2025/2026 o'quv yilida Andijon davlat universitetiga bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish kvotalari tasdiqlandi.
Joriy yil 47 ta ta'lim yo'nalishi bo'yicha jami 3735 ta kvota ajratildi. Shulardan oʻzbek tilli guruhlar uchun 3410 ta, rus tilli guruhlar uchun 325 ta o'rin ajratildi.
Eslatib o'tamiz, Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2025-yil 25-iyuldan 8-avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim.