Andijon Davlat
Universiteti
RADJIYEVA GULXAYOXON SHUHRATJON QIZI

"Zulfiya" davlat mukofoti sohibasi, san’atning xalq cholg‘ulari ijrochiligi yo‘nalishida ijod qiladi.

U dutor chalish sirlarini zo‘r qiziqish bilan o‘rganib kelmoqda. Ayniqsa, mumtoz va lirik kuylarni maromiga yetkazib ijro etib, o‘z mahoratini namoyish etmoqda.

U o‘zbek xalq kuylarini, bastakor hamda kompozitorlar tomonidan yaratilgan asarlarni mahorat bilan ijro etadi. Jumladan “Bozurgoni”, “Dutor lazgisi”, “Sulton jamjama”, “Sarahbori ko‘histon”, “Nurafshon”. Uning chalayotgan kuylarini tinglaganda inson qalbi shirin va zavqli hislarga to‘ladi. O‘zbek qizining sehrli barmoqlari ila taralayotgan kuy va ohanglarni xalqaro ko‘rik-tanlovlar va festivallarda yangrashini eshitish zavqli.

Jamoat ishlaridagi faolligi, tashkilotchilik va targ‘ibotchilik faoliyati bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lmoqda.

2018-yil Iqtidorli qizlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning adabiyot, fan, ta’lim, madaniyat, sport va san’atni rivojlantirishdagi yutuqlarini rag‘batlantirish, tengdoshlari o‘rtasida o‘zining yorqin iste’dodini namoyon etib, o‘qishda va jamoat ishlarida olib borayotgan ibratli faoliyati uchun viloyat hokimining diplomi bilan taqdirlangan.

2018-yil O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Andijon san’at kolleji tomonidan o‘tkazilgan “Xalq cholg‘ulari ijrochisi” yo‘nalishi o‘quvchilari o‘rtasidagi ko‘rik-tanlovida I darajali diplom bilan taqdirlangan.

2018-yil Andijon viloyati Madaniyat boshqarmasi, Andijon san’at kolleji, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi viloyat hududiy filiali tomonidan “Navro‘z sadolari” IV xalqaro ko‘p ovozli milliy cholg‘u ansambl va orkestrlar festivalida “Aralash” ansambl jamoasi safida I darajali diplom bilan taqdirlangan.

2018-yil Viloyat Madaniyat boshqarmasi, Andijon san’at kolleji, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi viloyat hududiy filiali tomonidan “Navro‘z sadolari” IV xalqaro ko‘p ovozli milliy cholg‘u ansambl va orkestrlar festivalida “Dutorchilar” ansambl jamoasi safida III darajali diplom bilan taqdirlangan.

2018-yil Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Navro‘z sadolari” IV xalqaro ko‘p ovozli milliy cholg‘u ansambl va orkestrlar festivalida faol ishtirok etib, ijro mahoratini yuqori darajada namoyon etgan hamda sertifikat bilan taqdirlangan.

2018-yil Ispaniya davlati “Fiestaloniya” ijodiy uyushmasi tomonidan Lloret de Mar shahrida o‘tkazilgan “Musica Del Mar” (Dengiz musiqasi) xalqaro ko‘rik-tanlovida III darajali diplom bilan taqdirlangan.

2019-yil Iqtidorli qizlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning adabiyot, fan, ta’lim, madaniyat, sport, san’atni rivojlantirishdagi hamda jamoatchilik faoliyatidagi yutuqlari uchun diplom bilan taqdirlangan.

2019-yil Andijon davlat universiteti tomonidan o‘tkazilgan “Sozimda Vatan kuyi” ko‘rik-tanlovida I darajali diplom bilan taqdirlangan.

2019-yil Kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlar safida tirishqoqligi, izlanash va intilishi, Ona Vatanimizga munosib farzand bo‘lishga intilayotganligi uchun tashakkurnoma bilan taqdirlangan.

