Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi
Andijon davlat universiteti
uz
Asosiy menu -> Universitet -> Tuzilma -> Fakultetlar -> Tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti -> O‘zbekiston tarixi
O‘ZBEKISTON TARIXI KAFEDRASI
    35
 
XOSHIMOV SOIBJON ABDURAZZAQOVICH
Kafedra mudiri. Tarix fanlari doktori, dotsent.
Telefon: +998 93 255 92 11  
E-pochta: mualtfn@mail.ru
 

O‘zbekiston tarixi kafedrasida 5120300 – Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) bakalavr ta’lim yo‘nalishida mutaxassislar, 5A120301 – O‘zbekiston tarixi mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanmoqda. Shuningdek, kafedra qoshida 1992 yildan e’tiboran 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi mutaxassisligi bo‘yicha aspirantura va doktorantura ham faoliyat ko‘rsatgan bo‘lib, xozirda katta ilmiy xodim-izlanuvchilik maktabi samarali faoliyat olib bormoqda. Kafedrada professor R.T. Shamsutdinovning ilmiy maktabi yaratilgan va unda o‘ndan ortiq ilmiy-pedgogik kadrlar tayyorlandi. 
O‘zbekiston tarixi kafedrasi qoshida 1993-1998, 2005 yillarda Vatan tarixidan nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilinadigan ixtisoslashgan kengash faoliyat olib borgan va bu kengashda 20 ga yaqin nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan. 
Kafedraning bosh ilmiy yo‘nalishi “O‘zbekistonning Rossiya imperiyasi va sovet mustamlakachiligi davri tarixi”, “Andijon tarixi (eng qadimgi davrdan bugungi kungacha)” deb nomlanadi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston tarixini  o‘qitish va tadqiq etish borasida kafedrada salmoqli ishlar amalga oshirildi. Kafedra jamoasi o‘tgan 25 yillik qisqa davr ichida Vatanimiz tarixining qadimgi davridan to mustaqillik davriga qadar bo‘lgan tarixiga oid 3 tomlik “Vatan tarixi” darsligini, shuningdek, O‘zbekistonda sovetlar tomonidan amalga oshirilgan quloqlashtirish, qatag‘on siyosati tarixi, jadidchilik harakati tarixi, milliy istiqlolchilik xarakati tarixi va tarixshunosligi, Andijon tarixi  masalalariga doir o‘nlab yirik monografik tadqiqotlarni hamda Vatan tarixining u yoki bu masalalariga doir o‘nlab asarlar, mingdan ortiq ilmiy maqolalar nashr etdilar. Shuningdek kafedra professori R.T. Shamsutdinov rahbarligidagi mualliflar jamoasi tomonidan Andijon tarixining qadimgi davrlaridan to shu kunga qadar bo‘lgan davri tarixiga bag‘ishlan o‘nga yaqin monografiya xamda kitoblar va yuzdan oriq maqolalar chop etildi. Professor R.T. Shamsutdinov tomonidan O‘zbekiston tarixi kafedrasi tarixi xamda Universitet tarixi kitoblari xam nashr etilgan.
O‘zbekiston tarixi kafedrasiga 1991-1998 yillarda professor R.T.Shamsutdinov mudirlik qildi. Uning davrida kafedra har jihatdan yuqori o‘rinlarga ko‘tarildi. Yildan-yilga kafedra kengayib, o‘quv-ilmiy va ma’naviy-tarbiyaviy faoliyati sifat jihatdan yaxshilanib bordi. Kafedraga 1998-1999 yillarda professor I.Alimov, 1999-2001 yillarda t.f.n. N.Qodirova, 2001-2005 yillarda t.f.n. S.Xoshimov, 2005-2007 yillarda t.f.n. M.Abdullaev, 2008-2012 yillarda professor R.T. Shamsutdinov   mudirlik qildi. 2012-2015 yillarda t.f.n. dotsent M.G‘. Abdullaev, 2015-2019 yillarda dots. S.Xoshimov mudirlik qilgan. 2019-2023-yillarda tarix fanlari nomzodi, dotsent Muhammadjon Alixojiyev, 2023-yil sentabr oyidan boshlab tarix fanlari doktori, dotsent S.Xoshimov boshchilik qilib kelmoqda. 
2016 yildan kafedra professori, tarix fanlari doktori R.T.Shamsutdinov tashabbusi bilan “Vodiynoma” ijtimoiy-tarixiy ilmiy va ommabop jurnali chop etila boshladi.
Manzilimiz
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.