Bugun, 19-noyabr kuni Andijon davlat universitetida oliy ta’limdan keyingi ta’lim — tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) yo‘nalishlariga hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlarining yakuniy kuni o‘tkazildi.

Kirish imtihonlari va suhbatlar davomida talabgorlarning o‘zlari topshirgan ixtisosliklar bo‘yicha bilim darajasi sinovdan o‘tkazildi. Suhbat jarayonini Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor boshchiligidagi malakali komissiya a’zolari olib bordilar. Jarayon davomida talabgorlarning bilimlari adolatli hamda shaffof tarzda baholandi. 

Eslatib o‘tamiz, imtihonlarning ochiq va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida barcha jarayonlar mas’ullar boshchiligida kamera nazorati ostida o‘tkazilmoqda. Shuningdek, ularni taqdim etilgan havola orqali onlayn tarzda bevosita kuzatish imkoniyati yaratilgan. HAVOLA