Andijon Davlat
Universiteti
TOʻXTASINOVA NAIMAXON RAXMONJON QIZI

Qozog‘iston Respublikasining “Дуние таланттары” (Jahon iste'dodlari uyushmasi) faxriy a'zosi va “УЗДИК ТАЛАНТ” (“MOHIR ISTE’DOD EGASI”) nomli medal sohibasi, O‘zbekiston Respublikasi talabalari uchun ta’sis e’tilgan Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori.

Ta’lim yo‘nalishining tilshunoslik sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. 6 ta patent (EHM va ma’lumotlar bazasi uchun), 15 dan ortiq ilmiy maqolalari chet el va mamlakatimizdagi ilmiy jurnallarda, 20 dan ortiq tezislari xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman to‘plamlarida chop etilgan.

Bundan tashqari Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalari chop etish uchun tavsiya etilgan ilmiy jurnallarda maqolalari e’lon qilingan. Hozirda O‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti Usmonjon Ergashevich Rahimov rahbarligida  ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

2020 yil oktabr oyida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan internetda yoritilgan ilmiy-ma’rifiy maqolalar tanlovida 2-o‘rinni egallab, II darajali diplom bilan taqdirlangan.


Navoiy davlat pedagogika instituti tomonidan o‘tkazilgan “Men tavsiya etadigan kitob” nomli onlayn tanlovda faol ishtirok etganligi uchun Navoiy davlat pedagogika instituti rektori tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlangan.

2020 yil Qozog‘iston Respublikasining “Дуние таланттары” (Jahon iste'dodlari uyushmasi) ning a’zolik guvohnomasiga ega bo‘lgan.

2021 yil Mfaktor, Oliygoh.uz va EduOn tomonidan tashkil etilgan EduOn granti ishtirokchisi.

2021 yil O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi tomonidan “Kompyuter lingvistikasi mobil dasturi” nomli dasturiy majmua uchun №DGU 11036 raqamli guvohnomaga ega bo‘lgan.

2019-2021 yillar davomida o’tkazilgan 20 dan ziyod ilmiy konferensiyalar ishtirokchisi.

2021 yil O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi tomonidan “O‘zbek adabiyotida foydalaniladigan so‘zlar va terminlarning inglizcha-ruscha-o‘zbekcha lug‘ati” nomli dasturi  uchun №DGU 11326 raqamli guvohnomaga ega bo‘lgan.

2021 yil O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi tomonidan “Grammatikaga doir ma’lumotlar asosida ingliz tilini rivojlantirish va umumiy leksik ko‘nikmalarni oshirishga mo‘ljallangan kompyuter o‘quv o‘yini” dasturi uchun №DGU 11811 raqamli guvohnomaga ega bo‘lgan.

Respublika va universitet miqyosida tanlovlarni o‘tkazishda yordam berganligi uchun ko‘plab tashakkurnomalar bilan taqdirlangan.

 

2020-2021 o’quv yili davomida Andijon davlat universitetida o‘tkazilgan o‘zbek tili (mutaxassislik) fan olimpiadasi gʻolibasi.

2021 yil Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkazilgan talabalar fan olimpiadasining Respublika bosqichida o‘zbek tili (mutaxassislik) fanidan ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlangan.

2021 yil “Yil talabasi – 2021” Respublika ko‘rik-tanlovi “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasida faxrli 3-o‘rinni egallab, III darajali diplom bilan taqdirlangan.

2021 yil Andijon davlat universitetida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan fakultetlararo talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan “ENG YAXSHI MAQOLALAR” tanlovida faol ishtirok etib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, faxriy yorliq bilan taqdirlangan.

  

2021 yil Andijon viloyatida o‘tkazilgan birinchi “Respublika lider qizlar festivali” da faol  ishtirok etgani uchun sertifikat bilan taqdirlangan.

2022 yil “Hokim va qizlar” uchrashuvida faol ishtirok etib, Andijon viloyati hokimi Sh.Abrurahmonov tamonidan faxriy yorliq va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlangan.

2020-2021 yillar oralig‘ida Filologiya fakulteti Yoshlar ittifoqi yetakchisi faoliyatini olib borgan.

Ingliz va arab tillarida erkin muloqot qila oladi. Kompyuterning “Word”, “Excel”, “Power point”, “Microsoft Publisher”, “Adobe Photoshop”, dasturlarida mustaqil ishlaydi va Ziyo.net ijtimoiy tarmog‘i, hk-davron.uz, ziyouz.com saytlarini muntazam kuzatib boradi.

Sportning qo‘l jangi va kikboksing turi bilan shug‘ullanadi va ko‘plab musobaqalarda ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

2020 yil 14 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining 28 yilligi va 14 yanvar “Vatan himoyachilari” kuni munosabati bilan o‘tkazilgan “QO‘L JANGI” musobaqasida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib,  51788-sonli harbiy qism komandiri  Polkovnik R.Abdiyev tomonidan diplom bilan taqdirlangan.

2021 yilda To‘xtasinova Naimaxon Raxmonjon qizi mana shu izlanishlari tufayli Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi.        


MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.