Andijon Davlat
Universiteti
ODILOVA GULCHIROY XUSNIDDIN QIZI

Ta’lim yo‘nalishining tilshunoslik sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. 2 ta o‘quv uslubiy qo‘llanma, 10 ga yaqin ilmiy maqolalari chet el va mamlakatimizda ilmiy jurnallarda, 20 dan ortiq tezislar xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman to‘plamlarida chop etilgan.

2020 yil O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi Boshlang’ich tashkilotining Chet tillar fakultetining Yoshlar ittifoqi yetakchisi.

 

2020 yil O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon viloyat kengashi qoshida tashkil etilgan “Yosh jurnalistlar klubining 1 oylik maxsus o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlaganligi uchun sertifikat bilan taqdirlangan.

2020 yil Chet tillar fakultetida “QIZLAR OVOZI” klubini tashkil etganligi uchun bosh koordinatorlik ISHONCH YORLIG’I bilan taqdirlangan.

2021 yil Misrning Aleksandriya shahrida o’tkazilgan “Engineering and technology EGYPT 2021” xalqaro jurnalida ilmiy maqolasi chop etilib, Sertifikat bilan taqdirlangan.

2021 yil Yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan “MUNOZARA” intellektual turnirining mintaqaviy saralash bosqichida faol ishtiroki uchun SERTIFIKAT bilan taqdirlangan.

2021 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan

2021 yil 20-22 may kunlari Andijon viloyatida o‘tkazilgan “Andijon yoshlar forumi 2021”da faol ishtirok etgani uchun SERTIFIKAT bilan taqdirlangan.

2021 yil Yoshlarni saylov jarayonlaridagi faolligini oshirish, ularning huquqiy savodxonligini yuksaltirish maqsadida Andijon davlat universitetida o’tkazilgan “Saylov va yoshlar” forumining “Saylov bilimdonlar munozarasi” intellektual bellashuvida faol ishtiroki uchun SERTIFIKAT bilan taqdirlangan.

2021 yil Angilyaning Egham shahrida o‘tkazilgan “Modern views and research” xalqaro ilmiy amaliy konferensiyasida faol ishtirok etib, SERTIFIKAT bilan taqdirlangan.

2021 yil Andijon davlat universitetida o‘tkazilgan “YIL TALABASI” respublika tanlovining universitet bosqichida belgilangan nominatsiyalar bo‘yicha ishtirok etib, o‘zining bilim va iqtidorini namoyon etganligi uchun Andijon davlat universiteti rektorining FAXRIY YORLIG’I bilan taqdirlangan.

2021 yil Yoshlar o‘rtasida “MUNOZARA” intellektual turnirini tashkil etish yuzasidan o‘tkazilgan o‘quv-seminarida faol ishtiroki uchun SERTIFIKAT bilan taqdirlangan.

2021 yil Respublika Lider qizlar akademyasining VITSE PREZIDENTI etib GUVOHNOMA bilan taqdirlangan.

2022 yil Andijon viloyatining “QIZLAR OVOZI” klubining “Debat va intellektual loyihalar” yo‘nalish koordinatorligi ISHONCH YORLIG’I bilan taqdirlangan.

Ingliz va fransuz tillarida erkin muloqot qila oladi. Kompyuterning “WORD”, “Excel”, “Power point”, “Microsoft publisher”, “Adobe Photoshop” dasturlarida mustaqil ishlay oladi va Ziyo.net ijtimoiy tarmog’i, daryo.uz va ziyouz.com saytlarini muntazam kuzatib boradi.

Sportning qo‘l tennis turi bilan shug‘ullanadi va ko‘plab musobaqalarda ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.


MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.