Andijon Davlat
Universiteti
Raxmonkulova Nargizaxon Baxromjon qizi

 

Raxmonkulova Nargiza fizika talim yonalishidanNanotexnalogiyalar va yarim otkazgichlar fizikasisohasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Ilmiy izlanishlari mobaynida 12 ta patent (foydali model va ixtirolar), 40 ga yaqin ilmiy maqolalari chet el mamlakatlari va respublikamizning ilmiy jurnallarida, 5 dan ortiq tezislari xalqaro va respublika miqyosida ilmiy-amaliy anjuman to‘plamlarida chop etilgan. Fizika-matematika fanlari nomzodi, fizika kafedrasi katta o‘qituvchisi Ermatov Shukrullo Abdulfayzevich raxbarligida “NanoXplorer programmasidan foydalanib nanotuzilmalar modellarini yaratish” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

2020-yil Qarshi davlat universiteti "Zamonaviy boshlang‘ich va pedagogik ta’lim: nazariy va amaliy innovatsion tadqiqotlar" respublika ilmiy-amaliy ajumanida ishtirok etgan va “O‘quv jarayonlarini tashkil etishda axborot kommunikatsiya vositalaridan foydalanish” nomli ilmiy maqolasi uchun sertifikat bilan taqdirlangan.

2020-yil Buxoro Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Ladies academy” respublika onlayn o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlaganligi uchun sertifikat bilan taqdirlangan.

2021-yil “Wunderkind” o‘quv markazida mental arifmetika bo‘yicha o‘quv kursini tamomlaganligi uchun trenerlik maqomini olgan va sertifikat bilan taqdirlangan.

2021-yil “Owners of the future” nomli republika onlayn konferensiyasida “Eng faol ishtirokchi” nominatsiyasida g‘olib bo‘lganligi uchun diplom bilan taqdirlangan.

2021-yil O‘zbekiston olimlari va yoshlarining innovatsion ilmiy-amaliy tadqiqotlari mavzusidagi respublika 29-ko‘p tarmoqli ilmiy konferensiyasida faol ishtiroki uchun va “Talim jarayonida animatsiya va simulyatsiya muqobil o‘qitish usullaridan foydalanish” nomli ilmiy maqolasi uchun sertifikat bilan taqdirlangan.

2021-yil Andijon davlat universitetida o‘tkazilgan “Yil talabasi” respublika tanlovining universitet bosqichida “Yilning o‘z yo‘nalishi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasida ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni egallaganligi uchun Andijon davlat universiteti rektorining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan.

2021-yil Rossiyaning “Ekonomika” xalqaro jurnalida “Voltengofen mayatnigi: aylanma to‘kni namoyish etish” nomli ilmiy maqolasi chop etilib sertifikat bilan taqdirlangan.

2021-yil Rossiyaning “Studencheskiy vestnik” (Talabalar bluteni) xalqaro jurnalida “Talim tizimini aniq fanlar misolida rivojlantirish masalalari” nomli maqolasi chop etilgan va sertifikat bilan taqdirlangan.

2021-yil O‘zbekistonda ilk bor tashkil qilingan “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” loyihasining xududiy bosqichlarida munosib ishtirok etib, respublika bosqichida g‘olib bo‘lganligi uchun diplom va sertifikat bilan taqdirlangan.

2021-yil Afg‘oniston va O‘zbekiston yoshlari uchun tashkil qilingan “Solidarity forum for Afghanistan and Uzbekistan youth” xalqaro onlayn forumdagi ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlangan.

2021-yil Xorazmda o‘tkazilgan “Islohotda 5 tashabbus” nomli respublika festivalida faol ishtirok uchun sertifikat bilan taqdirlangan.

2021-yil “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” tanlovi doirasida tashkil qilingan akseleratsiya dasturida ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlangan.

2022-yil Respublika miqyosida tashkil qilingan “Xududning 100 nafar ixtirochi ayoli” haftaligida faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlangan.

Jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va ilmiy hayotida faol. Respublika “Qizlar ovozi” klubining Andijon viloyatida 2021-2022-yillarda Kasb-hunarga tayyorlash va Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, ijtimoiy himoya yo‘nalishlari koordinatori bo’lgan.

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 19-dekabrdagi 413-sonli buyrug’iga muvofiq O’zbekiston Respublikasi bakalavriati uchun ta’sis etilgan Ulug’bek nomli davlat stipendiyasi 2022-2023-o’quv yili tanlovi sohibi

 

 


MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.