Andijon Davlat
Universiteti
POZILOVA BARCHINOY TOXIRJON QIZI

Barchinoy Pozilova o‘quv dargohida o‘zining tashabbuskorligi, tirishqoqligi, serqirra faoliyati bilan tengdoshlaridan ajralib turadi. O‘zbekiston Respublikasi talabalari uchun ta’sis etilgan Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori.

Ta’lim yo‘nalishining ingliz tilshunoslik yo‘nalishida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. 1ta kitob, 20 dan ortiq ilmiy maqolalari chet el va mamlakatimizdagi ilmiy jurnallarda, 10 dan ortiq tezislari xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman to‘plamlarida chop etilgan.

U o‘qish davomida nafaqat universitet, balki respublika, shuningdek, xalqaro miqyosdagi ilmiy-nazariy anjumanlarda faol ishtirok etib kelmoqda.

Hozirgi kunda filologiya fanlari nomzodi, dotsent Pozilova Nasibaxon rahbarligida “Dialects of the English Language” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

2020 yil Toshkentda o‘tkazilgan “Oriental art and culture” ilmiy-metodik jurnali O‘zbekistonda ilm-fan va ta’lim konferensiyasida “Divisions of territorial dialects of modern English” nomli ilmiy maqolasi nashrdan chiqdi va sertifikat bilan taqdirlandi.

“The Importance Of English Dialects in Teaching English as a second Language“ nomli ilmiy maqolasi Ukrainaning Pereyaslav shahrida “Тенденции и перспективы развития науки и образования в условиях глобализации” nomli xalqaro konferensiyada nashr etildi va sertifikatga ega bo’ldi.

Barchinoy ilmiy rahbari Pozilova Nasibaxon bilan hammualliflikda O‘zbekistonning “O`zbekistonda ilm-fan va ta’lim” jurnalida “Divisions of territorial dialects of modern English” nomli maqolasi bilan qatnashdi va sertifikat va ma’lumotnomasini qo’lga kiritgan.

“EPRA International Journal of Research and Development” jurnalida “Teaching communicative skills with authentic videos in EFL classes” nomli maqolasi bilan qatnashdi va sertifikatini qo’lga kiritdi.

“Issues and Implications of English Dialects for Teaching English as a second Language” nomli maqolasi Turkiyaning “International Teacher Education Conference Cyprus International University” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada chop etildi va sertifikat bilan taqdirlandi.

“ Journal of Academic Research in Educational Sciences” jurnalida “Importance of using the mother tongue in English classes” nomli maqolasi nashr etildi va sertifikatni qo‘lga kiritdi.


2020 yil iyun oyida “Proceedings of International Conferences Sciences and Innovative Technologies organized by Novateur Publications, India” jurnalida “The Essential and Actuality of English Dialects” nomli maqolasi e’lon qilindi va jurnalning sertifikati bilan taqdirlandi.

2021 yil may oyida “Comparative study of business terminologies in the English and Uzbek languages” nomli maqolasi “Impact Factor. International Scientific Research Journal” jurnalida nashr qilindi va jurnalning sertifikat va ma’lumotnomasini qo‘lga kiritdi.

2 021-yil iyun oyida “The problems of teaching and assesing Speaking skills” nomli maqolasi “Issue 6 of Academicia Globe: Inderscience Research May,2021” jurnaloda chop etildi va jurnalning sertifikat va ma’umotnomasini qo‘lga kiritdi.

2021-yil 3-4-sentabrda o‘tkazilgan Yoshlarning huquqiy madaniyatini yanada rivojlantirish hamda tahliliy loyihalar yarata olishda analitik qobiliyatlarini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan va “Andijon davlat universiteti”, “O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Andijon viloyat Kengashi”, “Andijon viloyati ona va bola skrining markazi” hamda “O‘zliDeP Andijon viloyat Kengashi” hamkorligida pandemiya davrida Andijonda ilk marotaba tashkil qilingan “Unique” Yoshlar Forumida ishtirok etdi va o‘zining tashabbuskor takliflari va faolligi uchun forumning rasmiy ishtirokchi sifatidagi taklifnomasi, diplom va tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.

2020-2022 yillar davomida o‘tkazilgan “American dream”, “Strategy forum”, “Bir zamin – bir maqsad”, “Reaching stars”, “U-leader academy”, “Rise conference”, “Future innovators forum”, “Kelajak bunyodkorlari” forumi, “Reaching stars”, “Reformist youth”, “International relations, education, development and technology” kabi 10 dan ortiq onlayn konferensiya va forumlarda faol ishtirok etgan va sertifikat, tavsiyanoma va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan.

2019 yil oktabr oyida O’zbekiston Liberal Demokratik partiyasining Andijon viloyati kengashiga a’zolikka qabul qilingan va hozirgi kunda partiyaning targ‘ibot ishlarida faol qatnashib kelmoqda.

Ingliz va rus tillarida erkin muloqot qila oladi. Kompyuterning “Word”, “Excel”, “Power point”, “Adobe photoshop” dasturlarida mustaqil ishlaydi va ziyo.net ijtimoiy tarmog‘i, kh-davron.uz, ziyouz.com saytlarining doimiy kuzatuvchisi hisoblanadi.

2022 yilda Pozilova Barchinoy mana shu izlanishlari tufayli bakalavr talabalari uchun ta’sis etilgan Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi.


MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.