UMARALIYEV MIROLIMBEK ISKANDARBEK O‘G‘LI
Ushbu Nizom Andijon davlat universiteti Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limining asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlarini, shuningdek, uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Andijon davlat universiteti Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruqlari va topshiriqlariga, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasining ko‘rsatma va topshiriqlariga, Oliy ta’lim muassasasi rahbariyati buyruqlari va topshiriqlariga va ushbu Nizomga amal qiladi.
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi oliy ta’lim muassasasining rahbariga hamda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektoriga boʻysunadi, vazirlikning Yoshlar akademiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimiga hisobdor hisoblanadi.
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi oʻz faoliyatini Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor, Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi, Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi va boshqa bo‘limlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyutini tashkil etish bo'limning asosiy vazifalari:
1. "Yosh ekspetrlar guruhi"ni tashkil etish;
2. Universitet talabalari miqyosida saralab olingan eng iqtidorli talabalar uchun alohida guruhlar tashkil etish;
3. Talabalarda innovatsion faoliyatni shakllantirish va rivojlantirish;
4. Talabalarni loyih a v aturli tanlov Iarda faol ishtirokini ta' minlash;
5. Talabalarni "Ustoz Shogird" tizimida ilmiy rahbarlarga biriktirish;
6. Talabalarni kafedralar olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish;
7. Iqtidorli talabalarni nomdor stipendiyalar uchun tanlovlarda ishtirokini ta' minlash;
8. Talabalarni mutahassislikka qiziqishini e'tiborga olgan holda turli to'garaklardagi ishtirokini ta'minlash;
9. Biriktirilgan Ustoz bilan olib borilgan ilmiy tadqiqot natijasida tezis va maqolalar tayyorlash va ma'ruzalar bilan ishtirok etish;
10. Iqtidorli talabalarni respublika va xalqaro miqyosda o'tkaziladigan ilmiy anjumanlarda ishtirok etishini ta'minlash;
11. Bakalavr va magistraturada ta'lim olayotgan iqtidorli talabalarning intellektual salohiyatini muntazam ravishda aniqlab borish;
12. Iqtidorli talabalar va magistrantlar faoliyatini qo'llab-quvvatlash hamda ularga amaliy yordam ko'rsatish orqali universitet ilmiy salohivatini oshirish.
13. iqtidorli talabalarni izlash va aniqlashni tashkil etish;
14. ta’lim olayotgan iqtidorli talabalarning intellektual salohiyatini muntazam ravishda aniqlab borish;
15. iqtidorli talabalarning moilligiga qarab, ularni maqsadli tayyorlashni uyushtirish;
16. fundamental ilmiy-tadqiqot ishlariga, ilmiy to’garaklarga va mualliflik jamoalariga jalb qilishni uyushtirish;
17. iqtidorli talabalarni ilmiy maqolalar chop etishga, hamda ularning ilmiy ishlari va ilmiy ishlanmalarini amaliyotga joriy etishda ko’maklashish;
18. iqtidorli talabalarni respublika va xalqaro miqyosda o’tkaziladigan ilmiy anjumanlarda ishtirok etishini ta’minlash;
19. iqtidorli talabalar safidan O’zbekiston Respublikasi davlat stipendiyalariga nomzodlarni maxsus tayyorlash;
20. iqtidorli talabalarni ilm va fan arboblari, ishlab chiqarish korxonalarining rahbarlari va yirik mutaxassislari bilan uchrashuvlarini tashkil etish;
21. fan olimpiadalariga talabalarni jalb etish va o’tkazish.