Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi
Andijon davlat universiteti
uz
Janubiy Koreya delegatsiyasi Andijon davlat universitetiga tashrif buyurdi: hamkorlik, imkoniyatlar va yangi istiqbollar
    128

Andijon davlat universitetida xalqaro hamkorlik yo‘nalishida izchil va keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Bugungi kunda universitet xorijdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlar hamda xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlab, ta’lim sifatini oshirish, ilmiy salohiyatni yuksaltirish va professor-o‘qituvchilar hamda talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish borasida samarali tashabbuslarni amalga oshirmoqda.

Shu munosabat bilan, bugun, 15-oktyabr kuni, Janubiy Koreyaning NAMBU universiteti xalqaro almashinuv direktori Gu Min, HANBIJA tashkiloti bosh direktori Kim Nam Yoon, KOICA agentligi direktori Ho Geun-Hwan hamda Mku.Soft kompaniyasi bosh direktori Kim Dong Soon talabalar almashinuvi, qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida Andijon davlat universitetiga tashrif buyurdilar.

Tashrif doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda universitet rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev mehmonlarga Andijon davlat universitetining faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari va xalqaro hamkorlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, oliygoh rahbari NAMBU universiteti bilan hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan qator takliflarni ilgari surdi.

O‘z navbatida, NAMBU universiteti Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Gu Min ko‘rsatilgan samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirib, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish uchun barcha zarur shart-sharoitlar mavjudligini ta’kidladi. Uchrashuv yakunida Andijon davlat universiteti va NAMBU universiteti o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi, bu esa hamkorlikni amaliy bosqichga olib chiqish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Tashrif davomida delegatsiya vakillari Fizika-matematika va IT fakultetining kompyuter injiniringi yo‘nalishi talabalar bilan ham uchrashuv o‘tkazdi. Unda talabalarga Koreyada tahsil olish, talabalar almashinuvi dasturlarida ishtirok etish hamda xalqaro akademik tajriba orttirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, bilimga chanqoq va iste’dodli yoshlarga Koreya oliy ta’lim muassasalarida o‘qish uchun keng eshiklar ochiq ekani alohida ta’kidlandi.


Manzilimiz
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.