Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi
Andijon davlat universiteti
uz
Andijon davlat universitetida 2025/2026 o‘quv yilidagi 2-sonli Kengash yig'ilishi o‘tkazildi
    126

Bugun, 27-sentyabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida universitet rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev raisligida 2025/2026 o‘quv yilidagi 2-sonli Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Dastlab, universitet rektori O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmon va qarorlari hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruqlari mazmuni bilan Kengash a’zolarini tanishtirdi. Shuningdek, jamoalarni amaldagi qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlardagi yangiliklar bilan muntazam tanishtirib borish mas’ullarga vazifa sifatida topshirildi.

Shundan so‘ng kun tartibidagi masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan, Andijon davlat universitetida “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlarini tashkil etish, talabalarni turar joy bilan ta’minlash, talabalar turar joylarida faoliyat yuritayotgan to‘garaklar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda kafedralarda yangi o‘quv yiliga oid o‘quv-me’yoriy hujjatlarning shakllantirilganlik holati muhokama qilindi.

Shuningdek, ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tomonidan KPI mezonlariga qo‘shimcha o‘zgartirish kiritish va ishchi guruh tarkibini tasdiqlash hamda registrator ofisi tomonidan 2024–2025 o‘quv yili yakunlari va 2025–2026 o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari yuzasidan taqdim etilgan hisobotlar tinglanib, kengash a’zolari tomonidan atroflicha muhokama etildi hamda tegishli tavsiyalar berildi.

Yig‘ilish yakunida Kengash a’zolari tomonidan bildirilgan savol, taklif va mulohazalar atroflicha muhokama qilindi. Ushbu fikrlar asosida universitet faoliyatini yanada takomillashtirish, ta’lim jarayonini rivojlantirish hamda yoshlar tarbiyasi va ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan istiqbolli chora-tadbirlar belgilab olindi.


Manzilimiz
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.