Andijon Davlat
Universiteti
FOZILJONOV SHUKRULLO FAYZULLO O’G’LI

Shukrullo Foziljonov Biologiya ta’lim yo’nalishida tahsil olib, ilmiy rahbari B.f.n. dotsent Ro‘zmatov Ergashali Yuldashevich bilan birgalikda Farg’ona vodiysi kamyob va endemik o’simlik turlarining barqarorligini ta’minlash mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Hozirgi kunda 40dan ortiq xalqaro ilmiy maqola va tezislar, 10dan ziyod patentlar (EXM va ma’lumotlar bazasi uchun) va 3ta qo’llanmaning muallifi hisoblanadi. U tomonidan tuzilgan Farg’ona vodiysi kamyob o’simlik turlari atlas lug’ati butun Respublikamiz bo’ylab foydalanib kelinmoqda. Undan tashqari Sodiqov nomidagi biokimyo instituti olimlari bilan birgalikda O’zbekistonning Shimoli-sharqiy qismida o’suvchi Siliybum Marianum o’simligi flovolignanlarining to’liq tarkibini o’rgangan.

2019-2020 o’quv yili davomida Andijon davlat universitetida o’tkazilgan biologiya fan olimpiadasi g’olibi bo’lgan.

2020-2021 o’quv yilida Respublika miqyosida o’tkazilgan Respublika olimpiadasining kimyo fani bo’yicha ishtirokchisi va 4-o’rin sohibi bo’lgan.

2020 yili Andijonda o’tkazilgan Innovatsion g’oyalar ko’rgazmasi: Agroexpo – 2020 ishtirokchisi (Dorivor o’simliklarni saqlash va yetishtirish texnologiyasi, tuproqdagi zararli organizmlarga qarshi zararsiz kurashishning biokimyoviy usuli).

2020 yil “Yil talabasi – 2020” Respublika tanlovining Andijon davlat universitetida o’tkazilgan universitet bosqichi “Yilning o’z mutaxasissligi bo’yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi 3-o’rin sohibi.

2020 yil 8 dekabr O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi kuniga bag’ishlab o’tkazilgan Huquq bilimdonlari tanlovida Tabiiy fanlar jamoasi bilan ishtirok etib 3-o’rinni qo’lga kiritdi.

2020 yilning dekabr o’yida Rossiyada o’tkazilgan “Студент года – 2020” online tanlovida Biologiya yo’nalishi g’olibi (Bir tur yo’qolib ketishining ikkinchi turga ta’siri – biologik kambag’allashuvning davriy tahlili).

2020-2021 yillar davomida o’tkazilgan 20 dan ziyod ilmiy konferensiyalar ishtirokchisi.

2020 yil “Yosh avlodga o’rnak bo’lib kelayotgan olim” nomli professor I.R.Asqarov ilmiy faoliyatiga bag’ishlab o’tkazilgan Kimyo fani olimpiadasi tashkilotchisi.

2021 yil yoshlar oyligi doirasida o’tkazilgan “Eng yaxshi masofaviy ta’lim bilimdoni” tanlovi 3-o’rin sohibi bo’ldi.

2021 yil “My edu assist” ilmiy haftalik doirasida o’tkazilgan: “Identifying predator journals”, “Scopus bazasidagi jurnalda maqola nashr etishning ahamiyati”, “Scopus darajasida sifatli ilmiy maqola yozish” nomli vebinarlarda spiker sifatida ishtirok etgan.

2021 yil Mfaktor, Oliygoh.uz va EduOn tomonidan tashkil etilgan EduOn granti g’olibi bo’ldi.

2 021 yil “Yil talabasi – 2021” tanlovining Andijon davlat universiteti bosqichida “Yilning o’z mutaxasissligi bo’yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasida 1-o’rin sohibi bo’ldi.

2022 yil 14 fevraldagi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasi talabalari uchun ta’sis etilgan “Ulug’bek” davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldi.


MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.