Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi
Andijon davlat universiteti
uz
Andijon davlat universitetida yangi o‘quv yiliga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi
    196

Bugun, 3-sentyabr kuni Andijon davlat universitetida 2025/2026 o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tantanali marosimda Andijon davlat universiteti rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdilar. Bayramona ruhda o‘tgan tadbirda 5 ming nafardan ziyod ishtirokchilar qatnashdi.

Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Madhiya sadolaridan so‘ng viloyat hokimi o‘rinbosari Ilhomjon Sobirov hamda universitet professorlari so‘zga chiqib, talaba-yoshlarni yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan samimiy muborakbod etdilar va ularni bilim olishda faol, izlanuvchan hamda mas’uliyatli bo‘lishga chorladilar.

Tadbir davomida iqtidorli yoshlar tomonidan Vatanga bo‘lgan sadoqat va muhabbatni tarannum etuvchi go‘zal kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Marosim yakunida esa oliygohni joriy yilda tamomlagan bitiruvchilar tomonidan yangi qabul qilingan talabalarga universitetning ramziy kaliti tantanali ravishda topshirildi.


Manzilimiz
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.