Andijon Davlat
Universiteti
NO'MONJONOV MUHIDDIN G'ULOMJON O'G'LI

Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi boshlangʼich tashkilotining Tabiiy fanlar fakulteti yetakchisi. Tabiiy fanlar fakulteti Yosh olimlar kengashi raisi. 2021 yil Аndijon viloyati hokimi Sh.Q.Аbdurahmonov tashabbusi bilan 10 kun muddatga Аndijon shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchisi etib tayinlangan.

“Yil talabasi 2019” Respublika tanlovining Аndijon davlat universiteti bosqichida “Yilning eng faol, tashabbuskor-targʼibotchi talabasi” nominatsiyasida faxrli 1-oʼrinni, “Yil talabasi 2020” tanlovida faxrli 3-oʼrinni qoʼlga kiritdi.

Biologiya sohasidagi ilmiy yoʼnalishi boʼyicha 20 dan ortiq xalqaro (Polsha, Hindiston, Germaniya, АQSh, Rossiya kabi davlatlarida oʼtkazilgan ilmiy anjumanlarda) va respublika miqyosida maqolalari ilmiy va davriy nashrlarda eʼlon qilingan. 4 ta metodik va uslubiy qoʼllanmasi chop etildi.

Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi xuzuridagi intellektual mulk agentligi tomonidan 3 ta mualliflik guvohnomasini qoʼlga kiritdi. 100 dan ortiq ilmiy-amaliy anjuman va treninglar sertifikati va diplomlar bilan taqdirlangan.

Kimyo fanidan umumiy oʼrta taʼlim maktablarining kimyo fani oʼqituvchilari uchun amaliy va nazorat ishlarini oʼtkazish boʼyicha “Metodik qoʼllanma” si va oʼquvchilar uchun “Nazorat savollari” qoʼllanmasi viloyatimizdagi 120 dan ortiq umumtʼlim maktablarda foydalanilmoqda.

Noʼmonjonov Muhiddin yoshlarni ilm-fanga yoʼnaltirish va Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning kimyo va biologiyani rivojlantirish toʼgʼrisidagi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida professor I.R.Аsqarov ilmiy faoliyatiga bagʼishlangan “Yoshlarga oʼrnak boʼlib kelayotgan olim” nomli kimyo fanidan onlayn olimpiada asoschisi.

2020-yil “Hokim va yoshlar” uchrashuvida Аndijon viloyati hokimi Sh.Q.Аbdurahmonov bilan muloqot qilib АDU talabalari nomidan oʼz takliflarini bildirdi. Unga koʼra Muhiddin oʼz mutahassisligi boʼyicha Janubiy Koreya respublikasiga tajriba ortirish maqsadida viloyatimiz hokimi tomonidan oʼqishga yuborilishi rejalashtirilganligi taʼlim tizimidagi va yoshlarga oid davlat siyosatini viloyatda amalga oshirilishida muhim ahamiyatga molik boʼldi.

2021-yil Yoshlar kuni arafasida Andijon viloyati hokimi stipendiyasi sohibi bo'ldi.

Samarqand shahrida oʼtkazilgan “Future day” Xalqaro yoshlar konferetsiyasi loyihalarida, Buxoro shahrida oʼtkazilgan “Bukhara International Youth Conference” xamda Oʼzbekiston Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan oʼtkazilgan “Xavfsiz internet”: bugun va kelajak” onlayn ilmiy-amaliy konferentsiyasi, “Аndijon yoshlar forumi 2021”, Qo’qon shahrida o’tkazilgan “Technoways 2021” kabi respublikamiz miqyosidagi iqtidorli yoshlar forumlarida ham faol qatnashib, alohida yutuqlarga erishib kelmoqda.


MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2021. Barcha huquqlar himoyalangan.