Andijon Davlat
Universiteti
ZULUNOVA MOXLAROYIM ABDURASHID QIZI
Zulunova Moxlaroyim Abdurashid qizi 2019 yili Andijon davlat universitetining Fizika-matematika fakulteti, fizika ta'lim yo'nalishiga shartnoma
asosida o'qishga qabul qilingan. Moxlaroyim o'zining ilmga chanqoqligi, tashabbuskorligi, iqtidori hamda ta'lim rivojiga hissa qo'shishga bo'lgan intilishi
bilan tengdoshlari orasida alohida e'tibor va ehtiromga loyiqdir.

Moxlaroyim fizika fani ustida izlanishlar olib borishga yo'naltirilgan bo'lib, unga "Umumiy fizika kursi metodikasi" mavzusi bo'yicha Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent X.Mansurov rahbarligida izlanishlar olib borishga yo'nalish berildi. Ilmiy izlanishlar natijalarini aks ettiruvchi maqola va tezislar ilmiy va davriy nashrlarda e'lon qilindi. Zulunova Moxlaroyim har bir berilgan topshiriqlarga jiddiy yondashib, doimo ma'suliyatni his qilgan holda o'z o'rnida bajarishi, hamda jamoat ishlaridagi doimiy faol ishtiroki va namunali xulqi bilan boshqa talabalardan farq qiladi. 

Zulunova Moxlaroyim Andijon davlat universitetida o'tkazilib kelinayotgan fakultetlararo turli ko'rik-tanlovlarda ijobiy yutuqlarga erishgan. Misol uchun Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligining 2019 yil 1l noyabrdagi 1043-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida Andijon davlat universitetida "Men nechun sevaman O'zbekistonni” mavzusida o'tkazilgan insholar tanlovida faxrli 1-o'rin, Andijon davlat universitetida o'tkazilgan "YIL TALABASI" respublika tanlovining universitet bosqichida "Yilning eng faol tashabbuskor-targ'ibotchi talaba" nominatsiyasida ishtirok etib, 2-o'rin hamda O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi Aldijon davlat universiteti Boshlang'ich Tashkiloti tashabbusi bilan "Yoshlar oyligi" doirasida o'tkazilgan tanlovda "Eng faol yoshlar Yetakchisi" nominatsiyasi bo'yicha ishtirok etib 3-o’rinlarni qo'lga kiritgan.

Talabamiz Yosh xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligini yangi bosqichga ko'tarish, jamiyatda xotinqizlar mavqeyini oshirish, ularga motivatsiya berish, mamlakat istiqboli uchun ma'suliyatini o'z zimmasiga olishga qodir qizlar safini kengaytirish orqali jamiyatda gender tenglikni ta'minlash maqsadida tashkil etilgan Andijon viloyati "Qizlar ovozi" klubining “Axborot xizmati" yo'nalishi koordinatori etib saylanib, Yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig'i O.Yudashevning Ishonch Yorlig'ini qo'lga kiritgan.

Bundan tashqari ushbu Qizlar ovozi klubini ham Fizika-matematika fakultetida tashkil qilib, ularga o’zi rahbarlik qilmoqda. 8ta yo’nalish koordinatorlarini o’z ichiga olgan klub faoliyatini ham yo’lga qoyib bir nechta aksiyalar va tadbirlar tashkil qilmoqda.

   

      

Ilmiy ishlarining maliy ifodasi sifatida 2019-2021 o’quv yillari davomida oliy o'quv yurtlarida o'tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda, nufuzli ilmiy jumallarda o’zining maqola va tezislari bilan faol ishtirok etib 50 dan ortiq xalqaro va respublika ilmiy jurnallarda maqola chop etganligini va respublika konferensiyalarida o’z tezislari bilan ishtrok etgan. Talabamiz ushbu yili Ulugbek nomidagi davlat stipendiyasiga sazovor bo’ldi.

    

 

Zulunova Moxlaroyim Andijon viloyati “Qizlar ovozi” klubining Andijon viloyatiga bosh koordinator etib tayinlandi va bir yil muddat davomida  viloyatimiz qizlari bilan ishlab kelmoqda.

 

O’zbekiston yoshlar forumi 2021 doirasida Andijon viloyati Yoshlar ishlari agentligi boshqarma boshlig’i tomonidan Tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

   

Bundan tashqari ADU korrupsiyaga qarshi kurashish bo’limi qoshidagi Talaba yoshlar klubi matbuot kotibasi

8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Andijon viloyat hokimligi tashabbusi bilan tashkil qilingan tadbirda Viloyat hokimining Faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlangan.

  

  

 

Zulunova Moxlaroyim Andijon davlat universiteti Targ’ibot guruhi a’zosi

  

 


MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.