Ta’lim yo‘nalishining tilshunoslik sohasida tahsil olib, ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Jamoatchilik ishlarida yetakchi, fakultet faoli. O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi a’zosi. Kafedra qoshida tashkil etilgan “Yosh lingvist” ilmiy toʼgaragini faol aʼzosi sifatida filologiya fanlari nomzodi, dotsent Zakirova Hafiza Razzaqovna rahbarligida tilshunoslikning yangi antroposentrik sohalarini o‘rganib “Lingvokulturologiya va kognitiv tilshunoslik - zamonaviy tilshunoslik yo‘nalishlari”, “Professional nutqiy janrlar” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Ana shu izlanishlari natijasida hozirda 12 ta xalqaro va 11 ta Respublika miqyosidagi ilmiy-nazariy jurnallar hamda anjumanlarda o‘z ilmiy maqolalari va tezislari bilan ishtirok etdi. “Filologiya sohasida faol qo‘llanuvchi terminlarning izohli lug‘ati” DGU 15201, “Matnni kommunikativ-pragmatik tahlil qiluvchi kompyuter dasturi” DGU 17263 muallifi.
Andijon davlat universiteti tomonidan o‘tkazilgan “Bayrog‘im- iftixorim”, “Ma’rifat maydoni”, “Milliy qadriyatlar – millat iftixori” nomli va A.Navoiy, Z.M.Bobur hamda M.Ogahiyga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etganligi uchun Andijon davlat universiteti rektori tomonidan faxriy yorliqlar va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan.
Maktab va litsey davrlaridan boshlab ilmga chanqoq va faolligi sababli Andijon shahar 11-umumta’lim maktabini hamda Andijon davlat universiteti qoshidagi 4-son akademik litseyini qizil shahodatnomalar bilan bitirgan.
2020-yil dekabr oyida Rossiyaning «ОБРАЗОВАНИЕ И НАУКА В XXI ВЕКЕ». (Выпуск №9 (том 2)) nomli jurnalida maqolasi chop etilgan.
2021-yili 28-yanvar Andijon davlat universiteti “Tilshunoslikdagi zamonaviy yo‘nalishlar: muammo va yechimlar” xalqaro konferensiyasida o‘z maqolasi bilan ishtirok etib sertifikatni qo‘lga kiritgan.
2021-yili “Nutq ma’daniyati va o`zbek tilshunosligining dolzarb masalalari” xalqaro onlayn konferensiyasida o‘z maqolasi bilan ishtirok etib sertifikatni qo‘lga kiritgan.
2021-yil Mfaktor, Oliygoh.uz va EduOn tomonidan tashkil etilgan EduOn granti ishtirokchisi.
2022-yil mart oyida Rossiyaning «ОБРАЗОВАНИЕ И НАУКА В XXI ВЕКЕ». (Выпуск №24 (том 3)) nomli jurnalida maqolasi chop etilgan.
2022-yili xalqaro “Science and innovation” ilmiy jurnalida maqolasi chop etilgan.
2022-yili xalqaro "PEDAGOGS" International research journalida maqolasi chop etilgan.
2022-yil Belarussiyaning “INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH CONFERENCE” (Vol.1 No5) xalqaro konferensiyasida o‘z maqolasi bilan ishtirok etib sertifikatni qo‘lga kiritgan.
2022-yil 12-iyun Rossiyaning “МЕЖДУРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК” nomli xalqaro ilmiy konferensiyasida o‘z maqolasi bilan ishtirok etib sertifikatni qo‘lga kiritgan.
2022-yil Italiyaning “Formation of psychology and pedagogy as interdisciplinary sciences” xalqaro konferensiyasida o‘z maqolasi bilan ishtirok etib sertifikatni qo‘lga kiritgan.
2022-yilda Respublika ilmiy-uslubiy jurnali “Talqin va tadqiqotlar”da maqolasi chop etilgan.
2022-yil 26-fevral Andijon davlat universiteti “Tilshunoslikdagi zamonaviy yo‘nalishlar: muammo va yechimlar” xalqaro ilmiy-amaliy onlayn-konferensiyada o‘z maqolasi bilan ishtirok etgan.
2022-yil Italiyaning “Formation of psychology and pedagogy as interdisciplinary sciences” Italy international scientific-online konferensiyasida o‘z maqolasi bilan ishtirok etgan.
Shuningdek, 2022-yil xalqaro "International Conference on learning and teaching 2022/9", Niderlandiyaning “Intellectual education technological solutions and innovative digital tools” xalqaro online konferensiyasida, Turkiyaning “Internatiol Conference on Developments in education” nomli xalqaro online konferensiyasida hamda Respublika miqyosida o‘tkizilgan “Zamonaviy ta’limda raqamli texnologiyalar: Filologiya va pedagogika sohasida zamonaviy tendensiyalar va rivojlanish omillari” nomli xalqaro ilmiy-amaliy masofaviy anjumanda (Toshkent 1 may 2022), “Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: nazariya va amaliyot” nomli Respublika ilmiy-amaliy, onlayn konferensiyasida (June 17,2022), “Ilm-fan taraqqiyotida zamonaviy metodlarning qo`llanilishi” respublika ilmiy onlayn konferensiyasida, “O‘zbekistonda ilmiy tadqiqotlar: davriy anjumanlar” nomli Respublika mahalliy konferensiyasida, “Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya: nazariy va amaliy izlanishlar” Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida o‘z maqola va tezislari bilan ishtirok etib, sertifikatlar bilan taqdirlangan.
Hozirda ta’lim yo‘nalishining tilshunoslikning zamonaviy sohalari – kognitiv tilshunoslik va lingvokulturologiya bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borib, ushbu sohaga doir “Muhammad Yusuf she’riyatida somatik kodlarning qo`llanilishi”, “Lingvomadaniyatshunoslikda lakuna hodisasi”, “Zamonaviy tilshunoslikda lakuna hodisasiga doir qarashlar”, “Alisher Navoiy lirikasida “dehqon” konseptining qo‘llanilishi”, “Tilning paremiologik fondi lingvomadaniy birlik sifatida”, “Kognitiv tilshunoslik”, “Tarjimaning lingvomadaniy masalari xususida”, “Tillararo lakunarlik va uning turlari”, “Noverbal vositalarning lingvomadaniy xususiyatlari”, “Antroponimlar lingvomadaniy kod sifatida” va hok., tilshunoslikning boshqa yo‘nalishlariga hamda adabiyotga oid ilmiy, adabiy-tanqidiy maqola va tezislar muallifi.
2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Oliy уа o‘rta maxsus ta'lim vazirining 2022-yil 19-dekabrdagi 413-sonli buyrug‘iga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi bakalavriat uсhun ta’sis etilgan O‘zbekiston Respublikasi Navoiy nomli davlat stipendiyasi tanlovi sohibasi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI