Ichki nazorat va monitoring bo'limi
|
- universitetda O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’limga oid qonunlari, vazirlikning Hay’at qarori, buyruqlari va boshqa hujjatlarini, shuningdek universitet ichki buyruqlari va qarorlarining bajarilish monitoringini olib borish;
- universitet professor-o‘qituvchilar va o‘quv-yordamchi hodimlar tarkibi ichki inspeksiyasini tashkil qilish va o‘tkazish;
- kadrlar tayyorlash sifati va ta’lim oluvchilarning yuksak tayyorgarlik darajasiga nisbatan qo‘yiladigan zarur talablarni belgilab beruvchi davlat ta’lim standartlariga va boshqa me’yoriy hujjatlarga amal qilinish nazoratini va monitoringini olib borish;
- universitetda ta’lim standartlarini joriy etish masalalari bo‘yicha filiallar, fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy blinmalarga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish;
- universitetni boshqarish organlariga ta’lim jarayonini isloh qilish va takomillashtirish bo‘yicha tahliliy materiallar va takliflar tayyorlash;
- universitet bo‘yicha buyruqlar ijrosi nazoratini olib borish;
- universitet va uning filiallarida o‘quv jarayonini tahlil qilish asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha bo‘linmalarga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish;
- professor-o‘qituvchilar faoliyatini baholashning reyting usullarining tadbiq etilishini amalga oshirishda ishtirok etish.
- kamchiliklar va muammolarni bartaraf va xal qilish bo‘yicha aniq takliflarni universitet rahbariyatiga taqdim etish.
- universitet va unga tegishli ta’lim muassasalarida (filiallar, litseylar va boshqalar) ta’lim standartlariga hamda ta’limga oid me’yoriy hujjatlarga amal qilinishini tekshirish;
- universitetda va unga tegishli ta’lim muassasalarida bo‘ladigan barcha turdagi kengash ishlarida ishtirok etish;
- o‘quv yurti faoliyati bo‘yicha filiallar, fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo‘linmalardan o‘z hizmat vazifalarini bajarish uchun kerakli hujjatlarni talab qilish va masalaga oid mutaxassislarni jalb qilish;
- kurs loyihasi (ishlari)ni, bitiruv malakaviy ishlarni hamda magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish, davlat atestatsiyalarining o‘tkazilishini hamda barcha turdagi nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni ko‘rib chiqish;
- o‘z huquqi doirasidagi masalalarni joylarda o‘rganish uchun belgilangan tartibda universitetning malakaviy professor-o‘qituvchilari va xodimlarni jalb qilgan holda guruhlar tuzish.