Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi universitet jamoasi, ayniqsa talaba-yoshlar o‘rtasida milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish orqali inson huquqlari va qadr-qimmatini ulug‘lashga, jismonan sog‘lom, aqlan yetuk, dunyoqarashi teran va mustaqil fikrlovchi barkamol yoshlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan uzoq muddatli, keng ko‘lamli ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini amalga oshiradi.
Bo‘lim o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, Qaror va Farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruqlari va universitet ustavi, ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq kodeksiga asosan faoliyat yuritadi.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limining asosiy maqsadi - talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy, estetik, axloqiy dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini turli xil yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish hamda mustaqil O‘zbekistonning chinakam fidoyi, vatanparvar fuqarolari sifatida tarbiyalashdan iborat.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limining asosiy vazifalari:
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni talaba yoshlar orasida keng targ‘ib etish;
axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, badiiy tarbiyani shakllantirish;
milliy urf-odatlar, qadriyatlarni targ‘ibotiga bag‘ishlangan anjumanlar, davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etish;
talabalarning ma’nan va jisman kamolotga erishuviga ko‘maklashish;
universitetda ma’naviy, ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, me’yoriy hujjatlar asosida chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi talabalarda mafkuraviy immunitetni qaror toptirish;
yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste’dodini yuzaga chiqarishga ko‘maklashish;
yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish;
talaba qizlarni kasb-hunar egallashlariga ko‘maklashish;
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining viloyat bo‘limi hamda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishdan iborat.