sciences» Impact factor 7.6 xalqaro jurnalida – «Excessive use of gadgets by children in elementary grades. Implementation of a solution to the problem with the help of additional activities and rules» nomli maqolasi chop etilgan.
«International conference on developments in Educationhosted from toronto, Сanada» xalqaro onlayn konferentsiyasida – «Специфика используемых теорией воспитания методов познания» nomli tezisi bilan faol ishtirok etgan. “3rd International conference on advance research in humanities, applied Sciences and Education” xalqaro onlayn konferesiyasida – “Madaniy sayohatlar orqali kichik yoshdagi maktab o'quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” nomli tezisi bilan faol ishtirok etgan va sertifikat bilan taqdirlangan.
Gulruxbonu universitet va viloyat miqyosida tashkil etilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, festival, forum va ko‘rik-tanlovlarda, jumladan, “Orasta qizlar”, ko’rik tanlovida faxrli 1-o‘rinni egallaganligi uchun diplom bilan taqdirlangan.
“Yoshlar forumi – 2021”, “Qonun va yoshlar forumi», hamda “Andijon festivali – 2021” va boshqa olib borgan faoliyatlari uchun sertifikat va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan.
2021-yil yanvar oyidan – unversitet Axborot xizmatida faoliyat olib borgan.
Andijon teleradiokompaniyasida ustoz-shogird shartnomasi asosida boshlovchi bo‘lib ishlagan.
“Yil talabasi-2021” Respublika tanlovining Andijon davlat universitetida o‘tkazilgan universitet bosqichi “Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi” nominatsiyasi 2-o‘rin sohibi.
BMT “Yoshlar ovozi” loyhasida faol ishtirok etganligi uchun sertifikat bilan taqdirlangan.
Gulruxbonu Zulunova Kompyuter grafikasida, HTML, WEB Dizayn, Adobe Photoshop, Adobe Premier Pro, Microsoft office (Word, Excel, Power, Point) dasturlarida mustaqil ishlash malaka va tajribasiga ega. Andijon viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga doir muhim voqeliklarni O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon viloyati kengashi, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi va boshqa viloyat tashkilotlari tomonidan o‘tkazib kelinayotgan tadbirlarni o‘tkazishda faollik ko‘rsatadi. U ingliz va rus tillarida erkin so‘zlasha oladi. Jurnalistikada muntazam faoliyat olib boradi. Bundan tashqari universitet hayotida bo’ladigan yangiliklar va o‘tkaziladigan tadbirlarni universitet ijtimoiy tarmoqlarida rus tilida yoritib beradi.
2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Oliy vа o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 19-dekabrdagi 413-sonli buyrug‘iga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi bakalavriat uсhun ta‘sis etilgan “Navoiy” nomli davlat stipendiyasi tanlovi sohibasi bo‘ldi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI