Ta’lim yo‘nalishining tilshunoslik sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. 1ta patent, 10 dan ortiq ilmiy maqolalari chet el va mamlakatimizning ilmiy jurnallarida, 15 ga yaqin tezislari xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman to’plamlarida nashr etilgan. Hozirgi kunda filologiya fanlari nomzodi, dotsent Qobuljonova Gulbahor Komiljonovna rahbarligida “Badiiy matnda ifodalangan emotsional-ekspressiv birliklarning lingvokulturologik tadqiqi” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
2020 yil Andijonda o‘tkazilgan “Filologiya masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy onlayn konferensiyasida “Mahmud Toir she’riyatida metonimiyalarning qo’llanishi” nomli ilmiy maqolasi nashrdan chiqdi va sertifikat bilan taqdirlandi.
Toshkentda o‘tkaziladigan “O‘zbekistonda ilmiy-amaliy tadqiqotlar”mavzusidagi respublika 17-ko‘p tarmoqli ilmiy masofaviy onlayn konferensiyasida Andijon davlat universiteti filologiya tillarni o’qitish (o‘zbek tili) fakulteti 306-guruh talabasi To‘xtasinova Naimaxon bilan birgalikda “Arxaizm va istorizmlarning asosiy farqi va ularning uslubiy vazifalari” nomli ilmiy maqolalari nashrdan chiqdi va tadqiqot.uz tashkilotining sertifikati bilan taqdirlandilar.
Tadqiqot.uz tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan “O‘zbekistonda ilmiy-amaliy tadqiqotlar” mavzusidagi respublika 16-ko‘p tarmoqli ilmiy masofaviy onlayn konferensiyasida “O‘tkir Hoshimov hikoyalarida barqaror birikmalarning qo‘llanilishi” mavzusida maqolasi bilan qatnashdi va sertifikatga ega bo’ldi.
“O’zbekistonning umidli yoshlari” mavzusidagi 2-son respublika ilmiy talaba va magistrantlar onlayn konferensiyasida “Abdulla Qahhor asarlarida ma’naviy qashshoqlik mavzusining yoritilishi” nomli maqolasi bilan qatnashdi va tadqiqot.uz tashkilotining diplom va sertifikati bilan taqdirlandi.
Toshkentda o‘tkazilgan “Ta’lim tizimida innovatsion islohotlar: olimlar va yoshlar nigohida”mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy onlayn konferensiyasida “Tohir Malikning “Shaytanat” asaridagi iboralarning semantik xususiyatlari haqida” nomli ilmiy maqolasi nashrdan chiqdi va sertifikat bilan taqdirlandi.
Talabaning “Arxaizm va istorizmlarning asosiy farqi va uslubiy vazifalari” nomli ilmiy maqolasi Toshkentda o‘tkazilgan “Ta’limga kompetensiyaviy yondashuv: muammo va yechimlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy onlayn konferensiyasida va “Zamonaviy ilm-fanlar rivojida talaba-yoshlar faoliyatining o‘rni” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy onlayn konferensiyasida nashrdan chiqdi va har ikkala konferensiyaning sertifikatlarini qo‘lga kiritdi.
“Использование устойчивых сочетаний в рассказах Уткир Хашимова” nomli ilmiy maqolasi Ukrainaning Kiyev shahrida “Дистанционные возможности и достижения науки” nomli xalqaro konferensiyada nashr etildi va sertifikatga ega bo’ldi.
Yoqubboyeva Shoxista ilmiy rahbari Qobuljonova Gulbahor bilan hammualliflikda Rossiyaning “Образование и наука в ХХI веке” jurnalida “Tohir Malikning “Shaytanat” asaridagi iboralarning semantik xususiyatlari haqida” nomli maqolasi bilan qatnashdi va sertifikat va ma’lumotnomasini qo‘lga kiritgan.
Academiascience.uz tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan “Yoshlarning innovatsion faolligini oshirish, ma’naviyatini yuksaltirish va ilm-fan sohasidagi yutuqlari” mavzusidagi 2-sonli respublika ilmiy-onlayn konferensiyasida “Undalma murojaat shakllarining bir ko‘rinishi sifatida” nomli ilmiy maqolasi bilan ishtirok etib, maqolasi Farg‘onada nashrdan chiqdi va academiascience.uz tashkilotining sertifikatini qo’lga kiritdi.
OAK ro’yxatiga kiritilgan “Экономика и социум” jurnalida “Skills of using language description in the works of Shukur Kholmirzaev” nomli maqolasi bilan qatnashdi va sertifikatini qo’lga kiritdi.
Talabaning “So‘zlashuv nutqiga xoslangan erkalov-kichraytiruv so’zlari” nomli maqolasi Andijon davlat universiteti tomonidan tashkil qilingan “Nutq madaniyati va o‘zbek tilshunosligining dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada chop etildi va sertifikat bilan taqdirlandi.
“ACADEMIA SCIENCE” ilmiy-tadqiqotlar markazi tomonidan tashkil qilingan UzACADEMIA ilmiy-uslubiy jurnalida “Shukur Xolmirzayev asarlarida til tasviriy vositalaridan foydalanish mahorati” mavzusidagi maqolasi nashr etildi va tashkilotning sertifikatini qo’lga kiritdi.
O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yosh olimlar kengashi “Bzone consulting center” MCHJ hamda O‘zbekiston internet tadbirkorlar va elektron savdo assotsiatsiyasi tashabbuslari bilan tashkil qilingan “Yangilanayotgan O‘zbekistonda fan, ta’lim va innovatsiya uyg’unligi” mavzusidagi respublika ilmiy-masofaviy onlayn konferensiyasida “Shukur Xolmirzayev asarlari badiiyati haqida” nomli maqolasi nashr etildi va sertifikat va diplom bilan taqdirlandi.
Respublika yosh olimlar kengashi tomonidan o’tkazilgan “Jahon matbuot erkinligi – OAV davlat va jamiyat hayotidagi ro‘li” nomli ilmiy-amaliy anjumanda “OAV – davlat va jamiyat o‘rtasidagi muvozanatni saqlash vositasi” nomli maqolasi nashr etildi va sertifikatni qo‘lga kiritdi.
Tadqiqot.uz sayti tomonidan o‘tkaziladigan “O‘zbekistonda ilmiy-amaliy tadqiqotlar” mavzusidagi respublika 27-ko‘p tarmoqli ilmiy masofaviy onlayn konferensiyasida jurnalistikaga oid “OAV – davlat va jamiyat o’rtasidagi muvozanatni saqlash vositasi” nomli maqolasi nashr etildi va sertifikatini qo’lga kiritdi.
2021 yil fevral oyida “International Journal of Academic Pedagogical Research (IJAPR) jurnalida Naimaxon To‘xtasinova bilan hamkorlikda “A study of lexical cultural units specific to the language of folk epics” nomli maqolasi e’lon qilindi va jurnalning sertifikati bilan taqdirlandi.
2022 yil yanvar oyida “So‘z birikmasi va qo‘shma so‘zning o‘hshash va farqli jihatlari” nomli maqolasi “Образование и наука в ХХI веке” jurnalida nashr qilindi va jurnalning sertifikat va ma’lumotnomasini qo’lga kiritdi.
Respublika yosh olimlar kengashi tomonidan 2022 yil mart oyida o‘tkazilgan “Ilm-fan – uchinchi renessans poydevori” ilmiy-amaliy anjumanida “Uchinchi renessans milliy g’oya sifatida” deb nomlangan maqolasi e’lon qilindi va kengashning sertifikati bilan taqdirlandi.
Respublika yosh olimlar kengashi Sirdaryo viloyati bo’limi tomonidan o‘tkazilgan “Karantindagi kitob zavqi” nomli masofaviy (onlayn) tanlovda Shayx Muhammad Sodiqning “Baxtiyor oila” kitobi bilan ishtirok etdi va faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, kengash tomonidan taqdim etilgan sertifikat bilan taqdirlandi.
“Yuksalish” umummilliy harakati Andijon viloyati bo‘limi, ADU Yoshlar ittifoqi Boshlang’ich tashkiloti, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Andijon davlat universiteti xotin-qizlar BT hamda Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan “YOSHLAR OYLIGI” ga bag’ishlangan tanlovda “Eng faol masofaviy ta’lim bilimdoni” yo‘nalishida “Masofaviy o‘qitish shaklida ta’lim sifatining ijobiy va salbiy tomonlari” nomli maqolasi bilan ishtirok etdi va faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Andijon davlat universiteti Filologiya fakulteti va Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan “Joy nomlari ma’naviyatimiz ko‘zgusi” mavzusidagi maqolalar tanlovida “Chortoq tumani tarixi” nomli maqolasi bilan ishtirok etdi.
Yosh volontyorlar akdemiyasi tomonidan o‘tkazilgan “Men nima qildim Vatan uchun” nomli onlayn tanlovning “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘lgan va akademiyaning tashakkurnomasi bilan taqdirlangan.
2020 yil 8 avgust kuni Effort.uz, @tanlov_loyiha telegram kanali, “iLeader” – Butunjahon yoshlar jamiyati, “KARYERA” – yosh kadrlarni tayyorlash klubi, ICT – O’zbekiston volontyorlar jamoatchilik birlashmasi bilan birgalikda tashkil qilingan “Leader Youth” global forumda nutq madaniyati yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etdi va forumning rasmiy ishtirokchi sifatidagi taklifnomasi va sertifikati bilan taqdirlandi.
2020 yil 3-4 sentabrda o‘tkazilgan Yoshlarning huquqiy madaniyatini yanada rivojlantirish hamda tahliliy loyihalar yarata olishda analitik qobiliyatlarini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan va “Andijon davlat universiteti”, “O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Andijon viloyat Kengashi”, “Andijon viloyati ona va bola skrining markazi” hamda “O‘zliDeP Andijon viloyat Kengashi” hamkorligida pandemiya davrida Andijonda ilk marotaba tashkil qilingan “Unique” Yoshlar Forumida ishtirok etdi va o‘zining tashabbuskor takliflari va faolligi uchun forumning rasmiy ishtirokchi sifatidagi taklifnomasi, diplom va tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.
2020 yil dekabr oyida Navoiy davlat pedagogika instituti hamda “Faol yoshlar va ilmiy izlanuvchilar” jamoatchilik kengashi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g’risida”gi qarori hamda 5 ta muhim tashabbus doirasida kitobxonlikni keng miqyosda targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan “Men tavsiya etadigan kitob” nomli onlayn tanlovda “Eng yaxshi kitobxon” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo’lgan va Navoiy davlat pedagogika institutining sertifikati bilan taqdirlangan.
2021 yil Respublika yosh olimlar kengashiga a’zolikka qabul qilingan.
2020-2022 yillar davomida o‘tkazilgan “American dream”, “Strategy forum”, “Bir zamin – bir maqsad”, “Reaching stars”, “U-leader academy”, “Rise conference”, “Future innovators forum”, “Kelajak bunyodkorlari” forumi, “Reaching stars”, “Reformist youth”, “International relations, education, development and technology” kabi 10 dan ortiq onlayn konferensiya va forumlarda faol ishtirok etgan va sertifikat, tavsiyanoma va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan.
Yoqubboyeva Shoxista respublikadagi barcha yoshlarni jamlagan, 5 ta yo‘nalishdan iborat “Successful youth” (“Muvaffaqiyatli yoshlar”) onlayn konferensiyasining asoschisi va tashkilotchisi hisoblanadi.
Yoqubboyeva Shoxista tashabbusi bilan filologiya fakultetidagi qizlarning bo‘sh vaqtini samarali va foydali o‘tkazish maqsadida “Qizlar ovozi” klubi tashkil qilingan. Klub 6 ta yo‘nalishdan faoliyat olib boradi va turli xil tadbirlar, ko‘ngilochar dasturlar tashkil qilinadi.
2021 yil mart oyida O‘zbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasining Andijon viloyati kengashiga a’zolikka qabul qilingan va hozirgi kunda partiyaning targ’ibot ishlarida faol qatnashib kelmoqda.
2022 yil mart oyida “The fundamentals of digital marketing”, “The role of central banks va financial supervisory authorities in governing sustainable finance”, “ADBI – learning” kabi onlayn kurslarni tamomladi va tashkilotlarning sertifikatlarini qo’lga kiritdi.
Ingliz va arab tillarida erkin muloqot qila oladi. Kompyuterning “Word”, “Excel”, “Power point”, “Adobe photoshop” dasturlarida mustaqil ishlaydi va ziyo.net ijtimoiy tarmog’i, kh-davron.uz, ziyouz.com saytlarining doimiy kuzatuvchisi hisoblanadi.
Yoqubboyeva Shoxista mana shu izlanishlari tufayli 2022 yilda bakalavr talabalari uchun ta’sis etilgan Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori bo ‘ldi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI