Andijon Davlat
Universiteti
AZIZOVA DIYORA AZIZJON QIZI

2018-yildan boshlab tilshunoslik kafedrasi dotsenti Dono Ne’matova ilmiy rahbarligida “Usmon Azim she’rlarining lingvopoetik tahlili” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Usmon Azim she’rlarini lingvopoetik tomondan tahlil qilishda, asosan, ijodkorning tili  va uslubi hamda asar yaratilgan davr tilining o’ziga xosligi, yozuvchining so’z boyligi, til vositalaridan foydalanish usullari badiiy tasvir vositalarining til faktlari asosida aks ettirilishi, umuman tilning barcha sathlari yuzasidan tahlil qilishga harakat qildi. Usmon Azim she’riyatida poetik ma’noni kuchaytirish fonetik vositalar, xususan, tovushlar takrori, alliteratsiya, vazn talabiga ko’ra tovush tushishi, tovush orttirilishi, tovushlarning o’rin almashishi, ohangdorlik kabi fonopoetikhodiasalar muhim o’rin tutishini tahlil qildi.

Ilmiy maqolalari ko‘plab xalqaro jurnallarda nashr etilgan. Jumladan, International Journal of Research (IJR) jurnalida “The Role Of Phonological Repetitions In Usman Azim’s Poetry” ( Fonologik takrorlarning Usmon Azim she’riyatida tutgan o‘rni ), International Journal of Research in Economics nad Social Sciences (IJRESS)  xalqaro ilmiy jurnalida “Linguopoetik analysis of Osman Azim’s Poems” (Usmon Azim she’rlarining lingvopoetik tahlili) nomli ilmiy maqolalari  chop etilgan. Bundan tashqari respublika miqiyosida ham ilmiy maqola va tezislari to’plamlarda nashr etildi.

2019 – yil 18- dekabrda Andijon davlat universiteti Ilmiy kengashining qaroriga asosan Dono Ne’matova, Gulbahor  Kabuljonova, Diyora Azizovaning  «Hozirgi o‘zbek tili (Leksikologiya)» nomli o‘quv- uslubiy qo‘llanmamiz nashr qilindi.  Ushbu o’quv uslubiy qo’llanma Oliy va o’rta mxsus ta’lim vazirligining 2017- yil 28- avgust 434- sonly buyrug’i bilan tasdiqlangan 5120100 – filologiya va tillarni o’qitish ta’lim yo’nalishi   va “Hozirgi o’zbek tili”ning namonaviy dasturi asosida tayyorlandi. Mazkur qo’llanma 1 – bosqich talabalari uchun mo’ljallangan, unda “Hozirgi o’zbek tili” (Leksikologiya) fani bo’yicha amaliy mashg’ulotlar mavzusi, rejasi, amaliy atamalarning glossariysi berilgan.

2017 – yildan buyon «Andijon yoshlari» jamoasi a’zosi. Jamoa bilan  2018-2019 yillar mobaynida “Tafakkur sinovlari” respublika tanlovining viloyat, mintaqa bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.  2019-yilda «Tafakkur sinovlari» respublika ko‘rik tanlovining respublika bosqichida  faxrli 1-o‘rin sohibi bo‘ldi. Farg‘ona davlat universitetida o‘tkazilgan “ModeHED Modernizing health education in universities” nomli xalqaro konferensiyadagi ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlandi. Besh muhim tashabbus doirasida o‘tkazilgan  “Jonajon O‘zbekiston mangu bo‘l omon” Talabalar festivalida  ishtirok etdi. “Respublika lider qizlar” festivalida qatnashish baxtiga muyassar bo‘ldi.

Badiiy adabiyotga mehri tufayli 2019-yilda o‘tkazilgan «Yosh kitobxon» tanlovining Asaka tuman bosqichida ishtirok yetib, 20-30 yosh toifasida faxrli 2-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “Yil talabasi -2019” ko‘rik-tanlovining universitet bosqichida “Yilning eng faol ijodkor talabasi” nominatsiyasida 3- o‘rinni sohibasi bo‘ldi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Andijon viloyat kengashi Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari sektori tomonidan «Yoshlar kelajak tayanchi» shiori ostida o‘tkazilgan forumdagi faolligi uchun tashakkurnoma bilan taqdirlangan.

2019-yil 6- noyabrda «Yuksalish» umummilliy harakati a’zoligiga qabul qilindi.

Andijon viloyati Asaka tuman Davlat xizmatlari markazi tomonidan 2019-yil 15-fevralda 688282-son bilan ro‘yxatga olingan “PRIME EDU” nomli nodavlat ta’lim muassasasining 2019-yil 16-fevral kungi yig‘ilish bayonnomasiga asosan ushbu jamiyatning rahbar o‘rinbosarligiga tayinlandi. 2019-yil 16 –fevral kunidan buyon ushbu jamiyatning rahbari sifatida faoliyat olib borish bilan birga, tahsil olayotgan abiturientlarga ona tili va adabiyot fanidan ta’lim beradi.

2021-yil “Duel” respublika yosh istedodlar tanlovining Andijon viloyati bosqichi g’olibi.

Yevropa ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan "Yoshstan" loyihasida ishtirok etib, "Birdamlik" ijtimoiy loyihasi uchun 200 yevro mini granti sohibi bo'lgan.

2021-yil yoshlar kuni arafasida Andijon viloyati hokimi stipendiyasi sohibi bo’ldi.

Shuningdek, «Diydor» radiosida suhandonlik vazifasida mehnat qilib kelmoqda.


MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2022. Barcha huquqlar himoyalangan.