Nodirabegim Sobirjonova Andijon davlat universiteti Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi yo‘nalishida tahsil olib, ilmiy rahbari filologiya fanlari doktori, professor Shahabitdinova Shoxidaxon Xoshimovna bilan birgalikda zamonaviy pedagogikaning dolzarb, biroq kam o‘rganilgan sohasi pedagogik psixologiya tadqiqi yo‘nalishi bo‘yicha “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mas’uliyat hissini shakllantirish va ularni o‘rganish masalalari” mavzusi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda va mavzu kesimida maktablarda amaliy izlanmoqda. Hozirgi kunda 30 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar 2 ta patentlar (EXM va ma’lumotlar bazasi uchun) 4 ta qo‘llanmaning muallifi hisoblanadi. U tomonidan tuzilgan “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qitishda interfaol usullardan foydalanish (o‘yinlar misolida)” va “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qitishda pedagogik texnologiyalari” o‘quv qo‘llanmasi Respublikamiz maktablari bo‘ylab foydalanib kelinmoqda. Undan tashqari “Home Sweet Home” va “English for Careers Tourism” nomli o‘quv qo‘llanmasi shahar va barcha tuman maktablarida, o‘quv markazlarida xorijiy tilga qiziquvchi o‘quvchilarning bilimini yanada takomillashtirish uchun manbaa sifatida qo‘llanilib kelinmoqda.
Ilmiy mavzu bo‘yicha O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy - ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharriyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” nomli eshittirishlarda aprel - may oylarida chiqishlar qildi.
Shuningdek, № IL - 402104213 “O‘zbek tilida electron lingvistik ensiklopedik lug‘at ishlab chiqish” innovatsion loyihasida faol ishtirok etib kelmoqda.
2020-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi “Nilufar –Elit Inter Education” o‘quv markazida 3 oylik “Uy hamshirasi” kursini imtiyozli diplom bilan muvaffaqqiyatli tamomlagan.
2020-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Sport rivojlantirish vazirligi Andijon viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi 21 –mart “Navro‘z umumxalq bayramida o‘tkazilgan “Milliy va xalq o’yinlari” musobaqasida ishtirok etib 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi va qimmatbaho sovg’alar hamda tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
2021-o‘quv yilida O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi tomonidan o‘tkazilayotgan ma’naviy - ma’rifiy tadbirlar va adabiy anjumanlarda faol ishtiroki hamda yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi, qimmatbaho sovg’alar va faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
2021-o‘quv yilida Andijon davlat universiteti Pedagogika fakultetida o‘tkazilgan “Bolalar adabiyotiga sayohat” nomli nominatsiyada faol ishtirok etgan.
2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish Agentligi hamda Andijon davlat universiteti hamkorligida o‘tkazilgan talabalar o‘rtasidagi “The best of the best” ko’rik tanlovida ishtirok etdi va 1- o‘rin sohibi bo‘ldi.
2022-o‘quv yilida Andijon shahar 8- umumta’lim maktabida pedagogik amaliyotni o‘tab maktab jamoat ishlarida faol ishtiroki va ommaviy tadbirlarda qatnashganligi uchun maktab ma’muriyati tomonidan sovg’alar va tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
2022-o‘quv yilida Andjon davlat universitetida “8-mart Xalqaro xotin-qizlar” kuni munosabati bilan o‘tkazilgan “Qizlar davrasi” ko‘rik tanlovi nominatsiyasi hamda “Orasta qizlar” ko‘rik tanlovi nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.
2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Oliy vа o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 19-dekabrdagi 413-sonli buyrug‘iga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi bakalavriat uсhun ta‘sis etilgan “Navoiy” nomli davlat stipendiyasi tanlovi sohibasi bo‘ldi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI