Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi
Andijon davlat universiteti
uz
Asosiy menu -> Universitet -> Tuzilma -> Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi
Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi
    67

TOSHPO'LATOVA SOBIRAXON YULDASHEVNA
Qo`mita raisi

 

Bo’limning tasdiqlangan ishlash nizomi

1991-yil 27-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi xotin-qizlarining Termiz konferensiyasida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tashkil topdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995 yil 2 martdagi “O‘zbekiston Respublikasining davlat va ijtimoiy qurilishida xotin-qizlarning rolini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-1084 sonli Farmoni asosida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisiga Bosh vazirning o‘rinbosari, viloyat, tuman, shahar Xotin-qizlar qo‘mitalari raislariga hokim o‘rinbosari maqomi berildi. 2004 yilning 25 mayida Respublika Prezidentining “O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PF-3434 sonli farmonining e’lon qilinishi xotin-qizlar qo‘mitalariga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirdi.Xotin-qizlar qo‘mitasining eng asosiy bo‘g‘ini – Boshlang‘ich xotin-qizlar tashkiloti hisoblanadi.

Boshlang‘ich tashkilotning faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasining XXXIX Rayosati Qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti faoliyati» haqidagi Nizom huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.



Boshlang‘ich xotin-qizlar qo‘mitasining asosiy vazifalari

Xotin-qizlarning jamiyatda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy sohalardagi vazifalarni hal qilishdagi faolligini oshirish.

Xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini yaxshilash, huquq va manfaatlarini himoya qilish.

Milliy va ma’naviy qadriyatlarimizga asoslangan holda oila munosabatlarini mustahkamlash.

Yoshlarni ma’naviy barkamol, g‘oyaviy kurashchan, millat va mamlakat ravnaqi yo‘lida o‘z kuchini ayamaydigan yetuk insonlar qilib tarbiyalash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish.

Andijon davlat universiteti xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisi lavozimida filologiya fanlari doktori, professorlar Munavvara Yakubbekova, Salimaxon Mirzaeva, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Arofatxon Negmatova, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Me’rojxon Yusupovalar samarali faoliyat yuritgan.

Universitetdagi jami 508 nafar ayollarning 225 nafari professor-o‘qituvchilarni tashkil qiladi. Ulardan 6 nafari fan doktori (shundan, 4 nafari professor), 30 nafari fan nomzodi (shundan, 29 nafari dotsent) ilmiy darajalariga ega bo‘lib, talaba yoshlarga puxta bilim berish bilan birga, ularni har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalash yo‘lida munosib xizmat qilmoqdalar.

Universitetda mavjud 8 ta fakultetning barchasida boshlang‘ich xotin-qizlar tashkiloti faoliyat olib boradi.



Bajarilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar

2024-yil 4-dekabr kuni Andijon davlat universitetida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, hamda ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalarini yanada takomillashtirish masalalariga bag'ishlangan universitet xotin-qizlar kengashining navbatdagi yig'ilishi o'tkazildi.

Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida xotin-qizlar maslahat kengashining davlat mukofotiga nomzodlar tavsiya etish masalasiga bag'ishlangan navbatdan tashqari yig'ilishi o'tkazildi.

2024-yil 27-dekabr kuni Andijon davlat universiteti xotin-qizlar psixologi Zulayho Uzaqova tashabbusi bilan ishchi ayol xodimalarga yangi yil arafasida bayram kayfiyatini ulashish maqsadida "Qorboboga xat" nomli psixologik trening o'tkazildi.

2025-yil 10-fevral Andijon davlat universitetida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalarini yanada takomillashtirish masalalariga bagʻishlangan navbatdagi yigʻilish oʻtkazildi.

2025-yil 6-mart kuni Andijon davlat universitetida talaba-qizlarni milliy qadriyatlar, madaniyat va an’analarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida fakultetlararo "Balli qizlar" ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

2025-yil 12-mart kuni Andijon davlat universitetida talaba-qizlarning ma’naviy bilimlarini boyitish va ularni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash maqsadida Sobirahon Toshpo'latova boshchiligida oliygoh talaba-qizlari uchun mazmunli davra suhbati tashkil etildi.

2025-yil 10-aprel kuni Andijon davlat universitetida Oila va xotin-qizlar qo'mitasi huzuridagi “Ayol ma'rifati” ilmiy-ijodiy jamoatchilik Kengashi Andijon viloyat tayanch guruhi faoliyati yo'lga qo'yilganligi munosabati bilan, "Onalik ma'rifati oila tayanchidir!" shiori ostida davra suhbati bo'lib o'tdi.



Fakultetlardagi boshlang‘ich xotin-qizlar tashkiloti raisalari

Tr

F.I.O

Lavozimi

1

To‘xtabaeva Feruza Muratovna

Tabiiy fanlar fakulteti boshlang‘ich xotin-qizlar tashkiloti raisi

2

Radjapova Marg‘uba Zakirovna

Tarix fakulteti boshlang‘ich xotin-qizlar tashkiloti raisi

3

Zokirova Dildoraxon Muydinovna

Xorijiy tillar fakulteti boshlang‘ich xotin-qizlar tashkiloti raisi

4

Dumaeva Feruzaxon Nasriddinovna

Jismoniy madaniyat fakulteti boshlang‘ich xotin-qizlar tashkiloti raisi

5

Abdullaeva Mavludaxon Oripovna

Pedagogika fakulteti boshlang‘ich xotin-qizlar tashkiloti raisi

6

Abdullaeva Dildoraxon Zumratbekovna

Filologiya fakulteti boshlang‘ich xotin-qizlar tashkiloti raisi

7

Maraimova Umida Isamailjanovna

Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti boshlang‘ich xotin-qizlar tashkiloti raisi

8

Turg‘unova Kamolaxon Xasanjonovna

Fizika-matematika fakulteti boshlang‘ich xotin-qizlar tashkiloti raisi



Manzilimiz
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
© Andijon davlat universiteti, 2004-2025. Barcha huquqlar himoyalangan.