Bo‘limning tasdiqlangan ishlash nizomi
Ushbu Nizom davlat organlari va tashkilotlari ichki audit xizmatining maqsadi, vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari hamda ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom ichki audit xizmati tashkil etilgan vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining ichki audit xizmatlari rahbari va xodimi faoliyatining samaradorligini eng muhim ko‘rsatkichlar asosida baholash, ularni rag‘batlantirish va reytingini yuritish tartibini belgilaydi.
Ushbu tartib bilan Vazirlik tizimidagi OTM ichki audit xizmatlari maqsadi, vazifalari, funksiyalari, xuquq va majburiyatlari hamda faoliyatini tashkil etish qoidalari belgilanadi.
Ichki audit va moliyaviy nazorat bo‘limiga tegishli asosiy vazifalar ro‘yxati
- Budjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini tahlil qilish va budjet hisobining yuritilishi hamda moliyaviy hisobotlar shakllantirilishini o‘rganish orqali budjet intizomini mustahkamlash.
- Masofaviy auditni qo‘llagan holda, budjet mablag‘laridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish xavflarini aniqlash, minimallashtirish, ularni sodir etishga imkoniyat yaratuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish orqali budjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining buzilish holatlari profilaktikasini amalga oshirish;
- Oliy ta’lim muassasasini moliyalashtirish jarayoniga axborot texnologiyalari tatbiq etilishini baholash orqali ulardan foydalanish samaradorligini o‘rganish va rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- Moliyaviy nazorat organlari hamda vazirlikning masofaviy nazorat (Situatsion markazi) da o‘tkazilgan risk tahlillar natijasida aniqlangan shubhali holatlarni belgilangan muddatlarda birlamchi hujjatlar asosida o‘rganib, tegishli ma’lumotlarni kiritish.
- Budjet tizimi budjetlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish jarayonini, ya’ni xarajatlar smetasi va jamlanma xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi, shtatlar jadvali hamda ularga qo‘shimcha hujjatlarni tuzish, tasdiqlash va ijro etish tartibi va jarayonlarini o‘rganadi va baholaydi;
- Asossiz debitor va kreditor qarzdorliklarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan mavjud debitor va kreditor qarzdorliklar holati va ularning kelib chiqish sabablari hamda manbalarini o‘rganish orqali barcha turdagi debitor va kreditor qarzdorliklarni qisqartirish va ularning yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
- Aniqlangan budjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining buzilish holatlari yuzasidan ta’lim muassasasi rahbarini xabardor qilib boradi;
- Vazirlik ichki audit boshqarmasi bilan hamkorlik qiladi;
- Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqadi.
Bajarilgan ishlar yuzasidan ma’lumot
Budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha shtatlar jadvallari, daromadlar va xarajatlar smetalarini amaldagi me’yoriy xujjatlarga mos ravishda tuzilishi hamda maqsadli sarflanishi yuzasidan doimiy nazorat olib borilmoqda.
Hisobot choragi yakuni bilan mavjud debitor va kreditor qarzdorlik ro‘yxatini shakllantirildi hamda muddati o‘tgan debitor va kreditor qarzdorliklarning yuzaga kelish sabablarini aniqlab, bartaraf etish yuzasidan bo‘limlarga ko‘rsatmalar yuborildi.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga muvofiq ijara va kommunal xizmatlar uchun shartnomalar tuzilishi hamda to‘lovlarining o‘z vaqtida kelib tushishi bo‘yicha o‘rganish ishlari o‘tkazildi.
OTMda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar va boshqa xodimlarga budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan to‘lanadigan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblanishi va to‘lanishi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi 59-sonli qarori asosida OTMda ta’lim olayotgan talabalarga to‘lanayotgan stipendiyalar, rag‘batlantirish va moddiy yordam pullarining to‘g‘ri tayinlanishi va to‘lanishi o‘rganildi hamda aniqlangan xolatlarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Vazirlar Mahkamasining 24.09.2021 yildagi 605-son qarori bilan tasdiqlangan "Davlat oliy ta’lim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismini O‘zbekiston Respublikasi Davlat Budjeti hisobidan qoplab berish tartibi to‘g‘risida"gi Nizom talablarining bajarilishi hamda talabalar turar joyi uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida undirilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.