2017-yil “HARBIY SPORT TURNIRI”da faxrli I o‘rinni egallab, “HARBIY SPORTCHI” ko‘krak nishoni va I darajali diplom bilan taqdirlangan.
2018-yil harbiy qism komandirining muddatli harbiy xizmatchilarini oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish TAVSIYANOMAsiga ega bo‘lgan.
2018-yil muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan harbiylarning tadbirkorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qarordan unumli foydalanib, “AKHRORBEK AGRO GROUP” xususiy firma hamda “MUSLIMAXON FAYZLI KO‘RKI” fermer xo‘jaliklariga asos solgan.
2019-yil Andijon davlat universiteti Tarix fakultetiga davlat granti asosida qabul qilindi. Hozirda ushbu oliy ta’lim muassasasi III kurs talabasi, Andijon davlat universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish talaba-yoshlar klubi faol a’zosi.
2022-yil Respublika “IJODKOR O‘QITUVCHI JURNALI”da ketma-ket ikki maqola :Pedagogical conditions for the formation of creative competence in the process of student education, Ta’lim tizimida yangi pedogogik texnologiya mavzusida maqolalari uchun sertifikat bilan taqdirlandi.
Aynan “Ta’lim tizimida yangi pedagogik texnologiya” mavzusidagi maqolasi MDH davlatlari o‘rtasida tashkil etilgan “ENG YAXSHI ILMIY TADQIQOTCHI” tanlovida e’tirof etilib, esdalik ko‘krak nishoni hamda sertifikat bilan taqdirlangan.
2022-yil “ZAMONAVIY TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G‘OYALAR, TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” mavzusidagi 29-sonli Respublika ilmiy-amaliy online konferensiyasida ketma-ket uch maqolasi: Professional ta’lim tizimida yangi islohotlar, Talabalarni kasbga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning samarali usullari, “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” konsepsiyasi va uning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni mavzularidagi maqolalari bilan qatnashgan hamda diplom va sertifikat bilan taqdirlangan.
2022-yil Rossiya Federatsiyasi tomonidan tashkillashtirilgan “ОБРАЗОВАНИЕ И НАУКА В XXI ВЕКЕ” xalqaro Ilmiy-elektron jurnalida “Biz buyuk, tarixiy yurt farzandlarimiz, yangi tarixni birgalikda yaratamiz” nomli maqolasi chop etildi va sertifikat bilan taqdirlandi.
2022-yil Xalqaro nufuzi baland bo‘lgan jurnallardan biri “ASIAN JOURNAL OF RESEARCH IN SOCIAL SCIENCES AND HUMANITES” junalida “SYSTEM OF GOVERNACE OF THE KARAKHANID STATE ANDITS ESSENCE” nomli xalqaro maqolasi nashr etilib, xalqaro tan olinuvchi sertifikat bilan taqdirlandi.
2022-yil “YOSH TADQIQOTCHI” ilmiy jurnalida “Podsho Rossiyasi tomonidan Andijonning egallanishi” mavzusida maqolasi chop etilib sertifikat bilan taqdirlandi.
2022-yil Andijon davlat universiteti tomonidan tashkil etilgan “YANGI O‘ZBEKISTON TARQQIYOT STRATEGIYASI BO’YICHA VIKTORINA” qatnashib, faxrli I o‘rinni qo‘lga kiritib, rektor tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va I darajali diplom bilan taqdirlandi.
2022-yil REGISTAN LC, OLIY TA’LIM VAZIRLIGI hamda OLIYGOH.UZ tomonidan tashkillashtirilgan REGISTON STIPENDIYASI tanlovda munosib ishtirok etgan va sertifikat bilan taqdirlandi.
2022-yil OLIYGOH.UZ VA I BOOK tomonidan tashkillashtirilgan I BOOK STIPENDIYASI tanlovida ishtiroki uchun taqdirlandi va sertifikatga ega bo‘ldi.
2022-yil Best Publication ilmiy tadqiqotlar markazining tegishli buyrug‘iga asosan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi miqyosida tashkil etilgan “Tashabbuskor islohotchi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.
2
023-yil “Scientific Academy” ilm ma’rifat markazining tegishli buyrug‘iga asosan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi miqyosida tashkil etilgan “Ta’lim sohasidagi xizmatlari uchun” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.
2022-yil Innovatsion Rivojlanish Vazirligi tomonidan e’lon qilingan “INNOVATSION INFROTUZILMALAR MIQYOSIDA START UP LOYIHALARI” tanloviga Andijon viloyati tabiiy sharoitida dorivor aloe (aloe vera) ni innovatsion resurstejovchi texnologiyalar asosida yetishtirish, farmasevtika va parfumeriya sanoati korxonalarini xomashyo bilan ta’minlash mavzusida start up loyihamizni taqdim etib, grant sohibi bo‘ldi. Hozirgi kunda ilmiy rahbari bilan o‘z mutaxasisligi bo‘yicha Podsho Rossiyasi tomonidan O‘rta Osiyo xonliklarning bosib olinishi va uning aholi etning madaniyatiga ta’siri mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 19-dekabrdagi 413-sonli buyrug‘iga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi baklavriatlik uchun ta’sis etilgan Navoiy nomli davlat stipendiyasi tanlovi sohibi bo‘ldi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI