Shukrullo Foziljonov Biologiya ta’lim yo‘nalishida tahsil olib, ilmiy rahbari B.f.n. dotsent Ro‘zmatov Ergashali Yuldashevich bilan birgalikda Farg‘ona vodiysi kamyob va endemik o‘simlik turlari sonining barqarorligini ta’minlash mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
Hozirgi kunda 30 dan ortiq xalqaro ilmiy maqola va tezislar muallifi.
30 dan ziyod patentlar (EXM va ma’lumotlar bazasi uchun) muallifi.
5 ta qo‘llanmaning muallifi hisoblanadi.
U tomonidan tuzilgan “Farg‘ona vodiysi kamyob o‘simlik turlari atlas lug‘ati” butun Respublikamiz bo‘ylab foydalanib kelinmoqda.
Undan tashqari Sodiqov nomidagi biokimyo instituti olimlari bilan birgalikda O‘zbekistonning Shimoli-sharqiy qismida o‘suvchi Siliybum Marianum o‘simligi flovolignanlarining to‘liq tarkibini o‘rgangan.
Hozirgi kunda xalqaro ilmiy bazalarda yuqori reyting natijalarga ega (Research Interest Score (Researchgate): 120,1; Google scholar h-index: 4 hisoblanadi.
2019-2020-o‘quv yili davomida Andijon davlat universitetida o‘tkazilgan biologiya fan olimpiadasi g‘olibi bo‘lgan.
2020-2021-o‘quv yilida Respublika miqyosida o‘tkazilgan Respublika olimpiadasining kimyo fani bo‘yicha ishtirokchisi va 4 o‘rin sohibi bo‘lgan.
2020-yili Andijonda o‘tkazilgan Innovatsion g‘oyalar ko‘rgazmasi: Agroexpo-2020-ishtirokchisi (Dorivor o‘simliklarni saqlash va yetishtirish texnologiyasi, tuproqdagi zararli organizmlarga qarshi zararsiz kurashishning biokimyoviy usuli).
2020-yil “Yil talabasi-2020” Respublika tanlovining Andijon davlat universitetida o‘tkazilgan universitet bosqichi “Yilning o‘z mutaxasissligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi 3-o‘rin sohibi.
2020-yil 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan Huquq bilimdonlari tanlovida Tabiiy fanlar jamoasi bilan ishtirok etib 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
2020-yilning dekabr oyida Rossiyada o‘tkazilgan “Студент года-2020” online tanlovida Biologiya yo‘nalishi g‘olibi (Bir tur yo‘qolib ketishining ikkinchi turga ta’siri, biologik kambag‘allashuvning davriy tahlili).
2020-2021-yillar davomida o‘tkazilgan 20 dan ziyod ilmiy konferensiyalar ishtirokchisi.
2020-yil “Yosh avlodga o‘rnak bo’lib kelayotgan olim” nomli professor I.R.Asqarov ilmiy faoliyatiga bag‘ishlab o‘tkazilgan Kimyo fani olimpiadasi tashkilotchisi.
2020-yil “Yil talabasi – 2020” tanlovining Andijon davlat universiteti bosqichida “Yilning o‘z mutaxasissligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasida 3-o‘rin sohibi bo‘ldi.
2021-yil yoshlar oyligi doirasida o‘tkazilgan “Eng yaxshi masofaviy ta’lim bilimdoni” tanlovi 3-o‘rin sohibi bo‘ldi.
2021-yil My edu assist ilmiy haftaligi doirasida o’tkazilgan: “Identifying predator journals”, “Scopus bazasidagi jurnalda maqola nashr etishning ahamiyati”, “Scopus darajasida sifatli ilmiy maqola yozish” nomli vebinarlar spikeri.
2021-yil Mfaktor, Oliygoh uz va EduOn tomonidan tashkil etilgan EduOn granti g‘olibi bo‘ldi.
2021-yil “Yil talabasi – 2021” tanlovining Andijon davlat universiteti bosqichida “Yilning o‘z mutaxasissligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasida 1-o‘rin sohibi bo‘ldi.
2022-yil Respublika miqyosida o‘tkazilgan “Mirzo Ulug’bek vorislari” ilmiy-innovatsion loyihalar tanlovida “Biofotovoltaiklarning ishlash mexanizmini modellashtirish” nomli loyihasi bilan ishtirok etib g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.
2022-yil O‘tkazilgan “Eng yaxshi innovatsion g’oya muallifi” tanlovi 1-o‘rin g‘olibi.
2022-yil 1-fevraldagi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasi bakalavriat uсhun ta'sis etilgan Ulug‘bek nomli Davlat stipendiyasi 2021-2022-o‘quv yili tanlovi sohibi.
2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Oliy уа o‘rta maxsus ta'lim vazirining 2022-yil 19-dekabrdagi 413-sonli buyrug‘iga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi bakalavriat uсhun ta'sis etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi tanlovi sohibi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI