Andijon Davlat
Universiteti
Mamajonova Mushtariy Bahodirjon qizi

 

Mushtariy Mamajonova 2019-yili Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi yo‘nalishiga shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingan.

Hozirgi kunda “Barkamol avlod” NTM da boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi sifatida faoliyat olib bormoqda.

Mushtariy Mamajonova Boshlang‘ich ta'lim metodikasi kafedrasi mudiri filologiya fanlari nomzodi Nurmanova Dilfuza Abduhamidovna ilmiy rahbarligida Boshlang‘ich sinflar uchun “O‘quv dasturlar” yaratish va ulardan foydalangan holda ona tili darslarini o‘qitish metodikasi” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

2022-yil O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intelektual mulk agentligi tomonidan berilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid “Развивайка”, dasturi ( DGU) 15588 raqamli guvohnomaga ega bo‘lgan,

2022-yil O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi tomonidan “Matnni kommunikativ-pragmatik tahlil qiluvchi kompyuter dasturi” DGU 17263 raqamli guvohnomaga ega bo‘lgan hamda “English dictionary of computer terms abbreviation” o‘quv qo‘llanma muallifi.

Mushtariy Mamajonova iqtidorli talaba sifatida xalqaro miqiyosidagi ilmiy-nazariy jurnallar hamda anjumanlarda o‘z ilmiy maqolasi bilan ishtirok etib kelmoqda. Mushtariy Mamajonova 2020-yil 26-iyun oyida “O‘zbekiston milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan vebsayt va multimedia mahsulotlari to‘plamini yaratish” mavzusida o‘tkazilgan loyihada “ San’at va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo‘lidagi ilk odimlar” 1-Xalqaro talabalar ilmiy – amaliy (onlayn) konferensiyasida “ENG YAXSHU ILMIY ASOSLANGAN MAQOLA” naminatsiyasi bo‘yicha I darajali diplom bilan taqdirlandi.

2020-yil 28-fevralda Moskva shahrida o‘tkazilgan “ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНОЕ НАСЛЕДИЕ ЗАХИРИДДИН МУХАММАД БАБУРА И СОВРЕМЕННОСТЬ” mavzusida o‘tkazilgan Xalqaro (onlayn) konferensiyasida ishtrok etgani uchun serifikat bilan taqdirlandi.

2022-yil 15-yanvar oyida Andijon davlat universiteti Pedagogik mahorat fanidan o‘tkazilgan onlayn olimpiadasida I darajali diplom bilan taqdirlangan Respublika va universitet miqiyosidagi tanlovlarni o‘tkazishda yordam berganligi uchun ko‘plab tashakkurnomalar bilan taqdirlangan.

2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 19-dekabrdagi 413-sonli buyrug‘iga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi bakalavriatlik uchun ta’sis etilgan Navoiy nomli davlat stipendiyasi tanlovi sohibasi.

 


MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.