Andijon Davlat
Universiteti
MADRAXIMOVA ZARINABONU MA’MURJON QIZI

Jamoatchilik ishlarida-yetakchilik, fakultet faoli, o‘quv markazida o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritadi.

Viloyat Hokimi Stipendiyasi sohibasi, sportning ParaTeakwondo (WTF) turi bo‘yicha O‘zbekiston chempioni, Navoiy nomli davlat stipendiyasi sohibasi. “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Andijon viloyat kengashi a’zosi.

2021 yil iyun oyida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi tomonidan 30 iyun Yoshlar kuni munosabati bilan yoshlar oyligi doirasida o‘tkazilgan “Yoshlar milliy tiklanish drayverlari” shiori ostidagi partiya yoshlar qanotining 1-Respublika forumida faol qatnashib sertifikat bilan taqdirlangan.

Toshkent shahrida “Mening yurtim” televideniyasi tomonidan o‘tkazilgan kastingda faol qatnashib, Andijon davlat universiteti “Media markaz”iga muxbir sifatida qabul qilingan.

2021 yili 3 aprelda AQSH elchixonasining kichik granti asosida Andijon davlat universitetida tashkil etilgan “Andijon Festivali 2021”da faol ishtirok etib sertifikat bilan taqdirlangan.

2020 yili AQSHda “Cutting-Edge science 2020” xalqaro konferensiyasida o‘z maqolasi bilan ishtirok etib sertifikatni qo‘lga kiritgan.

2020 yili “O‘zbekistonning umidli yoshlari” talabalar, magistrlar va yosh tadqiqotchilar masofaviy-ilmiy konferensiyasida faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlangan.

2020 yili O‘zbekiston respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish markazi tomonidan o‘tkazilgan “Ilm fan taraqqiyotida zamonaviy metodlarning qo‘llanilishi” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida “O‘qishda raqamli texnologiyalar va masofaviy ta’lim” maqolasi bilan faol ishtirok etib sertifikat bilan taqdirlangan.

2021 yilda Polshaning “Polish Science Journal” nomli jurnalida “Mass media in our life” nomli maqolasi chop etilgan.

2021 yili Hindistonning “International Journal for Innovative Engineering and Management Research” nomli xalqaro jurnalida “The importance of classroom management in teaching” nomli maqolasi chop etilgan.

2021 yilda Xarkov Xalqaro universiteti tomonida o’tkazilgan online konferensiyada maqolasi bilan ishtirok etib sertifikat va diplom bilan taqdirlangan.

2021 yili “Ilm-fan taraqqiyotida zamonaviy metodlarning qo‘llanilinishi” nomli Respublika ilmiy-amaliy onlayn konferensiyasida faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlangan.

2021 yilda Respublikaning “Scientific-methodical Journal of scientific progress” nomli ilmiy jurnalida “Jurnalistika ta’limida media va axborot savodxonligi” nomli maqolasi chop etilgan va sertifikat bilan taqdirlangan.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon davlat universiteti boshlang‘ich tashkiloti faoli.

U ingliz va fransuz tillarida erkin so‘zlasha oladi. Jurnalistikada muntazam faoliyat olib boradi. Jurnalistikada ta’lim oluvchilar uchun “The language of News Media” jurnalistika tili nomli o‘quv uslubiy qo‘llanmasi chop etilgan. Bundan tashqari universitet hayotida bo’ladigan yangiliklar va o‘tkaziladigan tadbirlarni universitet ijtimoiy tarmoqlarida ingliz tilida yoritib beradi.

2020 yildan buyon Andijon shahrida joylashgan “Smart English” o‘quv markazida ingliz tilidan dars berib kelmoqda. Hozirgacha 100 dan ortiq o‘quvchilari ingliz tilini o‘rganib bir necha yutuqlarga erishgan.

Adabiyotga qiziqadi, “Ona tili – millat ruhi”, “So‘nmas yulduz” va shu kabi bir necha maqolalari viloyat gazetalarida nashr etilgan. 50 dan ortiq she’rlar muallifi. Bundan tashqari o‘zbek xalq og‘zaki ijodiga mansub asarlarni ingliz tiliga, ingliz tilidagi ijodiy ishlarni o‘zbek tiliga tarjimasi bilan shug’ullanmoqda.

Sportning ParaTaekwondo (WTF) turi bilan muntazam shug‘ullanadi. O‘zbekistonton ParaTaekwondo (WTF) assotsiatsiyasi a’zosi. 2021 yilda O‘zbekiston ParaTaekwondo federatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionati 2021da ishtirok etib bronza medalini qo‘lga kiritgan.

Andijon viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga doir muhim voqeliklarni, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon viloyati kengashi, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi va boshqa viloyat tashkilotlari tomonidan o‘tkazib kelinayotgan tadbirlarni o‘tkazishda faollik ko‘rsatadi.


MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.