Bugun, 21-oktyabr kuni Andijon davlat universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish, ularning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Talabalar haftaligi” doirasida “Zukko kitobxon” tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovda fakultetlardan jami 6 ta jamoa ishtirok etib, belgilangan badiiy asarlar asosida tuzilgan savollar orqali o‘z bilim va tafakkurlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘oliblar quyidagicha aniqlandi:
1️⃣-o'rinni - Huquq-iqtisod fakulteti jamoasi;
2️⃣-o'rinni - Filologiya fakultetijamoasi;
3️⃣-o'rinni - Tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti jamoasi egalladi.
Tadbir doirasida universitet Axborot-resurs markazi xodimalari tomonidan O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan “Til – millat g‘ururi, el yuksalishining poydevori” shiori ostida boy kitob ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.