Mahmudjonov Shohruxbek Sohibjon o‘g‘li Andijon davlat universiteti filologiya fakultetida tahsil olib, ilmiy rahbari filologiya fanlari nomzodi, dotsent U.Rahimov bilan birgalikda hozirgi kunda “Said Ahmad asarlarining lingvopragmatik tadqiqi” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
Mahmudjonov Shohruxbek tomonidan bugungi kunga qadar ilmiy izlanishlar natijalarini aks ettiruvchi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid “O‘zbek adabiyotida foydalaniladigan so‘zlar va terminlarning inglizcha-ruscha-o‘zbekcha lug‘ati”, “VR texnologiyalariga asoslangan universitet dasturiy platformasi”, “Ta'lim muassasalarida rus tilini o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish, uning fan tili sifatidagi nufuzini oshirish yo‘llari” dasturlari (DGU) uchun patentlar muallifi.
U hozirgi kunda 15dan ortiq xalqaro ilmiy maqola va tezislar, 3 patentlar (EXM va ma’lumotlar bazasi) qo‘llanmasi muallifi, 40 dan ortiq onlayn konferensiya va tanlovlar ishtirokchisi hisoblanadi. Shu kunga qadar ko'plab yutuqlarga erishib kelmoqda:
2019-2020 o‘quv yili davomida Respublika iqtidorli talaba yoshlar klubi Farg‘ona viloyati kengashi hamda Latviyaning ISMA universiteti Farg‘ona filiali, Farg‘ona viloyat Yoshlar Ittifoqi hamkorligida o‘tkazilgan “Talaba 2020” forumida faol ishtirok etib, diplom bilan taqdirlangan.
2021 yil Mfaktor, Oliygoh.uz va EduOn tomonidan tashkil etilgan EduOn granti g‘olibi.
2021 yilda o‘tkazilgan “Successful youth” konferensiyasida tashabbus ko‘rsatganligi bois tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Respublika va universitet miqyosida ko'plab tanlovlar o‘tkazishda tashabbus ko‘rsatgani uchun tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
2021 yilda Andijon davlat universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo'limi tomonidan tashkil qilingan klubning filologiya fakulteti yetakchisi.
2021 yilda Filologiya fakultetida muddatli harbiy xizmatchilar bilan ishlash bo‘yicha yetakchi.
2020-2021 yillar davomida o’tkazilgan 20 dan ziyod ilmiy konferensiyalar ishtirokchisi.
2021 yilda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimi bo'limi hamda universitet rektori tomonidan ishonch yorlig'i bilan taqdirlangan.
2021 yilda universitetlar miqyosida o'tkazilgan “Ma'rifat maydoni” nomli tanlovda jamoa sardori sifatida ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni egallagan.
2022 yil 14 fevraldagi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining 52-sonli buyrug‘iga asosan O‘zbekiston talabalari uchun ta'sis etilgan “Navoiy” davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI