Andijon davlat universitetida o‘quv jarayonlari kunduzgi ta‘lim shakli uchun quyidagi tartibda tashkil etiladi:
1 va 3-bosqich talabalari uchun 1-smena (soat 8:30da);
2 va 4-bosqich talabalari uchun 2-smena (soat 13:30da).
Kechki ta‘lim shakli uchun esa, dars jarayonlari 18:00 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, 1-bosqich talabalari uchun dars jarayonlari 2025-yil 3-sentyabrdan, 2- va undan yuqori bosqich talabalari uchun 8-sentyabrdan boshlanadi.