2019-yil Andijon davlat universiteti tomonidan o‘tkazilgan “Eng yaxshi soz ijrochisi” ko‘rik-tanlovida II darajali diplom bilan taqdirlangan.

2019-yil Andijon davlat universiteti tomonidan o‘tkazilgan “Dutor navolari” ko‘rik-tanlovida I darajali diplom bilan taqdirlangan.

2019-yil Andijon shahar Yong‘in havfsizligi bo‘limi shaxsiy tarkibining yosh xodimlari orasida “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus”ni 1 yo‘nalishini targ‘ib etish hamda  amalga oshirish borasida qo‘shgan beminnat hissasi va mehnati uchun tashakkurnoma bilan taqdirlangan.

2019-yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Musiqiy ta’limning pedagogik, psixologik va falsafiy talqini” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlangan

2019-yil O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi  Andijon viloyat kengashi tomonidan o‘tkazilgan “O‘zbekiston XDP ning eng faol ayoli” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida “Eng faol huquq bilimdoni” nominatsiyasi bo‘yicha diplom bilan taqdirlangan.

2019-yil partiya dasturiy maqsadlarini hayotga keng tatbiq qilish, tashabbuskorligi, faolligi hamda uzoq yillik samarali mehnatlari uchun tashakkurnoma bilan taqdirlangan.

2019-yil yoshlarni vatanparvarlik, fidoiylik, sog‘lom turmush tarzi talablari asosida tarbiyalashga qo‘shayotgan hissasi hamda “Mening birinchi ovozim” shiori ostida o‘tkazilgan Saylovoldi targ‘ibot-tashviqot tadbirida faol ishtirok etgani uchun faxriy yorliq bilan taqdirlangan.

2019-yil Uzbekistan International Model United Nations (O‘zbekiston Xalqaro Birlashgan Millatlar Modeli) xalqaro konferensiyasida faol ishtirok etganligi uchun sertifikat bilan taqdirlangan.

2019-yil O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan Yoshlar yetakchilari ish faoliyati samaradorligini oshirish, ularning ish faoliyatini munosib rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan “Eng namunali boshlang‘ich tashkiloti” tanlovida faxrli II o‘rinni egallaganligi uchun diplom bilan taqdirlangan.

Shu bilan birga, Radjiyeva Gulxayoxon ingliz tilini puxta o‘rganish uchun astoydil harakat qilmoqda.

2019-yil Andijon shahar “GOOD CLUB” (Yaxshi klub) nodavlat innovatsion til maktabining “Beginner course” (Boshlang‘ich so‘zlashish B1 va B2) kursini a’lo baholar bilan tamomlab, sertifikat bilan taqdirlangan.

2019-yil Andijon shahar “GOOD CLUB” (Yaxshi klub) nodavlat innovatsion til maktabining “Elementary course” (Boshlang‘ichdan keyingi so‘zlashish E1 va E2) kursini a’lo baholar bilan tamomlab, sertifikat bilan taqdirlangan.

2020-yil Rossiya Federatsiyasining “Mы вместе” Volgograd ijodiy uyushmasi tomonidan Volgograd shahrida o‘tkazilgan “Mы вместе” (Biz birgamiz) xalqaro ko‘rik-tanlovida qatnashib 2-o‘ringa sazovor bo‘lgan.

2020-yil Rossiya Federatsiyasining “Mы вместе” Sochi ijodiy uyushmasi tomonidan Sochi shahrida o‘tkazilgan “Mы вместе” (Biz birgamiz) xalqaro ko‘rik-tanlovida qatnashib 1-o‘ringa sazovor bo‘lgan.

2020-yil O‘zbekiston Respublikasi Farg‘ona Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tkazilgan “Respublika lider qizlar festivali”da faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlangan. 

Kompyuterda Microsoft Windows, Microsoft Office Word, Microsoft Office Excel, Microsoft Office Power Point, PhotoShop, Paint dasturlarida ishlash malakasiga ega. Internet tarmog‘idan mustaqil foydalana oladi.


MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2021. Barcha huquqlar himoyalangan.