Andijon Davlat
Universiteti
QODIROVA DILXAVAS IKROMJON QIZI

Ta’lim yo‘nalishining Tasviriy san’atning Rang tasvir sohasida ijod qiladi. Uning “Sog‘lom ona va bola”, “Tarixning ulug’vorligi – kelajak poydevori”, “Zulfiyaxonim izdoshlari”, “Mangu qalbimizda”, “Yurtimda qish”, “Nuroniy ota”, “Chol va nabira”, “Onam yopgan non”, “Samarqand sayqali” kabi asarlari mahorat bilan yaratilgan, dotsent Haqberdiyev Baxtiyor Rustamovich rahbarligida ilmiy ishlar olib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi talabalar uchun ta’sis etilgan Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori. O‘zbekiston badiiy akademiyasi oltin medali, Fransiyada o’tkazilgan xalqaro ko’rgazmada 1-o’rin oltin medali sohibasi. U o‘zining ijod namunalari bilan viloyat, respublika hamda xalqaro miqiyosida o’tkazilgan tanlov va ko‘rgazmalarda ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallagan.

2016 yilda Toshkent shahrida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan Tasviriy va amaliy san’at festivali”da 1-o‘rinni egallab, Oltin medal bilan taqdirlangan.

  
2017 yilda Qirgʻiziston Respublikasi Jalolobod viloyati Qo’chqor ota shahrida o‘tkazilgan Ko‘rkam sur’at xalqaro festivalida 1-o‘rinni egallab, I-darajali diplom bilan taqdirlangan.

2018 yilda Toshkent shahrida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan Tasviriy va amaliy san’at festivalida 1-o‘rinni egallab, Oltin medal bilan taqdirlangan.

2018 yilda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamkorligida “Yoshlar-kelajak bunyodkori” shiori ostida Toshkent shahrida o‘tkazilgan I-Respublika ko‘rgazmasida faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlandi.

2018 yilga Tasviriy oyna ijodiy uyushmasi viloyat boshqaruvi hamda Badiiy ijodkorlar uyushmasi viloyat bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 27 yilligiga bag‘ishlab Andijon shahrida o‘tkazilgan Eng ulug’, eng aziz ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida tasviriy san’at, foto va dizayn yo‘nalishlari bo‘yicha faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlandi.

2018 yilda Toshkent shahrida “O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi mukofoti” uchun o‘tkazilgan tanlovning respublika bosqichida “Yilning eng yaxshi ijodkori” nominatsiyasi g‘olib deb topilib, diplom bilan taqdirlangan.

2019 yilda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon shahar kengashi tomonidan sportning shaxmat-shashka turi bo’yicha o‘tkazilgan musobaqada faol ishtiroki uchun diplom bilan taqdirlandi

2019 yilda Andijon viloyati hokimligi tashabbusi bilan yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan Vatan mening nigohimda viloyat ko‘rik-tanlovida fahrli 1-o‘rinni egallab, viloyat hokimligining I-darajali diplomi bilan taqdirlangan.

2019 yilda Toshkent shahrida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan Tasviriy va amaliy san’at festivalida faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlandi.

2019 yilda Andijon viloyatida Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan o’tkazilgan Andijon talaba-yoshlar xalqaro forumida faol ishtirok etganligi uchun sertifikat bilan taqdirlangan.

2020 yilda Toshkent shahrida o’tkazilgan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti nomzodlarining forumi-2020 da faol qatnashganligi uchun O‘zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi tomonidan Tashakkurnoma bilan taqdirlangan.

2020 yilda Toshkent shahrida o‘tkazilgan Respublika lider qizlar festivalida faol ishtirok etganligi uchun sertifikat bilan taqdirlangan.

2020 yilda Andijon viloyatida o’tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi davlat granti asosida Mingtepa-madaniy meros jamoat fondi tomonidan Mingtepa tarixini o‘rganishda Mannop Egamberdiyevning “Sariq ajdar hamlasi” tarixiy romanining o‘rni mavzusi bo’yicha amaliy seminar va tanlovda eng yaxshi tasviriy san’at asari yo’nalishida I darajali diplomi bilan taqdirlangan.

2020 yilda “Yangi O‘zbekiston-yangicha dunyoqarash” mavzusida Andijon viloyatida o‘tkazilgan uch kunlik ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot o‘quv kurslarida ishtirok etganligi uchun sertifikat bilan taqdirlangan.

2020 yilda Ozarbayjon Respublikasida onlayn tarzida o‘tkazilgan Xalqaro rasmlar ko‘rgazmasida Moziydan sado mavzusidagi ishi bilan qatnashib, diplom bilan taqdirlangan.

2020 yilda OWNERS OF FUTURE” nomli Respublika onlayn konferensiyasida o‘zining tashabbuskorligi va faolligi uchun sertifikat bilan taqdirlangan.

 

2020 yilda Andijon viloyatida o‘tkazilgan “Yil talabasi” Respublika tanlovining viloyat bosqichida “Yilning eng faol ijodkor talabasi” nominatsiyasida ishtirok etib, 1-o‘rinni egallagani uchun fahriy yorliq bilan taqdirlangan.

2021 yilda Fransiyada davlatida o‘tkazilgan ijodiy ishlar ko’rgazmasida oltin medal bilan taqdirlangan.

2021 yil Andijon viloyatida o‘tkazilgan birinchi “Respublika lider qizlar festivali” da faol ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlangan.

 

2022 yil Hokim va qizlar ushrashuvida faol ishtirok etib, Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov tomonidan fahriy yorliq va estalik sovg‘alari bilan taqdirlangan.

Qodirova Dilxavasning ijodiy faoliyati viloyatning Andijonnoma, Iqbol, Vodiy gavhari, tumanning Paxtakor, Kelajak gazetalarida yoritilgan.

Qodirova Dilxavas Andijon Davlat universiteti qoshidagi “Yoshlar ittifoqi’ boshlang’ich tashkiloti faol a’zosi. U O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan o‘tkazilgan “Biz buyuk yurt farzandlarimiz”, “Biz giyohvandlikka qarshimiz”, “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin” shiori ostida o‘tkazilgan festivallarning faol ishtirokchisi.

Izboskan tumani Navro‘zobod mahalla fuqarolar yig‘ini kengash a’zolari Dilxavasning “Yosh rassomlar” to‘garagi tashkil etish to‘g‘risidagi tashabbusini qo‘llab-quvvatlab, kengash qarori bilan tasdiqladilar va hozirda ushbu to’garakda 10 nafar mahalla yoshlari tasviriy san’at sirlarini o‘rganmoqda.  

Dilxavas mamlakatimizning iqtidorli yoshlari qatorida kundalik hayotida axborot kommunikatsiya texnologiyalari, jumladan, Ziyo.net ta’lim tarmog’i va Art.uz saytidan unumli foydlanib kelmoqda. Kompyuter grafikasida, WORD, EXCEL dasturlarida mustaqil ishlay oladi.

U chevarchilik sirlarini puxta egallagan. Sportning shaxmat va shashka turi bilan shug‘ullanmoqda. Rus va ingliz tillarini o’rganmoqda. Hozirda san’at turidan Xattotchilik va Miniatyura yo‘nalishlarida ham ijod faoliyatini olib bormoqda.

 

2021 yilda Qodirova Dilxavas Ikromjon qizi mana shu izlanishlari tufayli Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi.


MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.