Andijon davlat universiteti ma’muriyati 2025/2026-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan kunduzgi, kechki va masofaviy ta’lim shakllariga qabul qilingan barcha birinchi bosqich talabalarni 2025-yil 3-sentyabr kuni universitetda bo‘lib o‘tadigan yangi o‘quv yilining tantanali ochilish marosimiga taklif etadi.
Shuningdek, barcha birinchi bosqich talabalari uchun dastlabki o‘quv haftasi “Kredit-modul ta’lim tizimiga kirish” va universitet bilan tanishuv haftaligi sifatida belgilanganini ma’lum qilamiz. Ushbu jarayonlarda faol ishtirok etishingiz so‘raladi, chunki bu haftalik davomida siz o‘quv tizimi va talabalik hayotining asosiy jihatlari bilan tanishasiz.
Bizning manzilimiz: Andijon shahri, Universitet ko‘chasi, 129-uy